Anvar Posho: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 78:
Anvar posho Turkistondagi ahvol haqida asosan Botumi konferensiyasi paytida eshitgan maʼlumotlarnigina bilardi. „Turon yo‘li“ loyihasining faol ishtirokchisi [[Hoji Sami]] unga: „1916-yil oddiy va kamtarin turk butun [[Qirg‘iziston]]ni ruslarga qarshi oyoqqa turg‘azdi. Sen esa mashhurliging bilan Turkistonliklarni shaksiz ergashtira olasan“, deydi<ref>Zeki Velidi Togan. «Hatıralar: Türkistan ve Diğer Müslüman Doğu Türkleri’nin Milli Varlık ve Kültür Mücadeleleri» Istanbul, 1969. Стр. 390.</ref>. Bu davrda Anvar posho sho‘rolar hukumatining o‘ziga nisbatan eʼtiborini biroz so‘ndirganini sezardi. [[Afg‘oniston]]dan qaytgan Jamol poshoga Anvar poshoni ko‘rish uchun Buxoroga kelishni taqiqlash bu sezgini yanada kuchaytirib yubordi. Yurenyov Anvar poshoga uning rejalarini bilishini aytadi, Anvar posho bolsheviklar uni o‘dirib yuborishlaridan cho‘chiydi.
1921-yil sho‘ro hukumati Anvar poshoni Buxoroga yuborishidan maqsadi — Anvar posho Buxoro tuprog‘ida Sho‘ro Rossiyasi manfaatlarini himoya qilishi, istiqlolchilar harakatidan amirga qarshi kurashda foydalanish edi.
BXSR hukumati bilan so‘zlashuvlar va kelishuvga binoan Anvar posho [[Buxoro Xalq Sovet Respublikasi|BXSR]]ning mustaqilligini tan olish va Qizil armiya qo‘shinlarini Buxoro hududlaridan olib chiqish to‘g‘risiga Moskvaga xat yozadi. Bu vaqtga kelib, Anvar posho istiqlolchilar tarafiga o‘tish haqida rejalar tuza boshlaydi va Turkiston Milliy kengashi raisi [[Ahmad Zakiy Validiy]] bilan maxfiy uchrashuvlar o‘tkaza boshlaydi. Validiy uni bolsheviklar bilan ochiq kelishmovchiliklarga bormaslik haqida ogohlantiradi.
O‘rta Osiyoga kelishining 23-kunida Anvar posho shahar tashqarisiga chiqadi va istiqlolchilarga taslim bo‘ladi. U yerdan Afg‘onistonga, sobiq amirga xat yo‘llab, uning tomonida jang qilmoqchiligini bildiradi. Bu bilan bir vaqtda amirning noibi, istiqlolchilar sardori Ibrohimbek bilan ham uchrashuv belgilaydi. Lekin istiqlolchilar Anvar poshoni hamkor sifatida kutib olishmaydi, uni va odamlarini qurolsizlantirib, uch oy davomida asirlikda saqlaydilar. Ibrohimbek sobiq amirdan sobiq turk sultonining kuyovini qo‘llab-quvvatlash haqidagi buyrug‘ini olgandan keyingina Anvar poshoni ozod qiladi<ref>[http://home.ku.edu.tr/~syilmaz/doc/08.pdf Turkiya 75 yoshda, 56-bet]</ref>.