Surxondaryo viloyati: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k 94.25.170.183 tahrirlari Muslim2222 versiyasiga qaytarildi Teg: Eski holiga qaytarish |
kTahrir izohi yoʻq |
||
Qator 4:
|Asl nomi Surxondaryo =
|Gerb =
|Gerb kengligi =
|Bayroq kengligi =
Qator 61:
|Izoh =
}}
'''Surxondaryo viloyati''' - OʻzR tarkibidagi viloyat. 1941 y. 6 martda tashkil etilgan (1925 y. 29 iyundan Surxondaryo okruti boʻlgan). 1960
Tabiati. Sv. relyefi tog va tekisliklardan iborat, shim.dan janubga qiyalanib va kengayib boradi. Togʻlardan oqib tushadigan koʻpdankoʻp daryo va soylar dara hosil qilgan. Surxondaryo va Sheroboddaryo oqib oʻtadigan tekislik shim., gʻarb va sharqdan baland Hisor tizmasi (eng baland joyi 4643 m) va uning tarmoqlari (Boysuntogʻ, Koʻhitangtogʻ, Bobotogʻ) bilan oʻralgan.
Qator 67:
Yana bir koʻzga koʻringan joylaridan biri Angor tumanidagi Qoraqir qishlogʻidir. Qishloq oʻz polvonlari hamda sabzavotchilik, mevachilik hamda chorvachilikda eng ilgʻor xisoblanadi. Qishloq hamda mahallaning gullab-yashnashiga ulkan xissa qoʻshgan mahalla oqsoqoli Chorshanbiyev Begʻam bobo tumanining koʻzga koʻringan jonkuyarlaridan biridir.
Togʻlar, asosan, yuqori paleozoy va mezozoy davrlari jinslaridan, tekislik qismi esa toʻrtlamchi davr yotqiziklardan tarkib topgan. Bu yerda neotektonika jarayonlari davom etmoqda: tevarak atrofdagi togʻlar koʻtarilib, botik, choʻkib bormoqda. Togʻlar bilan tekislik orasida adir va togʻ oldi zonasi joylashgan. Togʻlar shim. sovuq havo oqimlarini toʻsib turishi natijasida subtropik oʻsimliklar oʻstirish uchun qulay iqlim sharoiti vujudga kelgan. Togʻ zonasi va adirlarda, asosan, galla yetishtiriladi, chorva uchun yozgi yaylov. Mutlaq bal. 300–500 m boʻlgan SurxonSherobod tekisligida paxta ekiladi, bogʻ tokzorlar barpo qilingan. Jan. qismi keng qumliklar bilan qoplangan. Foydali qazilmalardan neft va gaz (Xovdogʻ, Kakaydi, Lalmikor, Amudaryo boʻyi tekisliklari), toshkoʻmir (Shargʻun, Hisor, Boysun, Koʻhitang togʻlarining etaklari), polimetall (Sangardak), osh tuzi (Xoʻjaikon) konlari bor. Gips, granit, argillit kabi qurilish materiallari, mineral suvli buloq koʻp. Tekislik qismining iqlimi quruq subtropik. Yozi jazirama issiq va uzoq, qishi iliq va qisqa. Yillik oʻrtacha tra 16°—18°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 28°.—32°, yanv.niki 2,8°—3,6°. Oʻzbekistonda eng issiq tra ham shu viloyat hududida kuzatilgan (1914 y. 21 iyunda Termizda 49,5° issiq boʻlgan). Baʼzi yillari qish ancha sovuq (—20° va hatto undan ham past). Yil davomida bulutsiz kunlarning koʻp boʻlishi va quyosh nurining tik tushishi effektiv tralar yigʻindisi yuqori boʻlishiga olib keladi. 10° dan yuqori trali kunlar tekislik qismida 290— 320 kun davom etadi. Bu esa viloyatda eng issiqsevar ekinlar (shakarqamish, ingichka tolali paxta) va mevalar yetishtirishga imkon beradi. Viloyat togʻlar orasidagi berk botikda joylashganidan bu yerda yogʻin kam. Viloyatning jan. tekisliklarida yiliga 130– 140 mm, Hisor togʻlari yon bagʻirlarida 445–625 mm yogʻin yogʻadi. Yogʻinning asosiy qismi qish va bahorda tushadi. Gʻarbiy, jan.gʻarbiy va shim.sharqiy shamollar koʻp esadi. Viloyatning jan.sharqiy qismida esadigan Afgʻon shamoli iqlimga salbiy taʼsir etadi. Viloyatning asosiy suv arteriyalari — Surxondaryo va Sheroboddaryo hamda ularning Qoratogʻdaryo, Toʻpolondaryo, Sangardakdaryo, Xoʻjaipok kabi irmoqlari. Togʻ qor va muzliklaridan, yogʻindan toʻyinadigan bu daryolar viloyat hududining shim. qismi, togʻ va tog oldi zonalarinigina suv bilan taʼminlay oladi,
Sv. hududida Surxon davlat qoʻriqxonasi joylashgan.
Qator 139:
Surxondaryo viloyatining hozirgi qududi, 3—4-a.larda Kushonlar davlati parchalanib ketgach, eftaliylar davlati, 5—8-a.larda Tohariston tarkibida, keyin Turk hoqonligi qoʻl ostida boʻldi.
667 yilda arablar dastlab Chagoniyon va Termizga hujum qilib bu shaharlarni faqat 8-a.ning 2-yarmidagina toʻliq bosib olishga erishdilar. Oʻzbekiston
Surxon vodiysidagi olimlarning koʻpchiligi "Termiziy" taxallusi bilan nom chiqarganlar. Ular, tarix, geog ., falsafa, huquqshunoslikka oid asarlari bilan tanilgan. AlHakim atTermiziy, Shahobuddin Sobir Termiziy, Muhammad ibn Hamid Termiziy, Abu Bakr Varrok, Termiziy va boshqa allomalar shu vohadan yetishib chiqqanlar. Surxondaryo viloyatida mashhur sanʼatkorlar, baxshilar, xalq artistlari, rassomlar voyaga yetgan.
|