T. S. Eliot — versiyalar orasidagi farq

k
tahrir izohi yoʻq
k
'''Eliot Tomas Steriz Eliot''' (1885.26.9, Sent Luis, Missuri shtati — 1965.4.1, London) — inglizamerika shoiri va adabiy tanqidchisi. Garvard universitetini tugatgan (1910). Dastlabki sheʼriy toʻplami — "Prufrok va boshqa kuzatishlar" (1917). 1920 yilda "Sheʼrlar" majmuasi va "Muqaddas oʻrmon" adabiy-tanqidiy asari nashr etilgan.
 
E. 1927 yilda Angliyaga koʻchib kelgan, Britaniya fuqaroligini qabul qilib, ingliz katolitsizmiga eʼtiqodini "Yayenselot Endryus himoyasi" (1928) Publitsistik asarida yorqin bayon etgan. "Kulga qoʻmilgan muhit" (1930), "Turt kvartet" (1943) kabi asarlari E. ning mazmun va shaklda yangi pogʻonalarga koʻtarilganidan dalolat beradi. Taqdiri azalning qudrati, erk tushunchasining tom maʼnodagi mohiyati uning "Ibodatxonadagi qotillik" (1935) sheʼriy dramasida aks etgan. Bundan tashqari, "Oilaning qaytadan birlashishi" (1939), "Kokteyl bilan tashkil qilingan oʻyinkulgi kechasi" (1950), "Shaxsiy kotib" (1954), "Yoshi ulugʻ davlat arbobi" (1956) kabi asarlarida ham ana shunday gʻoyalar yetakchilik qiladi.
 
{{bio-stub}}
{{DEFAULTSORT:Eliot, T.S.}}
 
[[Turkum:Shoirlar]]
[[Turkum:Adiblar]]