Aleksey Kozlovskiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.da → yilda (2) using AWB
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Kozlovskiy Aleksey Fyodorovich Kozlovskiy''' (1905.15.10, Kiyev - 1977.3.1, Toshkent) — kompozitor, dirijyor, pedagog . Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944), Oʻzbekiston xalq artisti (1955), prof. (1958). Moskva konservatoriyasini tugatgan (1931). 1936 yildan Toshkentda yashagan. Oʻzbek davlat musiqali (keyinchalik Oʻzbek opera va balet) teatri dirijyori (1938-41), Oʻzbek davlat filarmoniyasi simfonik orkestrining badiiy rahbari va bosh dirijyori (1949—I 63). 1944 yildan Toshkent konservatoriyasida oʻqituvchi, kafedra mudiri (1949—54 va 1962—77). H.Nosirova ijrosida xalq, ashulalaridan "Figʻon", "Gul yuz oʻzra", "Oʻzgancha" va "Tanavor"ni yozib olib, ularni ayni shu xonanda ovozi va simfonik orkestr uchun nihoyatda yuqori badiiy saviyada qayta ishlagan (1937). "Ulugʻbek" operasi (1942, yangi tahriri — 1958), "Tanavor" baleti (1971), "Davron ota" (T.Sodiqov bilan, 1941), "Sherali" (S.Vasilenko, M.Ashrafiy bilan, 1942) musiqali dramalari, "Lola" simfonik syuitasi (1937), vokal-simfonik, kamercholgʻu asarlar, oʻzbek xalq cholgʻulari uchun asarlar, qator spektakllarga, "Tohir va Zuhra" (1945), "Nasriddinning sarguzashtlari" (1946) badiiy filmlariga musiqalar yozgan. Kompozitorlik mahorati oʻzbek kuylarini teran badiiy ifoda vositalari bilan uygʻunlashtirishda, yetuk opera, balet, simfonik asarlarida Yevropa va Sharq musiqa xususiyatlarini uzviy bogʻlashida namoyon boʻlgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Adabiyot ==
* V i z go T., Aleksey Kozlovskiy, M., 1966.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
{{DEFAULTSORT:Kozlovskiy, Aleksey}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
[[Turkum:Oʻzbekiston xalq artistlari]]
[[Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari]]