Rahim Pirmuhamedov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Rahim Pirmuhamedov''' [1896.20.12 (1897.1.1) - [[Toshkent]] - 1972.16.2] -birinchi uzbek kinoaktyorlaridan. [[Oʻzbekiston xalq artisti]] (1948). Moskva uzbek drama studiyasini tugatgan (1930). Ijodiy faoliyatini 1918 yil K.Karl Marks nomidagi teatr truppasida boshlagan, keyinchalik Samarqand, Namangan teatrlarida ishlagan. 1924 yil Toshkentda utka-zilgan "kuldiruvchilar musobaqasi"ning gʻolibi boʻlgan. 1927 yildan kinoaktyor. P.Pirmuhamedov epizodik rollar ustasi sifatida tanilgan. U ovozeiz kino ("Masjid gumbazlari os-tida"da Umarning doʻsti; "Soyabon arava"da Joʻraboy; "Ravot qashqirlari"da Akromxon, "Maxov qiz"da Saidmurod va boshqalar) davridanoq yetakchi kinoak-tyorlardan boʻlgan. Bu davrda u ovozeiz kinoning eng yaxshi anʼanalarini oʻzlashtirib, oʻzining keyingi faoliyati uchun muhim zamin tayyorlagan. Birinchi uzbek ovozli filmi "Qasam"da Rahim militsioner obrazini yaratdi. P.Pirmuhamedov ijodidaxalqteatrianʼanalari, zamonaviy sahna sanʼati yutuklari va kino estetikasi madaniyatiga xos xususiyatlar uygʻunlasha borgan, u amir aygʻoqchisi ("Nasriddin Buxoroda"), Abulmalik ("Alisher Navoiy"), Abdulxayr ("Abu Ali ibn Sino"), karvonsaroy soqchisi, koʻsa ("Tohir va Zuhra"; "Nasriddinning sarguzashtlari") singari chuqur milliy, hayotiy obrazlar yaratdi. Turli xil xattiharakatlar, oʻziga xos mimika va boshqa vositalar bilan obrazlariga satirik va yumoristik boʻyoq berib, ularni turli dramatik kulgili holatlarda namoyish etish P.Pirmuhamedov ijodiga xos. "Furqat" filmidagi qotil, "Oʻtgan kunlar"dagi Qushbegi, "Mahallada duv-duv gap"dagi Arslonbek, "Sen yetim emassan"dagi chipta nazoratchisi kabi salbiy obrazlar oʻzining toʻlaqonliligi, rang-barangligi, satirik boʻyoklarga, milliy koloritga boyligi bilan ajralib turadi. Ibrohim oshpaz ("Gullar ochilganda"), Akmal qiziqchi ("Natashaxo-nim"), Vazir ("Ikki dil dostoni") kabi rollari uzbek kinosi zarvaraqlaridan oʻrin oldi. "Shiddat" filmidagi Mullaboy uning ijodidagi soʻngti obraz boʻldi. "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2003).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
Qator 6:
 
{{OʻzME}}
{{no iwiki}}
{{bio-stub}}
[[Turkum:Oʻzbekiston xalq artistlari]]