Aleksandr Ostrovskiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.lar → yillar (2), va b.) → va boshqalar) (2) using AWB
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Ostrovskiy Aleksandr Nikolayevich Ostrovskiy''' [1823.31.3 (12.4), Moskva- 1886.2 (14).4, Kostroma gubernyasi] — rus dramaturgi. Dastlab 1-Moskva gimnaziyasi (1835— 40), keyin Moskva universitetining yuridik fakultetida (1840—43) oʻqigan. Ammo oʻqishni tugatmay, Moskvadagi vyukdon sudi (1843—45) va tijorat sudida (1845—51) xizmat qilgan. Sud muassasalarida ishlash O.ga yozilajak pyesalari uchun boy material bergan. O.ning dastlabki "Kam-bagʻal qarzdor" va "Oilaviy baxt manza-rasi" komediyalari "Moskovskiy gorodskoy listok" ("Moskva shahri varana-si") gaz.da bosilgan (1847). O.ning "Kam-bagʻal qarzdor" pyesasi asosida yaratilgan "Qoʻynidan toʻkilsa koʻnjiga" komediyasi (1849) Moskvadagi teatr jamoatchiligiga manzur boʻlgan. Ammo asar Nikolay I tomonidan taqiqlanib, mu-allif politsiya nazorati ostiga olingan. O. qalamiga mansub asarlar jami 47 ta boʻlib, ular "Ostrovskiy teatri" degan adabiy hodisani tashkil etgan.
 
O.ning adabiy-estetik qarashlari V. G. Belinskiy asarlari taʼsirida shakllangan. 40-yillarda yashagan boshqa rus yozuvchilari singari, O. ham sanʼ-atkor oʻziga zamondosh jamiyatning turli qismlarini maxsus oʻrganib, zamon-doshlar uchun xalq hayotining hanuzgacha tasvir etilgan sohalarini kashf eti-shi lozim, deb hisoblagan. 40-yillarda yashagan rus yozuvchilari ijodidagi ana shu tamoyil "fiziologik ocherk"da, ayniqsa, yorqin koʻringan. O.ning dastlabki pyesalari mazkur "fiziologik ocherklar" uslubida yozilgan.
Qator 12:
== Adabiyot ==
* Filippov V. A., Velikiy russkiy dramaturg A. N. Ostrovskiy, M., 1948; A. N. Ostrovskiy v vospominaniyax sovremennikov, M., 1996.
 
Naim Karimov.
 
{{no iwiki}}
Qator 19 ⟶ 17:
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{DEFAULTSORT:Ostrovskiy, Aleksandr}}
 
{{stub}}