Latif Fayziyev: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Latif Obidovich Fayziyev''' (1929.2.1 — [[Toshkent]] — 1994.21.10) — kinorej. Oʻzbekiston xalq artisti (1979). Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964). Moskvadagi kinematografiya intini tugatgan (1950). 1941—45 yillar Yosh tomoshabinlar teatrida aktyor. 1950 yildan "[[Oʻzbekfilm]]"da rej. 1986—89 yillar [[Hamza teatri]]da bosh rej. 20 ga yaqin hujjatli xronikal filmlar ("Amudaryo", 3 qismli, "Toshkent fontanlari", "Dekameron 76", "Chinor haqida afsona", "Derazalar uchun yasalgan kiprik" va boshqalar) yaratgan. "Boy ila xizmatchi" F.ning birinchi badiiy filmidir. "Amirlikning yemirilishi", (birinchi oʻzbek rangli filmi) "Qutlugʻ qon", "Natashaxonim" (birinchi oʻzbek keng ekranli rangli filmi), "Ikkinchi bor gullash", "Sinchalak", "Ulugʻbek yulduzi", "Vatan oʻgʻlonlari"; "Alibobo va qirq qaroqchi", "Sevgi afsonasi", "Ovchi" (uchchalasi hindlar bilan hamkorlikda), "Oltin junli qoʻy terisi" (sarguzasht film), "Uygʻonish", "Taqdir eshigi" kabi filmlari oʻzbek kinosi rivojiga munosib hissa boʻlib qoʻshildi. F. oʻzbek kinosida filmbaletga asos solganlardan: "Temur Malik", "Moviy saroy oshiklari", "Jonlangan miniatyuralar", "Eski qalʼa afsonasi" va boshqa "Tojikfilm"da "Uch palma daraxti", "Gang uzra tong" (hindlar bilan xamkorlikda) filmlarini yaratgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981). "Shuxrat" medali bilan mukofotlangan (1994).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}