Muhammad: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Maqola O'zbek tilida chop etilgani uchun, asosan Islom diniga mansub halq tilida Muhammad (s.a.v.) ni ismini o'zini alohida yozish, bu til va din izdoshlariga hurmatsizlik hisoblanadi! |
Payg'ambarimizga ishora qilingan gaplardagi ba'zi so'zlarga "lar" hurmat shakli qo'shimchasini qo'shdim. Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
||
Qator 1:
{{Muhammad}}
'''Muhammad (s.a.v.)''' , Muhammad ibn Abdulloh (570/571, Makka — 632, Madina) — [[Islom dini|islom]] dini va birinchi [[musulmon]]lar jamoasi
[[Quraysh]] qabilasining hoshimiylar urugʻiga mansub, uncha boy boʻlmagan, lekin [[Makka]] zodagonlariga yaqin oilada
Muhammad (s.a.v.) 40 yoshga toʻlganida oʻzini boshqacha seza boshlaydi. Yolgʻizlikni qoʻmsab, Makka yonidagi Hiro togʻida joylashgan gʻorga borib ibodat bilan mashgʻul boʻlar, oʻyga tolardi. Taxminan 610-yilda Muhammad (s.a.v.) Makkada oʻzining [[Alloh]]dan vahiy olayotganligini eʼlon qiladi. Buni birinchilardan boʻlib Xadicha, Muhammad (s.a.v.) ning amakivachchasi [[Ali Ibn Abu Tolib|Ali ibn Abu Tolib]], hamda asrandi oʻgʻli [[Zayd ibn Horisa]] eʼtirof etib imon keltirishgan. Koʻp oʻtmay, Makkaning eng nufuzli savdogarlaridan [[Abu Bakr]], [[Zubayr ibn Avvom|Zubayr]], Talha, Saʼd ibn Abu Vaqqos, [[Abdurahmon ibn Avf]] va [[Usmon Ibn Affon|Usmon ibn Affon]] Muhammad (s.a.v.) ni chin paygʻambar deb tan olishgan. Muhammad (s.a.v.) izdoshlari jamoasi dastlabki paytlarda 50 kishidan oshmagan. Makkaning asosiy aholisi, ayniqsa, nufuzli qurayshliylar esa Muhammad (s.a.v.) taʼlimotini ochiqdan-ochiq dushmanlik bilan qarshi olgan. Buning natijasida Muhammad (s.a.v.) tarafdorlaridan 11 xonadon Habashiston (hozirgi [[Efiopiya]]) ga [[hijrat|koʻchib]] ketgan. Muhammad (s.a.v.) jamoasiga jasur jangchilar sifatida tanilgan Hamza va [[Umar ibn Xattab|Umar ibn Xattobning]] qoʻshilishi jamoaning mavqeini oshirdi. Ayni vaqtda quraysh zodagonlarining Muhammad (s.a.v.) va uning tarafdorlariga dushmanligi yanada kuchaydi. 620 yilda Xadichaning, soʻngra Abu Tolibning vafotidan soʻng Makkada vaziyat yomonlashadi, Muhammad (s.a.v.) muayyan xatar ostida qoladi. Har yilgi anʼanaviy Makka ziyoratiga kelgan yasriblik Avs va Hazraj qabilalarining vakillari Muhammad (s.a.v.) bilan uchrashib, sodiqlik bildirishadi va yordam qilishga vaʼda berishadi, Muhammad (s.a.v.) ni [[Madina (shahar)|Yasribga]] koʻchib borishga daʼvat qilishadi. Avval Muhammad (s.a.v.) ning izdoshlari (asʼhoblar) oʻz oilalari bilan quraysh zodagonlaridan maxfiy ravishda guruh-guruh boʻlib koʻchadi. Oxirida Muhamadning oʻzi Abu Bakr bilan joʻnab ketadi. 622 yildada yuz bergan bu koʻchish payti (arab, [[hijrat]])dan musulmonlar erasi — [[hijriy yil]] hisobi boshlanadi. Yasrib esa Madina an-Nabiy ("Paygʻambar shahri") yoki qisqacha, Madina deb ataladigan boʻldi.
|