Beliz — versiyalar orasidagi farq

74 bytes removed ,  2 yil oldin
k
qisqa izoh tahrirlanmadi
k (removed Category:Davlatlar; added Category:Beliz using HotCat)
k
{{Beliz_info}}
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Beliz''' (Belize) — Markaziy Amerikadagi davlat. Yukatan ya.o.ning jan.sharqida joylashgan. Maydoni 23 ming km². Aholisi 228,6 ming kishi (1997): asosan negrlar, mulatlar, duragailar, indeyslar. Aholining 60% shaharlarda yashaydi. Rasmiy tili — ingliz tili. Dindorlarning 60% — katolik, qolganlari — protestantlar. Poytaxti — [[Belmopan]] shahri Maʼmuriy jihatdan 6 okrugga boʻlinadi. Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Davlat boshligʻi [[Birlashgan Qirollik|Buyuk Britaniya]] qirolichasi, generalgubernator uning vakili hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi organi — ikki palatali (senat va vakillar palatasi) Millim majlis (parlament). Ijrochi hokimiyat— bosh vazir boshchiligidagi hukumat. Birlashgan xalq partiyasi (1950), B. huquqi uchun milliy alyans (1992), Birlashgan demokratik partiya (1974) kabi partiyalar, B. milliy kasaba uyushma kongressi, Mehnatkashlarning birlashgan umumiy uyushmasi (1979, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi) mavjud.
 
Yer yuzasi asosan tekislikdan iborat, jan. qismida 1122 m gacha balandlikdagi Mayya togʻlari joylashgan. Neft konlari bor. Iqlimi — tropik, passat (tropiklardan ekvator tomon doim shamol esib turadi). Havoning oʻrtacha oylik temperaturasi 25°, 27°. Yiliga 2000&nbsp;mm ga yaqin yogʻin yogʻadi. Katta daryolari Rio-Ondo va Beliz, koʻllar, sohil boʻylab laguna (qoʻltiq)lar koʻp. Hududining katta qismi nam tropik oʻrmonlar, aksari qimmatli daraxt turlari bilan qoplangan, shim.da — savanna. B. hayvonot dunyosi turli-tuman.
 
16-asr boshlarigacha B. hududida indeys qabilalari yashagan. 16-asr boshida ispanlar bosib olgan va ularning mustamlakasiga aylangan. 1862 y.danyildan Britaniya Gondurasi nomi bilan Buyuk Britaniya mustamlakasi. 1964 y.yil ichki oʻzini oʻzi boshqarish huquqini olgan. 1973 y.danyildan mamlakat rasmiy ravishda B. deb atala boshladi. 1981 y.yil 21 sentabrda B. mustaqilligi eʼlon qilindi. B.— agrar mamlakat. Iqgisodiyotining asosi qimmatli daraxt turlari — qizil, sandal daraxtlarini chetga chiqarish uchun tayyorlash va qayta ishlash, saqich ishlab chiqariladigan xom ashyo — chikle smolasi (yelimi)ni yigʻish. Beliz chetga chiqariladigan mahsulotlar, asosan shakarqamish, banan va sitrus mevalari (apelsin, greypfrut) yetishtirishga ixtisoslashgan. Kokos palmasi, ananas, banan, kakao, ichki isteʼmol uchun makkajoʻxori, sholi ham ekiladi. Jan. hududlarda chorvachilik bilan shugʻullaniladi. Baliq, dengiz hayvonlari ovlanadi, shuningdek taxta tilish, poʻlat prokatlash va oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Elektr energiya ishlab chiqarish— 74 mln. kVts. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari — 1,4 ming km. Asosiy dengiz porti — Beliz, uning yaqinida, Stenli Fildda aeroport bor. B.dan chetga xom shakar, kiyim-kechak, meva konservalari, sitrus mevalar, yogʻochning qimmatli turlari, baliq chiqariladi. Oziq-ovqat, asbobuskuna, transport vositalari, kimyoviy tovarlar va yoqilgʻi keltiriladi. Savdosotikdagi asosiy mijozlari — AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Yamayka, Meksika. Xorijiy sayyohlik rivojlangan. Pul birligi — B. dollari. "Amandala" (1969 y.danyildan), "Beliz Tayme" ("Beliz vaqti", 1956 y.danyildan), "Gavernment gazett" ("Hukumat gazetasi"), "Piplz pale" ("Xalq nafasi", 1989 y.danyildan), "Riporter" ("Muxbir", 1968 y.danyildan) gaz.lari chiqadi. 1937 y.danyildan yarim tijorat radioeshittirish xizmati mavjud.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>{{Shimoliy Amerika mamlakatlari}}
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Beliz''' () poytaxti - [[Belmopan]] shahri. [[BMT]] a'zosi
 
{{Shimoliy Amerika mamlakatlari}}
 
== Manbalar ==