Indoneziya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k removed Category:Davlatlar using HotCat
kTahrir izohi yoʻq
Qator 17:
 
== Tarixi ==
I. — hozirgi tipdagi inson (pitekantrop, yavantrop) shakllangan markazlardan biri. Mil. av. 2-a. ga oid yodgorliklar saqlangan. Yava, Malayya o. larida Taruma va Kalinga, Sumatrada Malayyu va Shrivijayya davlatlari tashkil topgan. Ularda hinduilik va buddaviylik tarqala boshladi. Mil. 7-a. da bir necha mayda davlatlar birla-shib, Shrivijayya imperiyasiga aylandi. 8-a. 1-yarmidaYavada Mataram davlati paydo boʻldi. 1025 y.yil Shrivijayya inqirozga uchradi. 11-a. ning 40-y. laridayillarida Mataram Kediri (13-a. dan Singasari) va Jangala davlatlariga boʻlinib ketdi. 1120 y.yil Kediri ilgari Mataramga qarashli barcha yerlarni birlashtir-di, boshqa orollar ustidan nazorat oʻrnatdi. 13-a. oxirida Singasari yemirilib, uning oʻrnida Majapaxit im-periyasi tashkil topdi (1293— taxminan 1520). Majapaxit imperiyasi oʻrta asrlarda eng yirik umumindonez davlati boʻlgan.
 
14-a. da Hindiston va Malakkadan I. ga islom dini kirib keldi. Arxipe-lagning koʻp qismini egallagan Majapaxit imperiyasi musulmon sultonliklariga boʻlinib ketgach (16-a.), I. hudu-diga yevropaliklar (portugallar, gollandlar) kirib kela boshladi. 1602 y.yil gollandlar I. da Ost-Indiya kompan-piyasiga asos soldi. Bu kompaniya mamlakatning talay qismini oʻziga tobe qilib oldi. 1811 y.yil I. ni inglizlar bosib oldi. Birok, 1814 y. giyilgi Angliya-Niderlandiya bitimiga kura, I. yana Niderlandiya qoʻliga oʻtdi.
 
I. xalqi ajnabiy istilochilarga qarshi kurash olib bordi. Diponegoro boshchiligida Yavada (1825—30), Imom Bajon yetakchiligida Sumatrada (1830— 39), Acheda (1873—1903) koʻtarilgan qoʻzgʻolonlar tarixda mashhur.
 
20-a. boshida milliy ozodlik harakati bir muncha kengaydi. 1908 y.yil Yavada "Budi utomo" ("Oliy maqsad") nomli birinchi milliy tashkilot paydo boʻldi. Golland mustamlakachilariga qarshi 1923 y.yil temiryoʻlchilarning umumiy ish tashlashi boʻlib oʻtdi. 1926 y.yil indonez xalqi mustamlakachilikka qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi, ammo u bostirildi. 1927 y.yil Axmad Sukarno rahbarligida Milliy partiya tuzildi. I. mustaqilligini talab qilib, xalq orasida obroʻ krzongan bu parti-yaning faoliyati takikdandi, Sukarno va uning tarafdorlari qamoqqa olindi (1929). 1931 y. danyildan Milliy partiya I. partiyasi deb nomlandi. 1937 y.yil milliy inkilob tarafdorlari Indonez xalqi harakati (Gerindo) tashkilotini tuzdilar.
 
1942—45 i. larda I. ni Yaponiya bosib oldi. Yaponiya 2-jahon urushida maglubiyatga uchragach, mamlakat mustaqil I. respublikasi deb eʼlon qilindi (1945 y.yil 17 avg .avgust). A. Sukarno uning prezidenti qilib saylandi. Respublika konstitutsiyasi qabul qilindi. Biroq 1945 y.yil 6 sent. dasentabrda I. ga ingliz, keyinroq golland qoʻshinlari bostirib kirdi. I. xalqi bosqinchilarga qarshi 4 y.yil kurash olib bordi. Nihoyat, Gollandiya I. mustaqilligini tan olishga majbur buldi (1949 y.yil noyabr). Biroq u I. mustaqilligiga putur yetkazadigan bitim tuzishga erishdi. I. 16 xududga boʻlibtashlandi; mamlakat "Indoneziya Qoʻshma Shtatlari" nomi b-n yuritila boshladi, Gollandiya I. ning bir qismi (Gʻarbiy Iri-an) ni oʻz koʻl ostida saqlab qoldi. I. xalqi oʻz mamlakatini toʻla ozod qilish uchun kurashni davom ettirdi. 1950 y.yil 6 avg . da I. unitar (qoʻshma) davlat deb eʼlon qilindi. Hukumat I. uchun asoratli boʻlgan bitimlarni tan olmaslik haqida qaror qabul qiddi (1956 y.yil aprel). 1957 y. ningyilning oxirida I. hukumati mamlakatdagi ajnabiylarga qarashli barcha korxona, plantatsiya va banklarni oʻz nazoratiga oldi. 1957 y.yil Sukarno davlatning siyosiy va iqti-sodiy apparatini qayta tuzdi. Prezident dekreti b-n 1945 y. giyilgi Konstitutsiya yana kuchga kirdi (1959 y.yil iyul). Biroq I. hukumati va milliy vatanparvarlarga qarshi qoʻporuvchilik harakati toʻxtamadi. 1956 y.yil Sumatra va Sulavesida ayirmachilar qurolli isyon boshladi. Hukumat qoʻshinlari xalq ommasining yordami b-n isyonchilarni tor-mor qildi (1961). Gʻarbiy Irianni I. tarkibiga qoʻshib olishni tinch yoʻl b-n hal etolmagach, I. vatanparvarlari golland bosqinchilariga qarshi qurolli kurash boshladi (1962). 1963 y.yil 1 mayda Gʻarbiy Irian I. Respublikasi tarkibiga qoʻshib olindi. Prezident Sukarno mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, iqti-sodiyotni yuksaltirish, dunyodagi barcha mamlakatlar b-n doʻstlik va hamkorlik yoʻlini tutdi. Ammo ichki siyosiy beqarorlik (harbiylar, ayirmachilar va islom aqidaparastlarining isyonlari), soʻl va oʻng kuchlarning oʻzaro kurashi tobora kuchayishi "1965 y.yil 30 sentyabr" voqealariga olib keldi. Armiya raxbariyatining raqiblari orasidagi ashaddiy murosasiz arboblar kompartiya rahbarlarining madadi b-n davlat toʻntarishi qilishga urindilar. Ularning xattiharakatlari tor-mor etilgach, Sukarno hokimiyatdan chetlashtirildi va "yangi tartib" oʻrnatishga kirishildi. 1966 y. dayilda general Suharto muvaqqat (1968 y. danyildan rasmiy) prezident boʻlib qoldi. Harbiylar boshchiligidagi hokimiyat ichki muxolifatni keskin cheklab, bozor xoʻjaligiga oʻtish orqali iqtisodiy oʻsishni taʼminlash vazifasini qoʻydi. I. faol tashqi siyosat oʻtkazib, milliy taraqqiyot uchun qulay sharoit taʼminlash yoʻlidan bordi. Yalpi mahsulot i.ch. ni koʻpaytirish surʼatlari oshdi, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromad koʻpaydi.
 
Suharto 6-muddatga prezident etib saylandi, biroq 1998 y.yil boshlarida mamlakat moliyaviy inqirozga duchor boʻldi. Xalq ommasi, ayniqsa, talaba yoshlar bu kulfatda prezidentni ayblab, koʻchalarda norozilik namoyishlari oʻtkazishdi. Shunday bir vaziyatda Xalq maslahat kongressi Suhartoni 7-muddatga yana prezident etib sayladi. Bu voqea xalqning gʻazabini yanada oshirdi va tinch namoyishlar gʻalayon tusini ola boshladi. Prezidenta ing isteʼfo beri sh i haqidagi ta-lablar kuchaydi. Nihoyat, Suharto isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi va konstitutsiyaga binoan 1998 y.yil 21 may kuni vitse-prezident Burhoniddin Yusuf Habibiy prezident lavozimini egalladi. Ammo uning bu lavozimdagi faoliyati uzoqqa bormadi. Oliy tabaqa arboblarining suiisteʼmollaridan norozi boʻlgan xalq ommasining talabi b-n B. Yu. Xabibiy isteʼfoga chiqarildi. 1999 y.yil okt. danoktabrdan Vohid Ab-durahmon, 2001 y.yil iyuldan A. Sukarnoning qizi Megavati Sukarnoputri prezident lavozimiga saylandi.
 
I. — 1950 y.danyildan BMT aʼzosi.
 
Milliy bayrami — 17 avg . — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1945). OʻzR b-n diplomatiya munosabatlarini 1992 y.yil 23 mayda oʻrnatdi.
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Birlik va taraqqiyot partiyasi, 1973 y. dayilda musulmonlarning 4 partiyasi birlashishi natijasida tuzilgan; I. demokratik partiyasi, 1973 y. dayilda 5 partiyaning qoʻshilishi natijasida tuzilgan; Golkar (funksional guruqlar), 1964 y.yil siyosiy partiyalarga kirmaydigan davlat xizmatchilari, kasaba uyushma, yoshlar, xotin-qizlar, diniy tashkilotlar vakillari ittifoqi sifatida tuzilgan, 1998 y. dayilda partiyaga aylantirilgan; I. demokratik partiyasi (kurashchi), 1998 y. dayilda tuzilgan; Milliy mandat partiyasi, 1998 y. dayilda tashkil etilgan; Milliy uygʻonish partiyasi, 1998 y. dayilda tuzilgan. Umumindone-ziya mehnatkashlar ittifoqi kasaba birlashmasiga 1973 y. dayilda asos solingan; Umumindoneziya ishchilar itti-foqi ("Ravnaq") kasaba birlashmasi 1992 y. dayilda tuzilgan.
 
== Xoʻjaligi ==
Qator 44:
Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi oʻrtacha 20% ni tashkil etadi. Konchilik sanoati byudjet tushmalarining anchagina qismini taʼminlaydi. Yiliga oʻrtacha 576 mln. barrel neft qazib olinadi. Neft konlari, asosan, Sumatra o. da, shuningdek, Yava dengizi va Makasar boʻgʻozida. I. suyultirilgan tabiiy gazni chetga chiqarishda dunyoda l-oʻrinda (yiliga 90 mlrd. m3 dan koʻproq gaz qazib olinadi), qalay qazib olishda 2-oʻrinda (30 ming t dan ziyod), nikel qazib olishda 4- oʻrinda (2 mln. tonnadan koʻp) turadi. Kumir, mis, uran rudasining katta zaxiralari mavjud. Oltin, ku-mush, olmos ham qazib olinadi. Mahsulot i.ch. sanoatining asosini isteʼ-mol mollari: gazlama, tayyor kiyim-kechak, poyabzal, charm buyumlar, roʻzgʻorbop kimyoviy mahsulotlar, oziqovqat tashkil etadi. Sholi okdash, tamaki, qand-shakar, choy, yogʻ, ip gazlama, trikotaj, jut, qurilish materi-allari, farmatsevtika va poligrafiya, konditer korxonalari, mineral oʻgʻit va shina zavodlari bor. Hunarmandchilik rivoj topgan. Ilmfan yutuklari va yuksak texnologiyaga asoslangan tarmoqlar: kemasozlik, samolyotsozlik, kimyo, neft kimyosi, avtomobil yigʻish, radioelektronika uzluksiz rivojlanmoqda. Energetika sohasida issiklik va gidroelektrstyalar soni koʻpayib, quvvati oshmoqda. Mintaqada quvvati 200 mVt ga ega boʻlgan birinchi geoter-mal (Yer qaʼridagi issiklikni elektr energiyaga aylantiruvchi) elektr stansiya ishga tushirilgan. Yiliga oʻrtacha 44,3 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
 
Hukumat mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega boʻlgan xorijiy sarmoyani keng jalb etish siyosatini oʻtkazmoqda. 1967—95 y. lardayillarda maʼqullangan investitsiyalarning umumiy hajmi 131,4 mlrd. dollarni tashkil etdi, shundan 30 mlrd. dollardan or-tigʻi neft va gaz qazib olishga ishlatildi. Sarmoya, asosan, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Gonkong , AQSH, Singapur, Tayvan, Niderlandiya, Jan. Koreyadan olindi. 1995 y. danyildan milliy taraqqiyotning yangi 25 y. likyillik bosqichini amalga oshirishga kirishildi. Bu tadbir I. ni Osiyo-Tinch okean mintaqasidagi yangi sanoatlashgan mamlakatlar darajasiga koʻtarishi moʻljallangan.
 
I.da dengiz transporti yetakchi oʻrinda, Portlari: Tanjungpriok (Jakar-ta porti), Surabaya, Palembang , Balik-papan, Ujungpan. Dengiz savdo flotida 3130 ming t dedveyt tonnajga ega boʻlgan 2 mingdan ortiq kema bor. T.y. ning uz. 6,6 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 266 ming km. Gʻarbiy Yevropadan Avstraliyaga boriladigan havo yoʻli Jakarta orqali oʻtadi. Eng katta neft quvurlari: Tanjung — Balikpapan va Tempino — Plaju.
Qator 51:
 
== Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari ==
6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun boshlangich majburiy taʼlim joriy qilingan. Boshlangich maktabda oʻqish muddati 6 y.yil, oʻrta maktabda ham — 6 y.yil Davlat maktablari b-n bir qatorda xususiy mak-tablar ham bor. 1-va 2- bosqich texnika va tijorat maktablari va shunga oʻxshash oʻquv yurtlari hunar taʼlimini beradi. Oʻqituvchilar 3 y. likyillik ped. maktablari, ped. kollejlari va universitetlarda tayyorlanadi. Jakartadagi I. davlat unti (1950 y. dayilda asos solingan), Milliy universitet (1949 y. dayilda asos solingan), Jokyakar-tadagi Islom xususiy unti (1945 y. dayilda asos solingan) va b.boshqa bor. 1967 y. dayilda tashkil etilgan I. fanlar instituti 10 i.t. instituti, 40 dan ortiq ilmiy muassasa va jamiyatni birlashtiradi. Yirik kutubxonalar: Jakartadagi Ommaviy, Parlament kutubxonalari, Bandung , Bogo-ra, Jokyakarta, Makassar, Medandagi kutubxonalar. Jakartada I. madaniyati muzeyi (1778 y. dayilda asos solingan), Bogorada Zoologiya muzeyi (1894 y. dayilda asos solingan) bor.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Asosiy gaz. va jur. lari: "Merdeka" ("Ozodlik", kundalik gaz., 1945 y. danyildan), "Pelita" ("Mashʼal", kundalik gaz., 1974 y. danyildan), "Suara karya" ("Mehnatkash ovozi", kundalik gaz., 1971 y. danyildan), "Biyeniye Indonesia" ("Indoneziya biznesi", kundalik gaz., 1985 y. danyildan), "Brita buana" ("Jahon yangiliklari", kundalik gaz., 1970 y. danyildan), "Brita yudxa" ("Harbiy yangiliklar", kundalik gaz., 1970 y. danyildan), "Indonezian observer" ("Indoneziya sharhi", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1950 y. danyildan), "Biznes Nyus" ("Biznes yangiliklari", indonez tilida haftasiga 3 marta chiqadigan byulleten, 1956 y. danyildan), "Sinar" ("Hyp", tadbirkorlarning xaftalik jur., 1993 y. danyildan). Antara-Milliy axborot agentligiga 1937 y. dayilda asos solingan. I. Respublikasi radiosi 1945 y. dayilda tashkil etilgan. I. Respublikasi televideniyesiga 1962 y.yil asos solingan.
 
== Adabiyoti ==
Qator 61:
I. da milliy ozodlik harakatining boshlanishi b-n malayya tili siyosiy va madaniy jihatdan butun mamlakatning birlashuviga olib keluvchi vosi-ta boʻlib qoldi. 19-a. oxirida malayya tilida paydo boʻlgan matbuot yangi adabiyotning rivojlanishiga katta yordam berdi. Yozuvchilardan Marko Kartodikromo va Semaun birinchi boʻlib roman janrida ijod qildilar.
 
20-a. ning 20—30-y. laridayillarida S. T. Alishohbona, Hamka, Rustam Effendi va b. yaratgan asarlar, "Pujanga Baru" badiiy, ijtimoiy va siyosiy jur. ning nashr etilishi I. adabiyoti taraqqiyoti uchun muhim voqea boʻldi. 30-y. laryillar oxirida bir qator yozuvchilar (H. Anvar, Idrus, P. A. Tur, A. Kartamiharja, U. T. Sontani va b.) ijodida realistik tamoyillar kuchaydi.
 
50-y. laryillar boshlarida baʼzi yirik yozuvchi va dramaturglar asta-sekin Xalq madaniyati jamiyati (LEKRA) atrofiga jipslashdilar. 1965 y.yil gi voqealardan soʻng bu jamiyat tugatildi. Hoz. zamon I. adabiyotining ilgʻor vakillari realistik anʼnani rivojlantirmoqdalar. V. S. Rendra, T. Moxtar, A. Ro-sidi, G. Poyka sheʼr va hikoyalarida, M. Bushe, P. Vijaya, I. Simaputang romanlarida va b. ning asarlarida I. dagi muhim ijtimoiy muammolar aks etmoqda.
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Qator 70:
18—20-a. larda I. shaharlari qurili-shiga Yevropa (ayniqsa, golland) meʼmorligi katta taʼsir koʻrsatdi. Jakar-ta, Bandung va b. shaharlarda maʼmuriy binolar, mehmonxona, institut, kasalxona, stadion, sanoat korxonalari va b. inshootlar funksionalizm ruhida qurildi. Turar joy va jamoat bi-nolari qurilishida tropik iqlim xu-susiyatlari hisobga olindi (Bandungdagi texnologiya instituti va b.).
 
I. sanʼatining yirik markazi — Bali o. da xukmdorlarning qoyalardagi maqbaralari (11 — 12-a. lar) da, 14—15-a. larga oid ehromlarda devoriy rasmlar saklangan. Kitob mini-atyurasi ham rivoj topgan. Xalq sanʼati rivojini yogʻochdan qurilgan bi-nolarda, metall, yogʻoch, suyak buyumlar, gulli matolarda koʻrish mumkin. 17-a. dan boshlab, golland mustamlakachilari va b. bosqinchilarning jabr-zulmi I. sanʼati rivojiga putur yetkazdi. Milliy ozodlik harakati taʼsirida zamonaviy sanʼat shakllandi (I. rassomlari uyushmasi, 1937—38 y. lariyillari asos solingan). Ozodlik uchun kurash mavzui S. Sujoyono, K. Affandi, B. Abdulloh, I. B. Made va b. rassomlar ijodida oʻz ifodasini topdi. Qad. anʼanalarga ega boʻlgan xalq amaliy sanʼati mustaqillik yillarida gurkirab rivojlandi.
 
== Musiqa sanʼati ==
Musiqasi hind-yava madaniyati va I. da yashagan boshqa xalqlar madaniyatining rivojlanishi jarayonida vujudga kelgan. 1ming yillik oxiri va 2ming yillik boshida Yavada rivojlangan musiqa madaniyati Jan. Sumatra, Bali, Madur va b. orollardagi musika rivojiga ham taʼsir etdi. Qadim zamonlardan musiqa qishloq aholisi turmushiga singib ketgan, hosil yigimi, don yanchish kabi mehnat jarayonlarida qoʻshiq yangrab turgan. Jan. sharqiy Osiyodagi boshqa musiqiy madaniyatlardan farqli oʻlaroq, indonezlar xor qoʻshiqchiligi anʼanalarini davom ettirib kelayotir. Rivojlangan geterofoniya va koʻp ovozlilik I. mu-siqasiga xos xususiyatdir. Xalq cholgʻu asboblari orkestri gamelan — I. mum-toz musika sanʼatining choʻqqisi hisoblanadi. 16-a. da anʼanalari negizida kronchong musiqa shakli vujudga keldi.
 
I. mustaqillikka erishgach (1945), umummilliy musika madaniyati rivoji uchun qulay imkoniyat tugʻildi. Professional va havaskorlik jamoalari, kamer orkestrlar xalq anʼanalarini rivojlantirayotir. Sujasmina, A. Pasaribu, Susbini va b. tanikli kompo-zitorlar professional musiqa namo-yandalaridir. Jokyakartada musiqa maktabi (1952 y. danyildan), Surakartada konservatoriya hamda milliy mumtoz musika maktabi (1960) ochildi. 1968 y. danyildan Jakartada simfonik orkestr ishlaydi.
 
== Teatr sanʼati ==
Teatr sanʼati azaldan xalq bayramlari va diniy marosimlarda oʻtkaziladigan tomoshalardan boshlangan. To-pengdalang (ijrochilar niqob kiyib imo-ishoralar b-n raqsga tushadi) va vayang-orang (qonunlashgan teatr vosi-talariga qatʼiy rioya qilinadi) ka-bilar I. ga xos anʼanaviy teatr shakllaridir. I. da qoʻgʻirchoq va soya tushirish teatrlari ham rivojlangan. Teatr tomoshalarining asosini qad. hind eposlari — "Ramayana", "Mahabhara-ta" dan olingan parchalar, arab rivo-yatlari va mahalliy ertaklar tashkil etgan. 19-a. oxiri va 20-a. boshida zamonaviy teatrlar tashkil topdi. 50—60-y. lardayillarda "Marxaen", "Triskokanten" kabi guruhlar shuxrat qozondi. Ular I. milliy dramaturglari — Utuy Tatang Sontani, Abu Xapifax, Ali Muhammad, Sanusi Pane va b., shuningdek, G. Ibsen, A. P. Chexov hamda N. V. Gogol asarlarini sahnalashtirdi. 50-y. lardanyillardan Milliy teatr akademiyasi va b. ishlay boshladi.
 
== Kinosi ==
Dastlabki filmlar 20-a. 20-y.laryillar oʻrtalarida golland rej. lari tomonidan suratga olingan. 30-y. laryillar 1-yarmidan xitoylar b-n hamkorlikda I. rej. lari (Anjar Asmara va b.) indonez tilida ovozli filmlar yara-ta boshladilar. Dehqonlar hayotini aks ettiruvchi "Parex" (1935, rej. M. Franken), "Yorqin oy" (1937, rej. A. Balink) singari koʻpgina filmlar aktyorlar Moxtar va Rukiyax ishtiro-kida yaratildi. Yaponlar okkupatsiyasi davrida kinematografiya yapon tashvi-qotiga xizmat qildirildi. Ammo "Yom-gʻir" (rej. I. Perbatasari) va "Orzularim" (rej. S. Palindi) filmlarida xalqning milliy xususiyatlarini ifodalashga muvaffaq boʻlindi. Urushdan keyin milliy mutaxassislar yetishib chiqa boshladi, voqeiy filmlar yaratish kuchaydi. Jakartada birinchi davlat kinofirmasi "PFN", xususiy kinofirma "Perfini" tashkil etilishi natijasida koʻplab badiiy filmlar ishlab chiqarildi. "Majruh" (1952), "Turang", "Vatanga qaytish" (1954), "Maktab devori orqasida", "Tilla qoʻngʻiz", "Shafqatsiz gunoh" va b. filmlar ilgʻor gʻoyalarni targʻib qildi.
 
60-y. laryillar oxiridan milliy kino i.ch. yana avj ola boshladi. Keyingi yillarda rej. lardan V. Umboxning "Mitti yulduzlar", "Onajon", "Shaxs", "Bokira kelin", "Toʻy", "Novcha oʻynash", T. Junandining "Onaginam", "Puch orzu", S. Jayning "Harir binafsha-rang tuman", S. Suvardi Hassanning "Baxtsiz oʻgay qiz", "Umidsizlik koʻz yoshlari" kabi badiiy filmlari ma-shhur boʻldi.
 
== Oʻzbekiston — Indoneziya munosabatlari ==