Irlandiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Irlandiya''' (irlandcha Eire, ing . lrelanglreland) — Gʻarbiy Yevropada, Irlandiya o. daorolda joylashgan davlat. Mayd. 70,3 ming km{{sup|2}}. Aholisi 3,84 mln. kishi (2001). Maʼmuriy jihatdan 26 graflikka boʻlinadi, ular 4 tarixiy viloyat (province)ra birlashadi. Poytaxti — Dublin sh.
 
== Davlat tuzumi ==
I.Irlandiya — respublika. 1937 y.yil 29 dek. dadekabrda qabul qilingan hamda 1972 va 1999 y. lardayillarda tuzatishlar kiritilgan konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi — prezident (1997 y. danyildan Meri Makalis xonim). U aholi tomonidan toʻgʻri umumiy va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 7 y.yil muddatga saylanadi, ikkinchi muddatga yana bir marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hoki-miyatni Milliy parlament amalga oshiradi, uning tarkibiga prezident va ikki palata: vakillar palatasi bilan senat kiradi. Ijrochi xrkimiyatni vakillar palatasining taklifiga bino-an prezident tayinlaydigan hukumat amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
Qator 12:
Iqlimi — moʻʼtadil okean iqlimi, obhavosi beqaror, seryomgʻir, tuman koʻp tushadi, tez-tez shamol esadi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 5—8°, iyulniki — 14—16°. Yillik yogʻin 700–2000&nbsp;mm. I. da daryo, koʻl va botqoklik koʻp. Daryolari sersuv, muzlamaydi, kemachilikda va elektr energiyasi olishda foydalaniladi. Yirik daryosi — Shannon.
 
I. ningIrlandiyaning koʻp qismi torfli yalangliklar, oʻtloklar. Oʻtloqlari doimo koʻmkoʻk. Yalangliklarda torfli-botqoq va qumoq tuproqlar uchraydi. Oʻtloq joylarning tuprogʻi — podzol va oʻtloqpodzol tuproqlar. Hayvonlari Gʻarbiy Yevropanikiga oʻxshash, turi kam. Yovvo-yi hayvonlarning kupi qirib tashlangan. Milliy bogʻlari: Glenya, Killari.
 
Aholisining 98% irlandlar, qolganlari inglizlar, shotlandlar. Rasmiy tillari — irland va ingliz tillari, asosiy soʻzlashuv tili — ingliz tili. Dindorlarning aksariyati katolik, bir qismi protestant. Aholining 57% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Dublin, Kork, Limerik.
 
== Tarixi ==
I.Irlandiya hududida inson mil. av. 6ming yillikdan buyen yashaydi. Mil. av. 4-a. da kelt qabilalari koʻchib kelib mahalliy aholi bilan qoʻshilib ketgan. 5-a. da xristian dini tarqalgan. I. ga normannlar (795—1014) , ingliznormand qoʻshinlari (1169—71) bir necha bor hujum qildi. 14—17-a. larda irland xalqi ingliz mustamlakachilariga qarshi keskin kurash olib bordi. Ammo milliy irland davlatining paydo boʻlishiga inglizlar qarshilik koʻrsatdi. 18-a. oxirida irland vatanparvarlarining bosqinchilarga qarshi koʻtargan qoʻzgʻoloni mustamlakachilar tomonidan bostirilib, 1801 y.yil 1 yanvar da "Uniya haqida akt" eʼlon qilindi. Shundan keyin Angliya oʻz parlamentidan I. vakillariga bir necha oʻrin berib, I. parlamentini bekor qildi. 19-a. mobaynida irland xalqi mustamlakachilarga qarshi kurashni toʻxtatmadi.
 
[[Birinchi jahon urushi|1-jahon urushi]] yillarida I.Irlandiya mehnatkashlari urushga va mustamlakachilarga qarshi kurashdi. 1916 y. giyilgi I. qoʻzgʻoloni mustamlakachilar tomonidan bostirildi. 1919—21 y. lardagiyillardagi partizanlar urushi natijasida 1921 y. dek.yil dadekabrda tuzilgan Angliya — I. biti-miga muvofiq, I. ning jan. qismi mustaqil deb eʼlon qilindi va Angliya nazoratidagi dominion huquqini oldi. 1937 y. giyilgi yangi konstitutsiyada I. "Eyre mustaqil davlati" deb eʼlon qilindi.
 
[[Ikkinchi jahon urushi|2-jahon urushi]] yillarida I.Irlandiya betaraf turdi. Garchi 1949 y.yil I.Irlandiya mustaqil respublika deb eʼlon qilingan boʻlsa ham mamlakatning shim. qismi (Olster)da mustamlakachilar hukmronligi saklanib qoldi. 1955—61 y. lardayillarda mamlakatni birlashtirish maqsadida I. maxfiy harbiy tashkilot toʻdalari Shim. I. dagi maʼmuriy va politsiya bi-nolariga tez-tez hujum qilib turdi. 1959 y.yil I. Resggublikasi va Shim. I. ka-saba uyushma markazlarining birlashishidan I. tred-yunionlar kongressi tashkil topdi. Keyingi yillarda I. siyosatida Shim. I. muammosi yuzasidan ingliz hukmron doiralari bilan bir bitimga erishishga intilish ta-moyili sezila boshladi. 1985 y. dayilda imzolangan bitimga binoan, Shim. I. ga taalluqli ichki muammolarni muhokama qilish uchun xukumatlararo maslahat organi tuzish koʻzda tutilgan. 1993 y. dayilda imzolangan Deklaratsiya ixtiloflarni faqat tinch siyosiy vo-sitalar bilan bartaraf qilish uchun asos yaratdi. 1998 y. danyildan Olster mu-ammosini hal etish jarayonida AKTP hukumati vositachilik qila boshladi. I.Irlandiya — 1955 y. danyildan BMTaʼzosi. Milliy bayrami — 17 mart — Avliyo Patrik kuni. 1991 y.yil dek. dadekabrda OʻzR suverenite-tini tan olgan.
 
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
Fianna Fayl ("Taqdir askarlari"), 1926 y.yil tashkil etilgan; Fine gal ("Birlashgan Irlandiya"), 1933 y.yil asos solingan; I. leyboristlar partiyasi, 1912 y.yil tuzilgan. I. kommu-nistik partiyasi, 1921hy;~asos solingan; Demokratax soʻl partiya. 1992 y.yil tashkil etilgan; Taraqqiyparvar de-mokratik partiya, 1985 y.yil tuzilgan; I. ishchilar partiyasi, 1970 y.yil asos solingan. I. tred-yunionlar kongressi (1894) I. va Shim. I. ning 66 kasaba uyushmalarini birlashtiradi.
 
== Xoʻjaligi ==
I.Irlandiya — industrial mamlakat. Yalpi ichki maxulotda sanoat ulushi 37%, q.x. ulushi 10,1%, xizmat sohasi ulushi 50% dan koʻproqni tashkil etadi. 50-y. largachayillargacha I. iqtisodiyotida q.x. va chorvachilik ustun boʻlgan. Endilikda u xorijiy sarmoya yordamida mashinasozlik, elektronika, kimyo sanoati kabi ogʻir sanoat tarmoqlarini va ichki imkoniyatlar hisobiga oziq-ovqat, oʻrmon, toʻqimachilik, yengil sanoat kabi anʼanaviy tarmoqlarni rivojlantirishga erishdi. Keyingi yillardagi iqtisodiy taraqqiyot tufayli I. oʻsish surʼatlari jihatidan Yevropada oldingi oʻrinlarga chiqib oldi. Mahsulot eksport qilish koʻpaydi.
 
== Sanoati ==
Tabiiy resurslari torf, qoʻrgʻoshin, rux, mis, kumush, tabiiy gazning katta, toshkoʻmir, temir rudasi va piritning ozroq zaxiralaridan iborat. Shular tufayli konchilik sanoati va ayni vaqtda q.x. xom ashyosini qayta ishlash tarmoqlari yetakchi oʻrinda. Metallurgiya (asosan, poʻlat eritish), mashinasozlik (ayniqsa, kemasozlik, avtomobil yigʻish, priborsozlik), elektrotexnika, neft kimyosi, qurilish ashyolari korxonalari bor. Oziq-ovqat tarmoqlari orasida goʻsht, sut, yogʻ, pivo, qand-shakar, spirt-araq korxonalari ayniqsa faol ishlaydi. Torf qazib olish va undan foydalanish sohasida I. dunyoda oldingi oʻrinda turadi. I.Irlandiya energiyaga boʻlgan ehtiyojining 40% ni ichki imkoniyatlari hisobidan qoplaydi. Energiya balansida chetdan keltiriladigan neftning ulushi kamayib, koʻmir va torfning ulushi oshib bormoqda. I. da yiliga oʻrtacha 14,6 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Mamlakatda xorijiy investitsiyalar faol jalb etilgan. Bu sohada [[Birlashgan Qirollik|Buyuk Britaniyadan]] ta-shqaritashqari [[Amerika Qoʻshma Shtatlari|AQSH]], [[Germaniya]], [[Fransiya]], [[Yaponiya|Yaponiyaning]] mavqei kuchli. Xorijiy sarmoya yordamida barpo etilgan 800 dan ortiq korxona sanoat mahsuloti eksportining 80% ni beradi.
 
== Qishloq xoʻjaligi ==
Qator 36:
 
== Transporti ==
T. y. uzunligi 2,8 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 92 ming km. Dengiz floti rivojlangan. Asosiy portlari — Dublin, Kork. I. chetga mashina va asbob-uskuna, krra-mol, oziqovqat, kimyo, toʻqimachilik mahsulotlari va sh. k. chiqaradi. Chetdan transport vositalari, neft va b. keltiradi. Keyingi yillarda tashki savdoda ijobiy saldoga erishildi. Sayyohlik ham katta daromad keltiradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, AK.ShAQSh va Rossiya. Pul birligi — irland funti.
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
I. da 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalarning 9 y. likyillik majburiy taʼlimi joriy etilgan. Boshlangʻich maktab — 6 y. likyillik. Oʻrta maʼlumot davlatga yoki xususiy shaxslarga qarashli maktablarda olinadi. Har yili maktablarni bitirib chiqqanlarning 50% oliy oʻquv yurtlariga kiradi. 4 universitet, ularning xuzurida kollejlar, jumladan, Dublin unti (Triniti kolleji, 1592), Dublindagi Milliy universitet (1908), Limerik sh. dagi texnikaga yoʻnaltirilgan Milliy oliy taʼlim instituti bor. Ilmiy muassasalari: Dublin qirollik jamiyati (1731), I. qirollik akademiyasi (1786), tibbiy (1882), ijodiyot (1932), rassomlik, haykaltaroshlik va meʼ-morlik (1823) tarmoq akademiyalari. Eng yirik kutubxonalari: Dublindagi Milliy va Xalq kutubxonalari. Muzeylari: Dublindagi Milliy muzey (1731), Milliy galereya (1864), Fuqarolik muzeyi (1953), Zamonaviy sanʼat galereyasi (1953).
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Asosiy gaz. va jur. lari: "Ayrish independent" ("Irlandiya mustaqilligi", ingliz tilidagi kundalik gaz., 1905 y.yildan dan), "Ayrish press" ("Irlandiya matbuoti", ingliz tilidagi kundalik gaz., 1931 y.yildan dan), "Ayrish tayme" ("Irlandiya vakti", ingliz tilidagi milliy kundalik gaz., 1859 y.yildan dan), "Ivning gerald" ("Kech-ki xabarchi", ingliz tilidagi milliy kundalik gaz., 1891 y.yildan dan), "Innyu" ("Bugun", irland tilidagi haftalik milliy gaz., 1943 y. danyildan"), "Iris efi-gyul" ("Rasmiy gazeta", irland tilida haftasiga 2 marta chikadigan gaz., 1922 y. danyildan), "Ayrish pipl" ("Irland xalqi", ingliz tilidagi haftanoma), "Ayrish soushelist revyu" ("Irland sotsialistik sharhi", ingliz tilida har chorakda chiqadigan nazariy jur., 1969 y.yildan dan), "Ayrish uorkers voys" ("Irland ishchilari ovozi", ingliz tilidagi haftalik byulleten). I. radio va telekoʻrsatuvi davlat mahkama-sidir. I. da 1926 y. danyildan radioeshittirish, 1961 y. danyildan telekoʻrsatuvlar olib boriladi.
 
Adabiyoti irland va ingliz tillarida. Xalq ogʻzaki ijodining dastlab-ki namunalari 1-a. da yaratilgan. Soʻngroq diniy mavzudagi yozma adabiyot (6-a.), tarixiy vokeayaar va mi-fologik syujetli sagalar (8—9-a. lar-da) paydo boʻlgan. 12-a. da bardlar (xalq baxshilari) sheʼriyati yuqori bosqichga koʻtariladi.
 
16—18-a. lar I. dunyoviy va diniy adabiyotida vatanparvarlik gʻoyalari targʻib qilindi, dehqonlar hayoti aks ettirildi (F. O’Nayv, J. Najent, E. O’Xassi va b. adiblar). J. Kiting qalamiga mansub "Irlandiya tarixi" (1640) alohida ahamiyatga ega boʻldi. I. jamiyatining urugʻchilik tuzilmasi barbod boʻlgach, bardlar sheʼriyati tanazzulga uchradi. Poeziyada xalqchillik ruhi kuchaydi (E. O’ Raxilli, J. Makdonnell, O. R. O’Sallivan). 18-a. oxiridan ingliz tilidagi adabiyotning salmogʻi osha bordi. 19-a. 1-yarmida romantizm irland adabiyotida bosh yoʻnalish boʻldi. 40-y. lardayillarda eng isteʼdodli shoirlar "Yosh Irlandiya" inqilobiy-demokratik tashkiloti tevaragida birlashdi. J. K. Mangan, S. Fergyuson, T. Devis siyosiy satira va insoniy lirika anʼanalarini da-vom ettirdilar. Vatanparvarlik balladasi eng ommaviy janr boʻlib kolli. Prozada tarixiy va oilaviy-mai-shiy mavzudagi romanlar yaratildi (J. Griffin, J. Beynim, M. Ejuort, U. Karlton). 19-a. oxirlarida "Irland uygʻonishi" deb atalgan milliymadaniy harakat boshlandi, U. B. Yits bu harakatning tashabbuskorlaridan boʻldi. Uilyam Yits oʻz ijodida kelt mifologiyasiga qaytdi. Bu irland milliy adabiyotini qayta vujudga keltirish imkonini berdi. Yits oʻzining teatr asarlari bilan sheʼriy dramaga koʻp yangiliklar kiritdi. 20-a. boshlaridagi adabiyotda poeziya va dramaturgiya yetakchi mavqeni egalladi. 1916 y. dayilda ingliz mustamlakachilari tomonidan otib tashlangan vatanparvar shoirlarning ijodi irland xalqining inqilobiy anʼanalari ruhi bilan sugʻorilgan edi. 20—30-y. lardayillarda realistik romanchilik yetakchi jan-rga aylandi (P. O’Donnell, Sh. O’Fa-oleyn, L. O’Flaerti, J. Felan). I. O’Keysi oʻz tarjimai holi asosida yozgan epopeyasida mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayoti va xalq milliy-ozodlik harakatini har tomonlama chuqur tasvirlab berdi. 60—80y. larda60—80yillarda yaratilgan asarlarda ishonchsizlik, ojizlik, yolgʻizlik kayfiyatlari va zolimlarga qarshi xalq nafrati aks etdi. Olsterdagi inson huquqlari uchun kurash — hozirgi I. adabiyotining eng asosiy mavzularidan biri. J. Karrik, R. Myorfi, T. Kinsella, B. Kliv, B. Fril asarlari bunga misoldir.
 
Meʼmorligi qad. kelt madaniyati zaminida vujudga kelgan. Jez davridan harsang toshlardan barpo etilgan sagʻanalar va diniy inshootlar saqlanib qolgan. 5—11-a. larda I. da tosh kapella-ibodatxonalar, baland soqchi minoralar (Glendalox, Kels va b. joylarda), 12-a. oxiridan 14-a. gacha gotika uslubida butxonalar qurilgan. Roman va gotika uslublaridagi binolar (12—16-a. lar)da I. meʼmorligining oʻziga xos tomonlari saklangan (Dublindagi Krayst-chyorch ibodatxonasi va b.). 17—18-a. larda va 19-a. boshlarida Dublinda ingliz klassitsizmi uslubida maʼmuriy binolar, saroylar va uylar, 1829 y. danyildan ingliz neogotikasi uslubida cherkovlar qurildi. 19-a. va 20a. boshlarida port shaharlarida rejali va qorishiq us-lubdagi binolar paydo boʻldi. 20-a. 2-yarmidan I. shaharlarida zamonaviy bino va meʼmoriy majmualar qurila boshladi (M. Skott va T. Kennedi kabi meʼmorlarning Dublin va Golueydagi ishlari).
 
Tasviriy sanʼatida jez davridan geometrik naqshli tilla zeb-ziynat asboblari, temir davridan murakkab guldor metall buyumlar saklanib krlgan. 5—12a. larda imoratlar, tosh xochlar, jez plastinalar hayvonlar tasviri tushirilgan naqsh bilan ziynatlangan. Nafis kitob miniatyuralari (8-a. ga mansub "Kels Injili") yara-tilgan. 18-a. da koʻpchilik rassomlar (Ch. Jervas, toʻngʻich N. Xoun, J. Barret va b.) Angliyada taʼlim olib, oʻsha yerda ijod qildilar. 19-a. rassomlari realizm va oʻziga xoslikka intildi (ken-ja N. Xoun manzaralari, U. Osborn kartinalari). 20-a. boshlarida milliy realistik maktab shakllandi, manza-ra va portretlar yaratildi (J. B. Yits, Ch. Lemb, J. X. Kreyg , V. Irl va b.). Hoz. I. da realizm anʼanalari bilan bir qatorda modernizm yoʻnalishlari tarqalgan. Xalq hunarmandchiligida toʻqimachilik, kashtachilik, qamishdan buyumlar toʻqish rivojlangan.
 
Musiqa folklori qadimdan bir ovozli boʻlgan. 16-a. oxiridan koʻp ovozli diniy musiqa rivojlangan. Rora Doll O’Katayn, J. va X. Skott, Keroll O’Deyli, T. va U. Konellan va b. arfa uchun kuy hamda ishqiy qoʻshiqlar yaratgan dastlabki professional kompozitorlardir (16— 17-a. lar). I. da professional musiqaning shakllanishida 18-a. da D. Myorfi, M. Kelli, J. Fids, 19-a.da M. Balf, 20-a. da Ch. Stan-ford, A. Baks va b.boshqa muhim rol oʻynagan. 1856 y.yil Dublinda konservatoriya, 1964 y. dayilda milliy opera truppasi tashkil etildi. Dublin va Kork musika markazlaridir. I. da simfonik orkestrlar, xor birlashmalari, musiqa jami-yatlari bor.
 
== Teatri ==
Badiiy oʻqish va badihachilik sanʼati I. da majusiylik davridan mavjud. 16-a. da Dublinda diniy mavzudagi dramalar koʻrsatilgan. 17-a. dan ingliz aslzodalari uchun teatrlar tashkil topgan. 1899 y.yil U. B. Yits va A. Gregori Dublinda I. adabiy teatrini tuzdilar. 1901 y. dayilda I. milliy drama jamiyati, 1904 y. dayilda uning zaminida Dublindagi doimiy teatr (keyinchalik Abbatlik teatri) yuzaga kelgan. Abbatlik ("Ebbi teatr") da esa spektakl yaratishning yangi prinsiplari ishlab chiqildi. 1922 y.yil drama ittifoqi tashkil topdi. 1928—31 y. lardayillarda Golueyda Gel teatri ishladi. 1929 y. dayilda E. Xelton va M. Mak-Liamoir tomonidan Dublinda zamonaviy teatrlarning novatorlik usullarini tasdikdaydigan teatr vujudga keldi. Uning sahnasida irland mualliflarining pyesalari, U. Shekspir, O. Uayld, B. Shou, A. P. Chexov, L. Tolstoy asarlari qoʻyildi. 1939 y. danyildan Abbatlik teatri gel tilidagi spek-takllarni ham namoyish eta boshladi.
 
Kinosiga 1936 y.yil asos solingan. 30— 40-y. lardayillarda I. kino instituti tashkil boʻlgan. 1958 y. danyildan "Ardmor" kinostudiyasi ishlay boshladi. "Obrazlar", "Och binafsha rang taksi" kabi filmlar ishlandi. "Yits mamlakati", "Irlandiya xalqi", "Ozodlik", "Bu toshlar qoladi" kabi hujjatli filmlar yaratildi. 1982 y.yil "Quvilganlar" badiiy filmi (rej. Vinn-isimond) ekranga chiqdi. Mashhur rej. lari: M. O’Kelli, P. Keri, B. Kuini, R. Mangs, L. Markes, D. Komerford, K. Gikki. 1970 y. dayilda kinematografiyachilar birlashmasi tu-zilgan.
 
==Oʻzbekiston — Irlandiya munosabatlari==
{{main|Oʻzbekiston — Irlandiya munosabatlari}}
 
'''Irlandiya ''' (Irlandiya Respublikasi) poytaxti — [[Dublin]] shahri. [[BMT]] aʼzosi
{{Yevropa}}