Kanada — versiyalar orasidagi farq

102 bytes added ,  2 yil oldin
k
xulosa tahrirlanmadi
k
{{Kanada info}}
'''Kanada''' poytaxti — [[Ottava]] shahri. [[BMT]] va [[NATO]] aʼzosi hamda [[AQSh]] bilan „Erkin iqtisodiy savdo aylanmasi toʻgʻrisida“gi shartnomasi tuzgan. [[Birlashgan Qirollik|Birlashgan qirollik]] dominioni. [[1931-yil]]da suveren huquqi berilgan. Biroq, mustaqillik eʼlon qilinmagan. Mamlakatni [[Birlashgan qirollik]] qiroli (yoki qirolichasi) tomonidan tayinlangan General-Gubernator boshqaradi.
 
== Davlat tuzumi ==
Kanada — [[Buyuk Britaniya]] boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibidagi federativ davlat. Amaldagi Konstitutsiyasi 1982-yil 17-aprelda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — [[Birlashgan Qirollik|Buyuk Britaniya qiroli]] (qirolichasi), uning nomidan general-gubernator davlatni boshqaradi. Qirolicha general-gubernatorni Kanada bosh vazirining tavsiyasi bilan, odatda, 5 yil muddatga tayinlaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirolicha nomidan general-gubernator va 2 palatali [[parlament]] (senat va jamoalar palatasi) amalga oshiradi. Ijroiya hokimiyatni qirolicha nomidan general-gubernator hamda bosh vazir va vazirlardan iborat hukumat amalga oshiradi (1993-yildan bosh vazir [[Jan Kretyen]]).
 
== Tabiati ==
Iqlimi — Kanadaning koʻp qismida arktika va subarktika, janubida moʻtadil, asosan, kontinental iqlim. Yanvarning oʻrtacha harorati shimolda —30°, —35°, janubda —18°, —20°, iyulniki shimolda 4—7° va janubda 16—18°. Gʻarbiy sohilda yillik yogʻin 2500 mm dan ortiq, sharqiy sohilda 1250 mm gacha, markaziy rayonlarda 400—250 mm, shimolda esa 150 mm dan kam.
 
Kanadada daryo koʻp, asosan, qor-yomgʻir suvlaridan hosil boʻladi. San-Lavrentiy (Buyuk koʻllari bilan), Finli—PisRiver—Qullar—Makenzi (Kichik Qullar, Atabaska, Katta Qullar va boshqa koʻllar bilan), Bou—Saskachevan—Nelson (Bou, Sidar, Vinnipeg va b. koʻllar bilan) daryo-koʻl tizimlari [[Atlantika okeani|Atlantika]] va [[Shimoliy Muz okeani]] havzasiga kiradi. 200 dan ortiq yirik koʻllari bor.
 
Kanadaning chekka shimoli arktika saxrosi boʻlib, onda-sonda [[lishayniklar]] va boshqa oʻtlar uchraydi. Undan janubda tundra, soʻngra esa oʻrmon-tundra zonasi joylashgan. Podzol va botqoq tuproqlarda oq va qoraqaragʻay, amerika tilogʻochi oʻsadi. Janubi-sharqiy chekkasidagi podzol va qoʻngʻir oʻrmon tuproqlarda ignabargli va keng bargli daraxtlar bor.Tekisliklardagi unumdor tuproqli yerlarda dehqonchilik qilinadi.
 
== Aholisi ==
Aholisining 1/3 qismi [[ingliz]]-kanadaliklar (44%) va [[fransuz]]-kanadaliklar (28%). Tub aholisi — [[indeyslar]] 533 ming va [[eskimoslar]] salkam 33 ming kishi qolgan. Kanadada [[nemislar]], [[ukrainlar]], [[italyanlar]], [[gollandlar]], [[vengerlar]], [[ruslar]] va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy tillar — [[ingliz tili|ingliz]] va [[fransuz tili|fransuz]] tillari. Fransuz-kanadaliklar [[Katolitsizm|katolik dinidinida]]da, ingliz-kanadaliklarning asosiy qismi — [[Protestantizm|protestant]]. Aholining 78,6% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: [[Montreal]], [[Kalgari]], [[Toronto]], [[Vankuver]], [[Vinnipeg]], [[Gamilton]] va boshqalar.
 
== Tarixi ==
Kanadaning qadimgi xalqi — eskimos va indeyslar. 15-asr oxirlaridan Kanadaga yevropaliklar kela boshlagan. Fransuzlar Por-Ruayal va Kvebekka asos soldilar (1605—08). Kvebek Yangi Fransiya mustamlakasining markazi boʻlib qoldi. 17-asrning 20-yillarida Kanada hududida birinchi [[Angliya]] mustamlakasi — [[Yangi Shotlandiya]] vujudga keldi. 17-asrning 2-yarmidan fransuz-kanadaliklar shakllandi. [[Yetti yillik urush]] (1756—63) natijasida [[Buyuk Britaniya]] [[Yangi Fransiya]]ni egallab oldi. 1791 yil Kvebek 2 viloyat (Quyi Kanada va Yuqori Kanada)ga boʻlindi.
 
Kanada uchun boʻlgan [[Angliya-amerika urushi|Angliya-Amerika urushi]] (1812—14) natijasida demokratik islohot va oʻzini oʻzi boshqarish uchun qarakat boshlanib ketdi. Viloyatlarda islohot tarafdorlari ("vatanparvarlar") partiyalari tuzildi. 1834-yil islohot tarafdorlari Quyi va Yuqori Kanada parlamentlari faoliyatini nazorat ostiga oldi. 1841-yil Yuqori Kanada bilan Quyi Kanada birlashtirildi. 1848-yil Kanada va Yangi Shotlandiyada yangi hukumat tuzildi. 19-asr oʻrtalarida Kanadada temir yoʻllar qurildi, sanoat rivojlandi, 1867-yil Buyuk Britaniyaning Shimoliy Amerikadagi mustamlakalari birlashtirilib, "Kanada dominioni" nomi bilan [[federatsiya]] tuzildi. Yangi Shotlandiya, Nyu-Bransuik, shimoliy-gʻarbdagi hududlar, [[Britaniya Kolumbiyasi]] (1871) va [[Prins-Eduard oroli]] (1873) Kanada dominioniga qoʻshib olindi. Markazlashgan davlat barpo etilishi [[milliy bozor]]ning yuzaga kelishiga asos boʻldi.
 
19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Kanada iqtisodiyoti rivojlandi. Ishlab chiqaruvchi sanoat tez oʻsib, uning mahsuloti qiymati 1914—18 yillarda 4 baravar oshdi, aholi soni 64% koʻpaydi. Kapital va ishlab chiqaruvchi sanoati yiriklashdi, 1900—17 yillarda banklar birlashishi natijasida ularning soni 36 dan 21 ga kamaydi; bank va sanoat kapitali qoʻshila bordi. [[1-jahon urushi]]da Kanada Buyuk Britaniya tomonida qatnashdi.