Sey Jan Batist: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.da → yilda (2), va b. → va boshqa using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
SEY (Say) Jan Batist (1767.5.1, Lion — 1832.15.11, Parij) — fransuz iktisodchisi, tadbirkor, yirik burjuaziya mafkurachisi, erkin savdo va davlatning iktisodiyotga aralashmaslik tarafdori. S. 1819 yilda Sanʼat va hunarmandlik milliy konservatoriyasida sanoat iqtisodiyoti kafedrasini boshqardi, 1831 yildan Kollej de Fransda siyosiy iqtisod prof. A. Smit taʼlimotini targab etish va uni toʻliq izohlash bahonasida S. ustozining gʻoyalarini rivojlantirdi va toʻldirdi. S. iqtisodchilardan birinchi boʻlib boylikning mehnat nazariyasini naflilikka asoslangan subʼyektiv nazariya bilan almashtirishga urindi. U ishlab chiqarish. omillari nazariyasini asoslab qiymatni yaratish jarayonida mehnat, kapital va tabiat (koʻproq yer)ning teng ishtiroki gʻoyasini ilgari surdi. Ishlab chiqarish.ning omili narxi undan ishlab chikariladigan tovar narxi bilan, oxiroqibatda bu tovarga boʻlgan talab bilan belgilanadi. S. umumiy tovarlar ortikchaligi mavjud boʻlishi imkoniyatlarini inkor etadi. S. tomonidan ishlab chiqarish (taklif) oʻziga mos isteʼmol (talab)ni yuzaga keltirishi asoslangan bozorlar nazariyasi (bozorlar qonuni; "Sey qonuni" deb ham ataladi) taʼriflab berildi. Asosiy asarlari: "Siyosiy iqtisod risolasi" (1903), "Siyosiy iqtisod katexizisi" (1917), 6 jildli "Siyosiy iqtisod kursi" (1828 — 1830), "Toʻliq amaliy siyosiy iqtisod kursi" (1829) va boshqa
Estetik ehtiyoj. Estetik anglash va shu asosdagi faoliyat jarayonining ibtidosi estetik ehtiyojga borib taqaladi. Estetik ehtiyoj inson hayotida ro’y beradigan barcha estetik hodisalarning asosi sifatida ham tabiiy-biologik, ham ijtimoiy-ma’naviy mohiyatga ega; «go’zal nafs», nafosatga tashnalik, insonda estetik hissiyotni qo’zg`atish xususiyatini saqlab qolgan holda, keyinchalik uning butun umri mobaynida takomillashib boradi va estetik muhokama, estetik baho, estetik did va estetik idealning shakllanishiga xizmat qiladi
 
{{no iwiki}}