Oʻzbekiston — Kanada munosabatlari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Oʻzbekiston — Kanada munosabatlari''' — Ikki mamlakat oʻrtasida savdo-iqtisodiy munosabatlar 1996-yildan bir muncha osha boshladi. 1998-yilda [[Oʻzbekiston|Oʻzbekistonning]] [[Kanada|Kanadaga]] eksporti xizmat koʻrsa-tish, [[Qora metallurgiya|qora metall]] va undan yasalgan buyumlarni yuborishdan iborat boʻldi. Oʻzbekiston Kanadadan elektr asbob-uskunalari, plastmassa, oyna, poligrafiya sanoati mahsulotlari, sut, goʻsht va baliq mahsulotlari sotib oldi. 1999 yil yakuni boʻyicha mamlakatlar oʻrtasidagi tovar aylanma 15,68 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. [[Oʻzbekiston]]dan Kanadaga eksport keskin oʻsib, ijobiy saldo 6,77 mln. [[AQSH dollari]]ga yetdi. 1999 yil 17 iyunda ikkala mamlakat hukumatlari oʻrtasida ikkiyoqlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad va sarmoya soligʻi toʻlashdan boʻyin tovlashning oldini olish haqida konvensiya imzolandi.
 
Kanadaning turli kompaniya va notijorat tashkilotlari Oʻzbekistonning mineral xom ashyo va neft-gaz konlarini ishga tushirishda qatnashishga gʻoyat qiziqib qaraydi. Navoiy viloyatidagi Tandir maydonini geologik jihatdan birgalikda oʻrganish toʻgʻrisida 1998 yil oktabrda Oʻzbekiston Geol. va mineral resurslar davlat qoʻmitasi b-nbilan "Xebron Fiord Resourses Ink" kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan shartnomada Kanada tomoni salkam 4,5 mln. AQSH dollari sarflashi koʻzda tutilgan. Kompaniya mutaxassislari belgilangan ish dasturini bajarishga kirishdi. Toshkent aviatsiya i.ch. birlashmasi Kanadaning "Pratt end Uitni" kompaniyasi b-nbilan Ilyushin Il-114 samolyotlari uchun PW-127 dvigatellarini yetkazib berish sohasida bevosita hamkorlik qila boshladi. Oʻzbekiston aloka va axborotlashtirish agentligi Kanadaning "Nortel Telekom" kompaniyasi b-nbilan 1993-yildan buyen hamkorlik qilib kelayotir. Keyingi 8 yil mobaynida ushbu kompaniya b-nbilan jami 29 mln. AQSH dollari qiymatiga ega boʻlgan 8 ta shartnoma amalga oshirilib, OʻzbekistonAmerika "Oʻzdunrobita" qoʻshma korxonasi uchun asbob-uskunalar yetkazib berildi .
 
OʻzR Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Kanadaning bir qancha moliya muassasalari b-nbilan aloqa oʻrnatgan. Ikki mamlakat oʻrtasida taʼlim, fan va texnika sohasida, jumladan, bir-birlariga talabalar, aspirantlar, oʻqituvchilar va mutaxassislar yuborish, ularning malakasini oshirish borasida hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. OʻzRda 2000 yil boshlarida Kanadalik sarmoyadorlar ishtirokidagi 13 korxona roʻyxatga olingan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==