Esvatini: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Svazilend''' (Svaziland), Svazilend Qirolligi (Kingdom of Svaziland) — Jan.Janubiy Afrikada joylashgan davlat. Maydoni 17,4 ming km². Aholisi 1,12 mln. kishi (2002). Poytaxti — Mbabane shshahri. Hukumat Mbabane shahrida, Qirol qarorgohi va qonun chiqaruvchi organlar Lobamba shahrida joylashgan.
 
== Davlat tuzumi ==
S.Svazilend — konstututsiyali monarxiya. [[Birlashgan Qirollik|Buyuk Britaniya]] boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Mamlakatda qirol tomonidan inʼom qilingan va davlat tuzumi asoslarini mustahkamlaydigan bir qancha konstitutsiyaviy hujjatlar amal qiladi. Davlat boshligʻi — qirol (1986 yildan Msvati III). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (Majlis palatasi va Senat), ijrochi hokimiyatni qirol tomonidan tayinlanadigan bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
Yer yuzasini gʻarbdan sharqqa tomon pasayib boruvchi Veld platosi (bal. 1445 m gacha) egallagan. Asbest, toshkoʻmir, temir va polimetall rudalari, barit, olmos konlari bor. Ikdimi qurgʻoqchil. Subtropikdan tropikka oʻtib turuvchi iqlim hukmron. Oʻrtacha oylik tra qishda 12—15°, yozda 20—24° gacha. Yillik yogʻin sharqda 500–700&nbsp;mm, gʻarbda 1200–1400&nbsp;mm. Serostona daryo koʻp, ular katta gidroenergiya zaxiralariga ega. Kizil va sariq tuproqlarda savanna va kserofit butalar usadi. Hayvonot dunyosi Sharqiy Afrika savannalariga xos. Sut emizuvchilardan "koʻk" buyvol, burama shoxli kiyik, zebra, begemotlar, Quyi Veld daryosida timsohlar bor. Milliy bogʻi va Malotoj sharsharasi mashhur.
 
Aholisining asosiy qismini bantu tillarida soʻzlashuvchi xalqlar — svazi va zulular, shuningdek, tsongalar tashkil etadi. Qolganlari— yevropalik va afrikaner (bur)lar. Rasmiy til — [[Inglizlar|ingliz]] va svazi tillari. Dindorlarining aksariyati xristian, salkam ‘/3 qismi mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 34%. Muhim shaharlari: Mbabane, Manzini.
== Tarixi ==
1830y.lar1830 yillar oxirida S.Svazilend xududida yirik svazi qabilalari shakllandi. Keyinchalik ular bilan zulu va boshqa qoʻshni qabilalar oʻrtasida toʻqnashuvlar boʻlib turdi. 1836 y.giyilgi gʻalaba natijasida svazilar mustaqilligi saqlanib qolsi. 30y.lar30 yillar oxirida mamlakat shim.da yangi yerlar qoʻshib olindi va svazi urugʻlari birlashtirildi. 1840y.lar1840 yillar boshida yevropalik mustamlakachilar — inglizlar, burlar, portugallar S.gaSvazilendga koʻz olaytira boshladilar. Burlar, ayniqsa, faol harakat qilib, qirol Msvatidan kattagina yerlarni arzon narxda sotib oddilar. 1894 y.yil mamlakat hududi burlarning Transvaal respublikasi tarkibiga kiritildi. 1899—1902 yillardagi inglizburlar urushidan soʻng Buyuk Britaniya mulki, 1903 yildan esa uning protektorati deb zʼlon qilindi. S. aholisi milliy ozodlik uchun toʻxtovsiz kurashdi. 1920y.lar1920 yillar oxiri — 1930y.lar1930 yillar boshida mahalliy ziyolilarning dastlabki tashkilotlari paydo boʻldi. 50y.lar50 yillar oxiri — 60 yillarda mustamlakachilarga qarshi kurash yanadi kuchaydi. 1963 y.yil Buyuk Britaniya S.gaSvazilendga cheklangan oʻzini oʻzi boshqarish huquqini berdi. 1968 y.yil 6 sent.sentabr kuni SSvazilend Hamdoʻstlik tarkibidagi mustaqil konstitutsiyali monarxiya deb eʼlon qilindi. S.Svazilend — 1968 yildan [[Birlashgan millatlar tashkiloti|BMT]] aʼzosi. Milliy bayrami — 6 sent.sentabr — Mustaqillik kuni (1968).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Ngvane milliy ozodlik kongressi, 1962 y tuzilgan; Imbokodvo milliy harakati, 1964 y.yil asos solingan; S.Svazilend birlashgan fronti, 1962 y.yil tashkil etilgan; S.Svazilend taraqqiyparvar partiyasi, 1960 y.yil tuzilgan. S.Svazilend kasaba uyushmalari federatsiyasi 1980 y.yil tuzilgan.
 
== Xoʻjaligi ==
S.Svazilend — iqtisodiy jihatdan zaif rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi ulushi 10%, sanoat ulushi 42%, xizmat koʻrsatish sohasi ulushi 48%. Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik ustun. Makkajoʻxori, shakarqamish, sitrus mevalar, sholi, oq joʻxori, dukkaklilar, yer yongʻoq, ananas, paxta, tamaki yetishtiriladi. Chorvachiligida qoramol, echki, qoʻy, choʻchqa boqiladi. Oʻrmon xoʻjaligi rivojlangan, yogʻoch tayyorlanadi. Asbest, toshkoʻmir va barit qazib olinadi. Svazilend sanoati qishloq va oʻrmon xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlaydi. Qandshakar, toʻqimachilik, yogʻochsozlik, sellyuloza, meva konservalash, unyorma korxonalari bor. Suyak uni i.ch. fabrikasi, elektr asboblari, mineral oʻgʻit i.ch., televizor yigʻuv z-dlari, bosmaxona barpo etilgan. Hunarmandchilikda sayyohlar uchun esdalik sovgʻalar tayyorlash rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 415 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Transport yoʻli uzunligi 301&nbsp;km, avtomobil yoʻllari uz. 3,8 ming km. Chetga qandshakar, mineral oʻgʻit, yogʻochtaxta, paxta, sitrus mevalar, ananas, sholi, asbest chiqaradi. Chetdan mashina, uskuna va transport vositalari, neft mahsulotlari oladi. [[Amerika Qoʻshma Shtatlari|AQSH]], [[Birlashgan Qirollik|Buyuk Britaniya]], [[Janubiy Afrika Respublikasi|JAR]] bilan savdo qiladi. Pul birligi — lilangeni.
 
Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 7 y.yil (6 yoshdan), oʻrta maktabda 5 y.yil (3 y.yil quyi oʻrta va 2 y.yil yuqori oʻrta maktabda oʻqitiladi). Boshlangʻich maktabning kichik sinflarida darslar svazi tilida, yuqori sinflari va oʻrta maktabda ingliz tilida olib boriladi. Oʻrta maktabni bitirganlar universitetga kirish huquqiga ega boʻladilar. Boshlangʻich va toʻliqsiz oʻrta maktab negizida hunartexnika taʼlimi tashkil etilgan (1—3 y.yil). Manzinidagi 2 ta ped. kolleji boshlangʻich maktab va quyi oʻrta maktab uchun oʻqituvchilar tayyorlaydi. 1964 y.yil Kvalusenida (Manzini yaqinida) S. davlat universiteti tashkil etilgan. Manzinida milliy kutubxona (1972), Lobamba shahrida Milliy muzey (1972) va boshqa bor. Ilmiy tadqiqotlar bilan Loufeld (1964 yilda asos solingan), Malkernsdagi qishloq xoʻjaligi (1959), Mpisidagi chorvachilik tajriba st-yalari, shuningdek, Mbabanedagi geol. departamenti shugʻullanadi.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. S. da nashr etiladigan asosiy gaz.lar: "Nyus from Svazilend" ("Svazilend yangiliklari", haftanoma), "Svazi nyus" ("Svazi xalqi yangiliklari", haftanoma, 1983 yildan), "Svazilend observer" ("Svazilend kuzatuvchisi", ingliz tilida chikadigan kundalik gaz., 1981 yildan), "Tayme of Svazilend" ("Svazilend vaqti", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1897 yildan), "Tikxatsi Temasvati" (svazi tilida chiqadigan kundalik gaz., 1983 yildan), "Umbiki" ("Reportyor", ingliz va svazi tillarida haftasiga 2 marta chiqadigan gaz., 1968 yildan). Milliy axborot agentligi yoʻq. S. radioeshittirish va axborot xizmati 1966 yilda tuzilgan; xukumat tomonidan nazorat qilinadi. S. televizion korporatsiyam, 1978 y.yil asos solingan.
 
Madaniyati. Svazilendliklarning milliy kiyimlari guldor gazlama va hayvon terilaridan tikiladi, marjonlar bilan bezatiladi. Musiqa asboblari xilmaxil: kamonchali (koʻpincha osh qovoq poʻstiga oʻrnatilgan torlar), puflab chalinadigan (kiyik shoxidan yasalgan) asboblar, barabanlardan iborat.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Svazilend''' (Svazilend Qirolligi) — [[Afrika]]dagi davlat. Poytaxti — [[Mbabane]] shahri. [[BMT]] aʼzosi.
 
== Madaniyati ==
Madaniyati. Svazilendliklarning milliy kiyimlari guldor gazlama va hayvon terilaridan tikiladi, marjonlar bilan bezatiladi. Musiqa asboblari xilmaxil: kamonchali (koʻpincha osh qovoq poʻstiga oʻrnatilgan torlar), puflab chalinadigan (kiyik shoxidan yasalgan) asboblar, barabanlardan iborat.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
== Manbalar ==
{{manbalar}}