Kadmiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k vikifikatsiya, replaced: 7 y.da → 7 yilda using AWB
kTahrir izohi yoʻq
Qator 4:
'''Kadmiy''' (lot. Cadmium), Cd — [[Mendeleyev davriy sistemasi]]ning 2 guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 48, atom massasi 112,40. 8 ta barqaror izotopdan iborat: 106Cd( 1,22%), l(l8Cd(0,88%), n0Cd(12,39%),mCd(12,75%), ll2Cd(24,07%),mCd(12,26%), ll4Cd(28,85%) va n6Cd(7,58%). Atom radiusi 0,146 nm, ion radiusi (qavslarda koordinatsion son keltirilgan) Cd2+ 0,092 nm (4), 0,101 nm (5), 0,109 nm (6), 0,117 nm (7), 0,145 nm (12). Poling boʻyicha elektromanfiyligi 1,7.
 
Kadmiyni 1817 yilda nemis kimyogari Kadmiy Shtromeyer kashf etgan. Dastlab rux karbonat tarkibidan olingani uchun rux rudasining yunoncha nomi ("Kadmeia") b-nbilan atalgan. Tabiatda rux, qoʻrgʻoshin va mis rudalari b-nbilan aralash uchraydi. Kadmiy — siyrak element; uning yer poʻstidagi oʻrtacha miqdori ogʻirlik jihatidan l,3-10~5%, dengiz va okean suvlarida 0,00011 mg/l. Kadmiyning selenid (CdSe), otavit (CdO3) va monteponit (CdO), grinokit (CdS) kabi nodir minerallari maʼlum. Sulfid rudalarida, jumladan, sfalerit minerali (ZnS) tarkibida (0,01—5,0%), galenitda (0,02% gacha), xalkopiritda (0,12%), piritda (0,02%) uchraydi. Bundan tashqari, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar organizmida, oʻsimliklarda ham bor. Kadmiy — kumushdek oq, yumshoq, choʻziluvchan, mexanik ishlovga oson beriladigan ogʻir metall. Zichligi 8,65 g/sm1 (20° da) Maos boʻyicha qattiqligi 2, suyuqlanish t-rasitemperaturasi 320,9°, qaynash t-rasitemperaturasi 767°. Kimyoviy birikmalarda 2 valentli. Nam havoda Kadmiyning sirti yupqa oksid parda b-nbilan qoplanadi. Bu parda uni keyingi oksidlanishdan saqlaydi. Suyuqlanish t-rasidantemperaturasidan yuqori haroratlarda yonib, qoʻngʻir rangli kadmiy oksid (CdO) hosil qiladi. Kadmiy NS1, H2SO4 da, ayniqsa, HNO, da erib, tegishli tuzlar beradi. Ishqorlarda erimaydi. Kadmiy kislorod, oltingugurt, galogenlar va b.boshqa b-nbilan reaksiyaga kirishadi. Kadmiyning tuzlari, suv va kislotalarda eriydigan birikmalari zaharli. Kadmiy mis, rux, qoʻrgʻoshin rudalarini qayta ishlashdagi chiqindilardan ajratib olinadi. Yadro reaktorlarida, ishqorli akkumulyatorlarda, maxsus qotishmalar tayyorlashda, boʻyoq olishda, temirni kadmiylashda ishlatiladi.
 
== Adabiyot ==