Rus tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali
kTahrir izohi yoʻq
Qator 17:
'''Rus tili''' — rus xalqi tili, jahonda keng tarqalgan tillardan. Avval SSSRda, soʻng RF va MDH da millatlararo va davlatlararo aloqa vositasi. Rus tili Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi 6 rasmiy tildan biri sanaladi. Ukrain va belorus tillari bilan birgalikda hindevropa tillari oilasiga kiruvchi slavyan tillarining sharqiy guruhini tashkil etadi. Oʻtgan asrning 80-yillaridagi maʼlumotlarga koʻra, Rus tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 250 mln. kishidan, jumladan, hozirgi RF va MDH mamlakatlarida 185 mln. kishidan iborat. Bundan tashqari, mazkur hududlardagi 60 mln.dan ortiq kishi Rus tilida erkin soʻzlasha oladi.
 
Rus tili juda uzoq va murakkab rivojlanish tarixiga ega. Eng qad.qadimgi rus adabiy tili Kiyev Rusida shakllangan boʻlib, u 14-a.gachaasrgacha sharqiy slavyanlar uchun umumiy til hisoblangan. 14—15-a.lardaasrlarda qad.qadimgi Rus tili 3 tilga — velikorus (rus), ukrain va belorus tillariga boʻlinib ketadi. Shu davrdan boshlab Rus tili boshqacha aytganda, velikorus tili markazi Moskva boʻlgan Rus davlati hududida rivojlana boshlaydi.
 
Rus tili lahja va shevalari 2 ga: shim. velikorus ("o" lovchi) va jan. velikorus ("a" lovchi) guruhlariga boʻlinadi; oʻrta rus shevalari mazkur har ikkala guruh xususiyatlarini oʻzida aks ettiradi. 16—17-a.lardaasrlarda shim. va jan. lahjalar chegarasida boʻlgan Moskvada oʻziga xos koyne (umumiy laxja) shakllanib, u namunali tilga aylanadi.
 
Qad.Qadimgi Rus tili xususiyatlarini saklab qolgan adabiy til bilan soʻzlashuv tili oʻrtasida sezilarli tafovutlar paydo boʻlib, 17-a.danasrdan boshlab rus millati va rus milliy tili shakllana boshlaydi. 17-a.asr oxiri —18-a.asr boshidagi adabiy til boy va ifodali, koʻplab gʻarbiy yevropa oʻzlashmalariga ega esada, barqaror boʻlmagan. Uni tartibga solish va barqarorlashtirishda M. V. Lomonosovning xizmatlari katta boʻlgan. 19-a.asr boshlarida adabiy tilning xalqchilligi bosh muammo hisoblanib, bu muammoning yechimida I. A. Krilov, A.S. Griboyedov, ayniqsa, A. S. Pushkin ijodi alohida oʻrin tutadi. Ayni Pushkin ijodida umummilliy rus adabiy tilining shakllanishi yakun topadi. Pushkinning buyuk xizmati shundaki, uning ijodida adabiy Rus tilining umummilliy meʼyorlari ishlab chiqilgan va mustahkamlangan hamda bu meʼyorlar Pushkinning zamondoshlari va undan keyingi avlod tomonidan qabul qilingan.
 
Adabiy tilning boyishiga 19—20-a.lardagiasrlardagi rus adabiyotining mumtoz vakillari ulkan hissa qoʻshdilar; 19 a.ning 2-yarmidan boshlab uning rivojlanishiga yozuvchilar bilan bir qatorda jamoat arboblari, fan va madaniyat namoyandalari ham katta taʼsir koʻrsatib kelmokdalar. Okt. toʻntarishidan soʻng oʻzgacha ijtimoiy tuzum hamda fan va texnikaning rivojlanishi tufayli Rus tilida, ayniqsa, uning leksikasida sezilarli oʻzgarishlar paydo boʻddi, adabiy tilning umumiy demokratlashuvi kuchaydi.
 
Rus tili flektivsintetik tillardan boʻlib, unda 3 ta grammatik jins turkumsi, otlarning 3 xil turlanishi, feʼllarning 2 xil tuslanishi mavjud; koʻmakchilar predlog koʻrinishida, yaʼni oʻzi bogʻlanadigan soʻzlar oldidan joylashadi.
 
Hozirgi rus alifbosi Kirill yozuvi (kirillitsa)ga asoslangan (q. [[Rus alifbosi]]). Unda bitilgan eng qad. yodgorliklar 11-a.gaasrga taalluklidir.
 
20-a.asr oʻrtalaridan boshlab butun jahonda Rus tilini oʻrganish keng tarqaladi. Rus tili dunyodagi 100 dan ortiq mamlakatda oʻqitiladi. 1967 yilda Rus tili va adabiyoti oʻqituvchilarining xalqaro assotsiatsiyasi, 1973 yilda A. S. Pushkin nomidagi Rus tili in-ti tashkil etilgan. Shoʻro davrida Oʻzbekistonda va MDHning bir qancha mamlakatlarida Rus tilini oʻqitishoʻrgatishga alohida eʼtibor berilgan, hatto bu jarayon majburiy asosda olib borilgan. Hozirgi paytda ham respublikamizda Rus tilini oʻrgatish, avvalgiday majburiy boʻlmasada, oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan.
 
== Adabiyot ==