Grenada: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Grenada_info}}
'''Grenada''' (Grenada) — Karib dengizidagi Grenada o.orol va Grenadina o.lariorollari jan. qismidagi davlat. [[BMT]] aʼzosi. Mayd. 344,5 km{{sup|2}}. Aholisi 98,9 ming kishi (1999). Poytaxti — [[Sent-jorjes]] shahri. Maʼmuriy jihatdan 7 tumanga boʻlingan.
 
== Davlat tuzumi ==
G.Grenada — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibida mustaqil davlat. 1974 y.yil Konstitutsiyasiga muvofiq davlat boshligʻi Buyuk Britaniya qirolichasi. Qirolicha nomidan general-gubernator ish koʻradi. Qonun chiqaruvchi organ ikki palatali (senat va vakillar palatasi) parlamentdir. Ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi xukumat amalga oshiradi. Parlament saylovida koʻpchilik ovoz olgan partiyaning rahbari bosh vazir etib tayinlanadi.
 
== Tabiati ==
G.Grenada orollari vulkanlardan hosil boʻlgan. Hozir ham bu yerda bir necha vulkan choʻqqilari bor (eng baland nuqtasi 840 m). Iqlimi — subekvatorial, dengiz iqlimi. Oʻrtacha yillik t-ra 26° atrofida, yillik yogin 1500 mm dan oshadi. Sernam tropik oʻrmonlari doimo yashil.
 
== Aholisini ==
Aholisining 50% dan koʻprogʻi negrlar, 40% duragaylar; indeyslar va yevropaliklar ham yashaydi. Rasmiy tili — ingliz tili. Dindorlar — asosan xristian. Shahar aholisi — 32%.
 
== Tarixi ==
Orolni 1498 y.yil X. Kolumb kashf etgan. 1650 y.danyildan Fransiya egallagan. 1783 y.yil Versal sulh shartnomasiga binoan Buyuk Britaniya mustamlakasi. 1967 y.dayilda Buyuk Britaniya uni "Buyuk Britaniya b-n birlashgan davlat" deb eʼlon qildi. 1974 y.yil fevralda mustaqillikka erishdi. Shu yildan G.Grenada — BMT aʼzosi. Milliy bayramlari — 7 fevral — Mustaqillik kuni (1974), 13 mart — Inqilob kuni (1979).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Milliy partiya, 1989 y.dayilda tuzilgan; Milliy demokratik kongress partiyasi, 1987 y.dayilda asos solingan; Yangi milliy partiya, 1984 y.dayilda tuzilgan; G.Grenada birlashgan leyboristlar partiyasi, 1950 y.dayilda asos solingan; Moris Bishop nomidagi vatanparvarlik harakati partiyasi, 1984 y.dayilda tuzilgan. G.Grenada kasaba uyushmalari kengashi 1955 y.dayilda tuzilgan.
 
== Xoʻjaligi ==
Iqtisodiyotining asosini q.qishloq x.xoʻjaligi tashkil etadi. Uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 15,5%, sanoatning ulushi — 6%. Asosan banan, kakao, kokos yongʻogʻi, muskat yongʻogʻi (jahonda 2-oʻrin), paxta, sitrus mevalar, shakarkamish yetishtiriladi.
 
Chorvachiligida qoramol, choʻchqa boqiladi; baliq ovlash, oʻrmonchilik ham rivojlangan.
 
Sanoatida q.qishloq x.xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlab, yogʻ, rom, pivo, alkogolsiz ichimliklar, shuningdek, mebel, kiyim-kechak ishlab chiqaradigan kichik korxonalar bor. Yiliga oʻrtacha 51 mln. kVt-soat elektr energiya ishlab chiqariladi. Xorijiy sayyohlar mamlakat iqtisodiyoti uchun katta ahamiyatga ega. T.Temir y.yoʻl yoʻq. Asosiy dengiz porti va xalqaro aeroporti — Sent-Jorjes sh. Chetga muskat yongʻogʻi, banan, kakao chiqaradi; chetdan oziqovqat va sanoat mollari, transport vositalari, yoqilgʻi, mashina, asbob-uskuna, maʼdanli oʻgʻit, kiyim-kechak va b.boshqa keltiriladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Pul birligi — Sharqiy Karib dollari.
 
== Maorifi ==
Maorifi. G.Grenada maorifi inglizcha tizim taʼsirida tarkib topgan. 6—14 yoshli bolalar uchun majburiy bepul taʼlim joriy etilgan. Xususiy maktablar ham bor. Boshlangʻich maktabda ham, oʻrta maktabda ham oʻqish muddati — 7 y.yil Hunar-texnika va ped. bilim yurtlari bor. G.daGrenadada VestIndiya universitetining 1 ta f-ti joylashgan.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. G.daGrenadada ingliz tilida "Gavernment gazett" ("Hukumat gazetasi"), "Grenada gardian" ("Grenada posboni"), "Grenadian voys" ("Grenada ovozi") haftalik gaz.lari chiqadi. "Grenada brodkasting netuork" radioeshittirish xizmati 1972 y.dayilda tuzilgan, "Grenada brodkasting korporeyshn televiji" telekoʻrsatuv xizmati mavjud.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==