Nikaragua: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 2:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
{{Maʼnolari|Nikaragua (maʼnolari)}}
'''Nikaragua''' (Nicaragua), Nikaragua Respublikasi (Republika de Nicaragua) — Markaziy Amerikadagi davlat. Maydoni 129,494 ming km². Aholisi 5 mln. kishi (2002). Poytaxti — Managua shahri. Maʼmuriy jihatdan 15 departament (departamento) va 2 muxtor regionga boʻlinadi.
 
== Davlat tuzumi ==
daNikaragua — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1987 yil 9 yanvarda kabul qilingan, unga 1995 va 2000 yillarda tu-zatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2002 yildan Enrike Bolan-os Geyer). U toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi, ketma-ket ikkinchi muddatga saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimi-yatni Milliy assambleya (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident amalga oshiradi.
N. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1987 yil 9 yanvar
 
da kabul qilingan, unga 1995 va 2000 yillarda tu-zatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2002 yildan Enrike Bolan-os Geyer). U toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi, ketma-ket ikkinchi muddatga saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimi-yatni Milliy assambleya (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
Karib dengizi qirgʻogʻidagi ensiz (130&nbsp;km gacha) allyuvial pasttekislik Moskito sohili deb ataladi. Mamlakat shim. va markazidagi yassi togʻlikni daryolar kesib oʻtadi (Kordilyera-Isabelya togining eng baland choʻqqisi 2438 m). Gʻarbi va jan.da tek-tonik botiq, vulkanlar, koʻllar bor. Yirik koʻllari — Nikaragua va Managua. Zilzila boʻlib turadi. Oltin, kumush, nikel, simob, mis, qoʻrgʻoshin-rux, kumir, neft konlari bor. Iklimi tropik, passatli, doimiy nam. Oylik oʻrtacha temperatura 25—28°, togʻlarda 16—18°, yillik yogʻin 2000–4000&nbsp;mm dan 6500&nbsp;mm gacha. Daryolari shar-sharali, sersuv, eng katta daryosi — Rio-Grande. Mamlakat hududining 50% dan koʻprogʻi oʻrmon, ichki hududlarida savanna koʻp. N.daNikaraguada bugʻu, maymun, tapir, pekar, chumolixoʻr, shuningdek, juda koʻp kemiruvchilar, kurshapalaklar, qushlar, sudraluvchilar uchraydi. Vol-kan-Masaya, Saslaya milliy boglari bor.
 
Aholisining 87,7% ga yaqini nikaraguanlar. Kolgan qismi sambo, mulatlar, togʻli joylarda moskito (indeys)lar. Ispan-indeys metislari latino deb ataladi. Rasmiy tili — ispan tili. Koʻpchilik aholi katolik, bir qismi protestant. Shahar aholisi 61%. Yirik shaharlari: Managua, Leon, Matagal-pa, Granda.
 
== Tarixi ==
Kadimda N.Nikaragua hududida chibcha, atstek, toltek kabi indeys qabilalari yashagan. Mamlakat kabilalardan birining boshligʻi Nikarao nomi bilan atalgan. N.gaNikaraguaga 1502 yil 16 sentabrda yevropaliklardan birinchi boʻlib X. Kolumb borgan. 1524 yilda ispanlar uni mustamlaka qilib oldilar. 1573 yilda Gvatemala general-kapitanligi tarkibiga ki-ritildi. Mahalliy aholining koʻpchiligi qirib tashlandi, bir qismi qul qilindi. Ispan konkistadorlari va ularning avlodlari — kreollar mamlakat yerlarining koʻp qismini egalladilar. Plantatsiyalarda ishlatish uchun Afrikadan qul negrlar keltirildi. 19-asr oxiriga kelib, N.daNikaraguada Liberal va Konservativ partiyalar paydo boʻddi. 1821 yil 15 sentabrda N.Nikaragua mustaqillikka erishdi. 1824 yil quddorlik bekor qilindi. N.Nikaragua 1822 yil Meksika imperiyasi, 1823—38 yillarda Markaziy Amerika qoʻshma provinsiyalari tarkibida boʻldi. 1855 yil N.niNikaraguani AQSH qoʻshinlari bosib oldi. 1856 yil amerikalik U. Uoker oʻzini N.Nikaragua prezidenti deb eʼlon qildi, ammo Gvatemala, Salvador va Gondu-rasning birlashgan qoʻshinlari Uokerni N.danNikaraguadan haydab yubordi. Bu kurashda faol katnashgan T. Martines 1857—67 yillar N.Nikaragua prezidenti boʻldi. Shundan keyin hokimiyat goh konservatorlar, goh liberallar qoʻliga oʻtdi. X.S. Selaya boshliq liberallarning milliy siyosatini yoqtirmagan AQSH qoʻshinlari 1911 yil intervensiya uyushtirib, N.Nikaragua hukumatini agʻdarib tashladi va mamlakatni okkupatsiya qilib oldi (1912—33). 1927 yil A. S. Sandino boshchiligida milliy ozodlik kurashi kuchayib, vatanparvarlar gʻalabasi bilan tugadi. Ammo milliy gvardiya qoʻmondoni A. Somosa xiyonat yoʻliga kirib, A. Sandino joniga qasd qildi va 1936 yilda davlat toʻntarishi uyushtirdi. Mamlakatda Somosa xona-donining harbiysiyosiy istibdodi hukmron boʻlib oldi. 60-yillar boshida mamlakatda keng xalq harakati boshlandi. 1961 yil Sandinochilar milliy ozodlik fronti tuzildi, u Somosa rejimini agʻdarish uchun kurashda yetakchi siyosiy va harbiy kuchga aylandi. 1974 yil tuzilgan Ozodlik demokratik ittifoqi mamlakatning yetakchi muxolifat partiyalarini birlashtirdi, 1978 yil Keng muxolifat fronti tuzildi. Somosa diktaturasi butunlay yakkalanib qoldi. Oʻsha yil avg .daavgustda butun mamlakatda xalq qoʻzgʻoloni boshlandi va 1979 yil 19 iyudda xalq inqilobi gʻalaba qozon-di, A. Somosa diktaturasi agʻdarib tashlandi. Butun hokimiyat Milliy tikla-nish hukumati qoʻliga oʻtdi. 1984 yil 4 noyabr
 
da erkin yalpi saylov oʻtkazildi. Sandinochilar milliy ozodlik frontining nomzodi D. Ortega prezident etib saylandi. 2001 yil 4 noyabrdagi saylovda gʻalaba qozongan prezident E.B. Geyer Liberal konstitutsiyachilar partiyasining rahbaridir. N.Nikaragua — 1945 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayram — 15 sentabr — Mustaqillik kuni (1821).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
N.Nikaragua sotsialistik partiyasi, 1939 yil asos solingan, 1944 yil 3 iyulda tashkiliy jihatdan rasmiylashtirilgan; Musta -qil liberal partiya, 1944 yil tashkil etilgan; N.Nikaragua sotsial xristian partiyasi, 1957 yil tuzilgan; Sandinochilar milliy ozodlik fronti partiyasi, 1961 yil tashkil etilgan; Liberal konstitutsiyachilar partiyasi, 1967 yil tuzilgan; Milliy birlik mustaqil liberal partiyasi, 1988 yil tuzilgan; N.Nikaragua konservativ partiyasi, 1922 yil Konservativ demokratik partiya bilan Sotsial-konservativ partiyaning qoʻshilishi natijasida vu-judga kelgan; Sandinochilar yangilanish harakati, 1995 yil mayda tuzilgan. N.daNikaraguada 5 ta kasaba uyushmasi bor, ularning yiriklari: Mexnatkashlar milliy fronti, 1979 yilda asos solingan; Qishloq xoʻjaligi mahnatkashlari uyushmasi, 1979 yilda tuzilgan; N.Nikaragua mehnatkashlari kasaba uyushma markazi, 1962 yil tashkil etilgan.
 
== Xoʻjaligi ==
N.Nikaragua — agrar mamlakat, sanoati sust rivojlangan. Mamlakatda qimmatbaho qizil daraxt, kedr, kebracho, kauchukli daraxtlar koʻp. Foydali qazilmalarni kavlab olish yaxshi yoʻlga qoʻyilmagan. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi ulushi — 30,8%, sanoatning ulushi — 17,5%.
 
Qishloq xoʻjaligi mamlakat iqtisodiyotining asosini tashkil eta-di, unda paxta, kofe, shakarqamish yetishtiriladi. Sholi, kunjut, loviya, makkajoʻxori, banan, tamaki, kakao ham ekiladi. Yaylov chorvachiligida qoramol, choʻchqa boqiladi. Iqtisodiy faol aholining 47% qishloq xoʻjaligida band. Sohil aholisi baliq va dengiz jonivorlarini ovlash bilan shugʻullanadi.
 
== Sanoati ==
Oltin, kumush, mis, qoʻrgʻoshin-rux rudalari, neft qazib olinadi. Oziq-ovqat va yengil (asosan, toʻqimachilik va poyabzal) sanoat — qayta ishlash sanoatining yetakchi tarmoklari hisoblanadi. Kushxonalar, qand-shakar, paxta tozalash korxonalari, koʻnchilik z-dlari, metallsozlik, kimyo, farmatsevtika, sement, qogʻoz, yogʻochsozlik tarmoklarining mayda korxonalari bor. Managua yaqinida neft mahsulotlari z-di qurilgan. Yiliga oʻrtacha 1,07 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat mar-kazlari — Managua, Leon, Masaya. Transport yoʻli uzunligi — 403&nbsp;km, avtomobil yoʻllari — 14,4 ming km. Dengiz portlari — Korinto, Blufilds, SanXuan-del-Sur. N.Nikaragua chetga paxta tolasi, chigit, kofe, goʻsht, qand-shakar, yogʻoch, mineral xom ashyo chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, tayyor buyumlar, xom ashyo va boshqalarni sotib oladi. Sav-do-sotiqdagi asosiy hamkorlari: AQSH, Markaziy Amerika mamlakatlari, Germaniya, Yaponiya, Kanada, Ispaniya, Meksika, Italiya. Pul birligi — oltin kordoba (oro).
 
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Davlatga qarashli tibbiy muassasalar bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham mavjud. Vrachlar Leondagi N. Milliy muxtor universitetining tibbiyot f-tida va Managuadagi tibbiyot kollejida tayyorlanadi. N. maorifi A. Somosa hukmronligi davrida inqiroz holatida edi. 1978—79 yillarda mamlakat aholisining 70%, qishloq aholisining 90% savodsiz boʻlgan. 1979 yildan yalpi majburiy umumiy boshlangʻich taʼlim joriy etila boshladi. Oʻrta taʼlim [oʻrta maktabda 5 (3+2) yoki 6 (3+3) yillik] bepul boʻldi. Oliy oʻquv yurtlari: Leondagi N. Milliy muxtor universiteti (1812 yilda asos solingan), Managuadagi Markaziy Amerika universitetining N. boʻlimi (1961), Managuadagi universitet (1976). Ilmiy muassa-salari: N. tillar akademiyasi (1928), Geogr. va tarix akademiyasi (1934), Milliy falsafa akademiyasi (1964), Geol. mahkamasi, Qishloq xoʻjaligi in-ti (hammasi Managuada). Managuada Markaziy ku-tubxona, Leonda universitet markaziy kutubxonasi va Munitsipal kutubxona, Managuada Markaziy muzey (1896), Masaya shahrida "Tenderi" muzeyi va boshqa bor.
 
Matbuoti, radioeshitgirishi va tele-koʻrsatuvi. Yirik gaz. va jur.lari: "Barrikada" (kundalik gaz., 1979 yildan), "Brigadista" (oyiga 2 marta chiqadigan gaz., 1981 yildan), "Gaseta" (kundalik rasmiy gaz., 1912 yildan), "Nuevo diario" ("Yangi gazeta", kundalik gaz., 1980 yildan), "Prensa" ("Matbuot", kundalik gaz., 1926 yildan), "Sentroamerikano" ("Markaziy amerikalik", kundalik kechki gaz., 1917 yildan), "Poder sandinista" ("Sandinochilar hokimiyati", haftalik jur., 1980 yildan) va boshqa Axensia Nikaraguense de No-tisias — ANN hukumat axborot agent-ligi 1979 yil tuzilgan. "Telkor" davlat aloqa korporatsiyasi, N.Nikaragua radiosi hukumat radio st-yasi (1979) va Milliy televideniye tizimi (1979) mavjud.
 
Adabiyoti ispanlar Markaziy Amerikaga kelgandan keyin 16-asr 2-yarmidan ispan tilida vujudga kelib, rivojlana boshladi. Fernandes de Ovye-do-iValdesning "Nikaragua tarixi" (16-asr oxiri)ni birinchi adabiy yodgorlik deb hisoblaydilar. 18-asr oxirlarida M. Larraynaga va R.F. Osexo ilmiy-ommabop asarlar va siyosiy makrlalar bilan maydonga chikdi. Ispaniyaning Amerikadagi mustamlakalari mustaqilligi uchun urush (1810—26) mamlakatda adabiyotni rivojlantirishga turtki boʻddi. Shu urush qatnashchisi F. Kin-ones Sunsinning qoʻshiqlar va hajviyalardan iborat "Sheʼrlar" toʻplami ada-biyotda romantizmga asos boʻldi. 19-asr oxi-rigacha davom etgan mazkur oqim A. Aragon, L. A. Vilya, K. Dias kabi adiblarni voyaga yetkazdi. 19a. oxiri prozasida kos-tumbrizm qaror toddi. Bu oqim Ispaniya va Lotin Amerikasi mamlakatlari adabiyoti va tasviriy sanʼatida xalq turmushini real aks ettirishga intilish tamoyilini ifodalar edi (G. Gusman romanlari, X. D. Games, A. F. Bala-nos ocherklari). R. Dario poeziyada modernizmga asos soldi. Shoirning "Lo-juvard", "Hayot va umid qoʻshiqlari" va boshqa toʻplamlariga kiritilgan asarlari vatanparvarlik tuygʻularini kuylaydi. 20-asr boshlarida S. Arguelo, X. Oliva-res, X. Salgado, S. Sakas, S. de la Selva sheʼrlari, E. Robleto romanlari shuhrat qozondi. 30-yillardan keyin koʻpgina shoir va yozuvchilar taʼq-ibga uchradi. Somosa rejimi agdaril-gach, adabiyot gurkirab rivojlandi. J. Belli, E. Ilyeskas, K. Peres Alonso, E. Gutyerres, Fanor Telyes, X. Valye-Kastilo kabi shoirlar ozodlikni madh etuvchi sheʼrlar yaratishdi. Adiblardan L.A. Kabrales, B.Morales, S. Ramires asarlari shuhrat qozondi.
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
N.dagiNikaraguadagi qad.qadimgi indeys madaniyati Meksika, Kolumbiya, Panama madaniyatlari taʼsirida boʻlgan. Qoyalardagi tasvirlar, boʻrtma tosh ustunlar, tosh haykal va haykalchalar, sopol guldon va boshqa saqlanib qolgan. Mustamlaka davrida bir qavatli, qalin devorli uylar (hovlisi bilan), toʻgʻri, tor koʻchalar va maydonlardan iborat shaharlar barpo etilgan. 17—19-asrlarda qurilgan cherkovlarda barokko (Leondagi sobor, 1747— 1825), soʻng klassitsizm (Granadadagi San-Fransisko cherkovi, 1862) uslu-biga xos naqshlar bilan bezatilgan. 20-asrda Managua shahrida zamonaviy meʼmorlik uslubida qurilgan imoratlar paydo boʻldi (meʼmor P. Dambax va boshqalar). Keyingi asrlarda tasviriy sanʼat ravnaq topdi. Zamonaviy ustalardan rassom A. Alonso Rochi, oʻymakor X. Amador Lira, gravyurachi S. _l^_:__2_ Baraonalar mashhur.
 
Xalq amaliy sanʼatining yogʻoch oʻymakorligi, kulolchilik, kashtachilik kabi turlari ommalashgan. Managua shahrida nafis sanʼat maktabi mavjud.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>