Oʻzbekiston — Birlashgan Qirollik munosabatlari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 17:
„Oʻzyogʻmoytamakisanoat“ uyushmasi xorijiy sarmoya yordamida oʻz ishxonalarini yangilab va taʼmirlab, jahon andozalari darajasiga yetkazish maqsadida „Kraun“ kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi. Shartnomaga binoan Qoʻqon yogʻmoy k-tini ingliz sarmoyasi hisobiga qayta qurib, asbobuskunalarini zamonaviylashtirishga kirishildi.
 
Oʻzbekistonda tamaki sanoatini rivojlantirish uchun tamaki bargi yetishtirish, uni qayta ishlash va sigareta i.ishlab ch.chiqarish boʻyicha „British Ameriken Tobakko“ kompaniyasi bilan birlashgan ishxona barpo etish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq 232 mln. AQSH dollari miqsoridagi mablagʻ sarflandi. Bu mablagʻ asosan Toshkent tamaki fkasini, Urgut tamaki fermentatsiyasi fkasini rekonstruksiyalash va modernizatsiyalashga, Samarqand tamaki fkasini qurishga, ijtimoiy tadbirlarga va mutaxassislar tayyorlashgaishlatildi. Toshkent tamaki fkasida „Saraton“ va „Xon“ sigaretalarini i.ishlab ch.chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.
 
1996 yil oxirida Surxondaryo viloyatining Xandiz konida rangli metallarni qidirish haqida „Oxus Resonrses Corporation“ korporashyasi bilan dastlabki bitim imzolandi. Bitimga koʻra, B. B. firmasi yil davomida oʻz mablagʻi hisobidan konni uzilkesil oʻrganishi, rangli metallarni kompleks qazib olishni tashkil etishga oid texnikaviyiqtisodiy asoslamalarni tayyorlashi, soʻngra taxminan 100—150 mln. AQSH dollari qiymatiga ega boʻlgan loyiha asosida qoʻrgʻoshin, pyx, mis, kumush qazib chiqaradigan birlashgan ishxona barpo etishi lozim. 1997 yilning 10 iyulida B. B.ning mazkur korporatsiyasi bilan Navoiy viloyatidagi Aristantov va Balpantov konlarini oʻrganib, aniklash toʻgʻrisida ham dastlabki bitim imzolandi. Oʻzbekiston gʻarbiy qismida geol. maʼlumotlarini birgalikda oʻrganish borasida ham hamkorlik oʻrnatilgan.
Qator 27:
OʻzR Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki B. B.ning 5 ta banki bilan va xorijiy banklarning Londondagi 11 ta boʻlimi bilan vakillik munosabatlari oʻrnatdi. „Barklayz Bank“ tijorat toʻlovlari boʻyicha asosiy vakil hisoblanadi. Navoiy viloyatidagi oltin konini oʻzlashtirish boʻyicha „NyumontZarafshon“ loyihasi amalga oshirilishi Milliy bank bilan „Barklayz Bank“ birlashgan faoliyatining yoʻnalishlaridan biri boʻldi. „Barklayz Bank“ 161 mln. fransuz franki (salkam 32 mln. AQSH dollari miqdoridagi) kreditni „Sosyete Jeneral“ banki bilan birgalikda yangi „Metropol“ mehmonxonasi qurilishi uchun 10 yil mudsatga, ikkinchi kreditni 1,7 mln. AQSH dollari miqaorida Toshkent toʻqimachilik k-tiga B. B.ning „Krosrol“ firmasi yuboradigan asbobuskunalar haqini toʻlash uchun berdi.
 
Toshkent sh.shahri hokimligining kapital qurilish bosh boshqarmasi „Handy Hayl“ firmasi bilan birgalikda diplomatiya korpusi xodimlari, xorijiy firmalarning vakillari yashaydigan 22 ta 2 qavatli kottej qurishni moʻljallagan. Bu yerda kichik supermarket, kafe, bar, 2 ta tennis korti boʻladi (1998).
 
OʻzRda B. B. sarmoyasi ishtirokidagi 115 ta ishxona mavjud, shundan 34 tasida ingliz kapitali 100 % ni tashkil etadi. B. B.ning 36 ta firmasi vakolatxonasi rasmiylashtirilgan.