Komil Yashin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Maʼnolari|Yashin (maʼnolari)}}
'''Komil Yashin''', (taxallusi; asl nomi Nuʼmonov Komil) (1909.25.12, [[Andijon (shahar)|Andijon]] — 1997.25.9, [[Toshkent]]) — shoir, dramaturg , publitsist va jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1969), Oʻzbekiston fanlar akademiyasi akad. (1968), [[Sotsialistik Mehnat Qahramoni|Mehnat Qahramoni]] (1974). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1939). [[Halima Nosirova|Halima Nosirovaning]] turmush oʻrtogʻi. Leningraddagi oʻrmon xoʻjaligi institutida oʻqigan (1925—28). Andijon maktablarida oʻqituvchilik qilgan (1928—30). Andijon viloyat va Oʻzbek [[musiqali drama]] teatrlarida adabiy emakdosh (1930—36), Sanʼat ishlari bosh boshqarmasida boshliq (1946—49), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida rais (1958—80), "Oʻzbek tili va adabiyoti" jurnalda bosh muharrir (1969—80, jamoatchilik asosida). Adabiy faoliyati 1925 yildan boshlangan. Uning shu yillardan boshlab yozgan sheʼrlari "Quyosh" (1930), "Kurash" (1931) va boshqalar toʻplamlariga kiritilgan. Ayni paytda teatr sanʼati bilan ham qiziqib, "Kar quloq" (1926), "Teng tengi bilan", "Lolaxon" (1927), "Quyosh" (1929) kabi bir pardali pyesa va inssenirovkalar yozgan. "Lolaxon" pyesasining Qori Yoqubov rahbarligidagi Etnografik ansambl repertuariga kiritilishi (1927), ayrim pyesalarining Andijon teatrida sahnalashtirilishi (1929) Yashindagi teatr sanʼatiga boʻlgan maylni kuchaytirgan. Uning 30-yillar voqeligida kechayotgan murakkab jarayonlarni aks ettiruvchi "Oʻrtoqlar" (1930), "Yondiramiz" (1931), "Ichkarida" (1933, 1935 yilda qayta ishlanib, "Gulsara" nomi bilan sahnalashtirilgan), shuningdek, "Nomus va muhabbat" (1935) pyesalari maydonga kelgan. Yashin dramaturgiya sohasidagi bu dastlabki asarlari bilan shoʻro davri adabiyotining gʻoyaviylik tamoyiliga qatʼiy rioya qiluvchi yozuvchi sifatida tanilgan.
 
Yashin tarixiyijtimoiy davr talabi bilan "[[Nurxon Yoʻldoshxoʻjayeva|Nurxon]]" (1940) pyesasini yozgan va uni musiqiy drama teatri sahnasiga olib chiqqan. Dramaturg bosh qahramonning halokati bilan yakunlanuvchi ushbu asarida jamiyat va shaxs erkinligi mavzuini adabiyotning insonparvarlik tamoyili asosida yechishga uringan.