Ispaniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 4:
 
== Davlat tuzumi ==
I. — parlamentli monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi [[1978]] yil 6 dek.dagidekabrdagi milliy referendumda maʼqullangan, oʻsha yili 29 dek.dandekabrdan kuchga kirgan;
 
== Tabiati ==
Qator 11:
Iqlimi shim. va shim.-gʻarbida moʻʼtadil okean iqlimi, qish yumshoq, yoz iliq. Yillik oʻrtacha yogʻin 1000–2000 mm. Sohilda yanv.ning oʻrtacha t-rasi 7— 9°, iyulniki 18—20°. Mamlakatning qolgan qismida Oʻrta dengizga xos subtropik iqlim, yoz quruq, issiq, qish yumshoq, seryogin. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi Meseta platosida 4—5°, jan.da 12—13°, iyulniki 23—29°. I.ning markazi, sharqi va jan.sharqida yogʻin kam (300–500 mm).
 
Daryolari, asosan, yomgʻirdan toʻyinadi, yozda juda sayozlanib qoladi. Faqat shim. va shim.gʻarbidagi daryolar yil boʻyi sersuv. Yirik daryolari: Taxo, Ebro, Gvadalkvivir, Duero, Gvadiana va bboshqa. Ulardan energiya olishda va sugʻorishda foydalaniladi. I.ning shim. va shim.-gʻarbidagi togʻ-oʻrmon qoʻngʻir tuproqlarda qora qayin, dub, kashtan oʻrmonlari, tog yon bagʻirlaridagi togʻ podzol tuproqlarida qaragʻay oʻrmonlari bor. Pireney togʻlarida 2000 m dan balandda oʻtloq mintaqalari joylashgan. I.ning qolgan qismida doim yashil dublar, qaragʻay, sarv, kashtan, zarang , lipa va b.boshqa usadi. I.ningIspaniyaning eng chekka jan.da palmazorlar uchraydi. Hayvonlardan [[tulki]], suvsar, [[qoʻngʻir ayiq]], boʻrsiq, tog echkisi, serna, viverra, [[quyon]], tipratikan bor. Gibraltar atrofida makaka maymun ([[Yevropa]]da faqat shu yerda) uchraydi. Qushlarning 400 ga yaqin turi bor. Sudralib yuruvchilar koʻp. Tunets, sardina, treska baliklari va dengiz jonivorlari ovlanadi. NoyobNoyabr hayvonlar va tabiiy landshaftni saqlash maqsadida bir necha milliy bogʻ va qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Milliy bogʻlari: Ayguestortes-i-Lago-SanMaurisio, Kovadonza, Ordesa va bboshqa.
 
Aholisining 3/4 qismi ispanlar, qolganlari — katalonlar, galisiylar, basklar va bboshqa. Rasmiy til — ispan tili. Koʻpchilik dindorlar — katoliklar. Aholining 78,4% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Madrid, Barselona, Valensiya, Sevilya, Saragosa, Bilbao, Malaga.
 
== Tarixi ==
Qator 32:
Ispaniya 1956 yilda Shim. Marokash, 1968 yilda Ekvatorial Gvineya, 1976 yilda Gʻarbiy Sahroi Kabir kabi mustamlakalaridan mahrum boʻldi. 1982, 1986, 1989 va 1993 yillardagi parlament saylovlarida so-sialistik ishchi partiyasi gʻalaba qozondi. 1996 va 2000 yilgi saylovda esa Xalq partiyasi nisbiy koʻpchilik ovoz olib, hukumatni tuzish huquqini qoʻlga kiritdi.
 
Ispaniya — 1955 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 12 okt.oktabr — Ispan Millati Kuni (1492). OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 yil 17 martda oʻrnatgan.
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Qator 40:
Ispaniya industrial-agrar mamlakat. Sanoat ishlab chiqarish qajmi jihatidan Gʻarbiy Yevropada 5-oʻrinda, rivojlangan mamlakatlar oʻrtasida 8-oʻrinda turadi. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 23%, qishloq xoʻjaligi ulushi 3,5%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi esa 60 % dan ortadi. Baʼzi subtropik va bogdorchilik mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishda dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi.
 
Sanoatida ogʻir sanoat yetakchi oʻrinda turadi. Mashinasozlik, avtomobil va kemasozlik, stanoksozlik, elektrotexnika, kimyo sanoati gʻoyat rivojlangan. Sanoatning eng qad. tarmogʻi — toʻqimachilik ham ravnaq topgan. Elektron sanoati tez surʼatlar bilan taraniy etmoqda. Ammo konchilik va metallurgiya tarmoqlaridagi ishlab chiqarish qisq-arib bormoqda. 100 turdagi foydali qazilmalardan 16 tasi qayta ishlanadi. Pirit, simob, temir, qoʻrgʻoshin-rux, uran rudalari va toshkoʻmir qazib olinadi. Qazib olinadigan neft I. ehtiyojining 10% ni krndiradi. Asosiy kemasozlik korxonalari Bilbao, Kartaxena, Barselonada, avtoz-dlar Madrid, Barselona, Valyadolid, Vigo sh.da, kora metallurgiya korxonalari Biskayya, Santander, Asturiya, Valensiya viloyatlarida, rangli metallurgiya Kordova, Xaen, Mursiya, Ovyedo, Santander, Gipuskoa, Biskayya viloyatlarida, chetdan keltirilgan neftni qayta ishlovchi korxonalar Lakorunya, SantaKrus-de-Tenerife, Eskombre-ras va b.boshqa port shaharlarida, vinochilik sanoati Kataloniya, Aragon, Andalusiya va Yangi Kastiliya viloyatlarida joylashgan. Yiliga 155,7 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Elektr energiya, asosan, GES larda hosil qilinadi. 3 ta AES mavjud. Yoqilgʻi taqchilligi muqobil energiya manbalarini izlashni taqozo qiladi. Quyosh va geotermal styalardan keng mikyosda foydalaniladi. Asosiy sanoat markazlari — Barselona, Madrid, Bilbao, Ovyedo.
 
== Qishloq xoʻjaligi ==
Qator 63:
16-asrda boshlangan iqtisodiy, siyosiy inqiroz adabiyotga ham taʼsir etdi.
 
Fransuz klassitsizmiga taklidiy asarlar yaratildi. 18-asrda Yevropaning boshqa mamlakatlari kabi Ispaniyada ham maʼrifatparvarlik harakati avj oldi (B. Fleyxoo, G. M.de Xovelyanos va b.boshqa).
 
Napoleon istilosiga qarshi kurash inqilobiy romantizm oqimining rivoj topishiga, shoir X. de Espronseda ijodining shakllanishiga olib keldi. U sheʼr va dostonlarida burjua tuzumini har taraflama tanqid qildi. Re-aksion romantiklar (X. Sorrilya-i-Moral) monarxiya va feodal tuzumini koʻklarga koʻtarishga urindilar. Ispan tanqidiy realizmi 19-asr oʻrtalarida shakllandi. Uning yirik vakili — B. Peres Galdos (1843—1920)ning tarixiy romanlar turkumi ("Milliy epi-zodlar") vatanparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan. Naturalizmning nazariyotchisi va yirik vakili E. Pardo Basan (1852—1921) birinchi boʻlib "Xalq qizi" romanida ishchilar hayotini tasvirladi.
 
20-asr I. tarixi va ispan madaniyati tarixidagi eng dramatik va sermahsul davrdir. Bu davrdagi soʻz sanʼatining ravnaqi prozaik va dramaturglar Xose Echegaray-i-Eysagirre, Migel de Unamuno, Ramon Mariya del Vals-Inklan, Pio Baroxii-Nesa, Xasinto Benaventei-Martines, shoirlar Anto-nio Machado, Xuan Ramon Ximenes, Federiko Garsia Lorka nomlari bilan bogʻliq. 30-yillarda inqilobiy adabiyot yaratildi. S. M. Arkonada, X. Arderius va b.boshqa adiblar ishchilar manfaatini himoya qilib, reaksiyani fosh etuvchi asarlar yaratdilar. Bu davrda shoirlar koʻproq romans janrida ijod etdilar.
 
Mamlakatda fashist rejimi oʻrnatilgach, ispan adabiyoti tushkunlikka uchradi, koʻp adiblar chet elga ketib krldilar. Kamillo Xose Selaning romanlari oʻsha davrning nisbatan yaxshi asarlaridir. Uning birinchi "Pasku-al Duartening oilasi" (1942) romani 40—50-yillardagi ispan adabiyoti uchun harakterli boʻlgan tremendizm (isp. tremendo — dahshatli) oqimini boshlab berdi. Tremendist-yozuvchilar insonning du-nyoda chinakam yolgizligini, oʻlim, zoʻravonlik inson hayotining muqarrar bir qismi ekanini nazarda tutdilar. Yirik zamonaviy ispan prozaigiMigel Delibes ham ijodining boshlangʻich davrida shu oqim taʼsirida boʻlgan. Keyingi yillardaD. Medio, A. Matute hayotni haqqoniy tasvirlash bilan birga inson ruhiyatining nozik jihatlarini ochib berdilar. V. Aleyksandre oʻzining falsafiy lirikasida insonparvarlik gʻoyalarini qaror toptirishga intiladi.
 
Bask adabiyoti ning dastlabki namunasi B. Dechepare yozgan "Bask tilining ibtidosi" (1545) nomli diniy va ishqiy sheʼrlar toʻplamidir. 17-asrda diniy (P. De Ashular va b.boshqa), 18-asrda maʼrifatchilik gʻoyalari (M. de Larramendi va b.boshqa) ilgari surildi. 19-asrning oʻrtalaridan romantizm yetakchi oqimga aylandi. Ayni vaqtda realistik asarlar ham paydo boʻldi (D. Agirrening "Dengiz suvlari", "Qirqquloq" romanlari). Hokimiyatga fashistlarning kelishi (1939) bask milliy madaniyati rivojiga jiddiy toʻsiq boʻldi. N. de Ormaecheaning vatanparvarlik ruxidagi "Bask" dostoni, X. Echayde va X. A. Irasustaning realistik romanlari diqqatga sazovor.
 
Katalon adabiyoti Kataloniya va Valensiyada, Balear orollarida katalon tilida va uning shevalarida 9— 13-asrlarda ogʻzaki xalq sheʼriyati shaklida, 12-asr oxiridan esa yozma diniy adabiyot tarzida rivojlandi. Jaume I, B. Desklot va R. Muntaner proza janrida ijod qildilar. Raymund Lulliyning "Blankern haqida kitob" asari katalon tilidagi birinchi roman edi. A. de Vilanov, F. Eshimenis kabi yozuvchilar didaktik asarlar yaratdilar. 15-asr boshidan katalon adabiyotida Uygonish davri goyalari aks etdi. A. Febrer, Sh. Fogassot, J. de Sant-Jorji Italiya poeziyasi taʼsirida asarlar yaratdilar. Shoir A. Mark (1397—1459) katalon adabiy tilining otasi hisoblanadi. 16—19-asrlardagi yozuvchilar orasida J. Roys, J. Gazul, A. Turmeda, A. Pineda, F. Garsia, A. Blaklar bor. 20-asrda shoirlardan S. Espriu, J. Sarsadenes, J. Serda, yozuvchilardan J. Es-pinas, B. Porsel, E. Torreslar mashhur.
 
Galisiy adabiyoti Pireney yarim orolning shim.-gʻarbida yashovchi milliy ozchilikning portugal tili galisiy lahjasidagi adabiyotidir. 8—11-asrlarda bu lahjada rang-barang xalq laparlari toʻqilgan. 15-asr oxiridan 19-asr boshlarigacha galisiy adabiyotida ogʻzaki anʼanalar ustunlik qildi. F. Anon-i-Pas, X. M. Pintos, aka-uka Antonio kabi shoirlar yozma adabiyotni rivojlantirdilar. 20-asrda V. Matines Risko, A. Rodriges Kastelao, X. Vidal kabi yozuvchi va shoirlar ijtimoiy muammolarni koʻtarib chiqdilar. 1939 yilda Franko diktaturasi oʻrnatilgach, galisiy adabiyoti taqiqlandi. 1950 yildagina yana bu tilda kitoblar nashr etila boshladi. S. E. Ferreyro, U. Novoneyra, M. Mariya, K. Kasaresning vatanparvarlik ruhidagi sheʼr va romanlari bosilib chikdi. S. M. de Servantes, G. Lorka va b.boshqa yozuvchilarning asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
 
== Meʼmorligi ==
Meʼmorligi — qad. I. hududida paleolit va neolit davrlariga oid madaniyat yodgorliklari, rimliklar hukmronligi davriga mansub teatr binolari, ehrom, koʻpriklar saqlangan. Arablar madaniyat yodgorliklaridan hashamatli masjidlar, saroylar qolgan (Kordovadagi masjid, 8-asr, Granadadagi Alhumro saroyi, 13—14-asrlar). Ispan qirolligi vujudga kelgach, Asturiyada San-Migel de Lino, Santa-Kristina de Lena va b.boshqa cherkovlar kurildi (9-asr). Jan.da qalʼa shaklidagi devorlar bunyod etildi. Avila sh.ning devorlari (11-asr), Toledodagi "Quyosh darvozasi" (12-asr) shu davr meʼmorligining namunalaridan. Bu binolarda arab meʼmoriy uslubining taʼsiri koʻzga tashlanadi. 11-asrning 2-yarmidan meʼmorlik, asosan, roman uslubiyan (Santyagode-K.ompostela sh.dagi sobor), keyinroq Uygʻonish ruhida (Sa-ragosadagi La Seo sobori) rivojlandi. 13-asrdan shaharlar taraqqiy etishi munosabati bilan gotika uslubi ravnaq topdi (16-asr boshlarigacha). Burgos, Toledo, Leon sh.larida eng yaxshi gotika soborlari qurildi. I. oʻrta asr meʼmorligida mavritan meʼmorligi va "mu-dehar uslubi" oʻziga xosdir. "Mudehar" uslubida gotika va arab uslublarining eng yaxshi tomonlari mujassamlantirilgan. Bu yerda sirlangan pishiq gʻishtdan qurilish va badiiy bezak ashyosi sifatida foydalanib, gilamsimon naqshlar yaratildi. Ganchkori oʻyma naq-shlar keng qoʻllanildi. 16-asr 1-yarmi I. meʼmorligi italyan Uygʻonish davri meʼmorligi taʼsiri ostida boʻldi (Granadada Karl V saroyi, 1526 yil boshlangan, meʼmor P. Machuka). Bu davrda Amerikani bosib olgan ispanlar yuborib turgan asil metallar bilan asilzodalarning saroyini bezatish urf boʻldi. Hashamdor "plateresko uslubi" ispan Uygʻonish davrining milliy meʼmoriy uslubiga aylandi. Cherkovlar ichini badiiy hunarmandchilik buyumlari bilan bezashga zoʻr berildi. Bino atroflari tilla suvi yugurtirilgan jimjimador panjaralar bilan oʻraldi. Oddiy turar joylarni esa odmigina qilib qurish davom etdi. 17—18-asrlarda barokko uslubi rivojlandi (meʼmor X. B. de Churrigera va b.boshqa). 18-asrning 2-yarmida fransuz va italyan sanʼati taʼsirida klassitsizm tarqaldi (meʼ-morlardan V. Rodriges, X. de Vilyanue-va). 19-asr meʼmorligida eklektika va modern uslubi ustun boʻldi. 20-asrda esa funksionalizm keng tarqaddi (Madriddagi universitet shaharchasi, ippodrom va boshqa).
 
== Tasviri ==
Tasviriy sanʼatga oid qad. yodgorliklar Ispaniyada anchagina saklangan. Bular Altamira va b.boshqa gʻorlarning devorlariga chizilgan hayvonlar tasvirlari (paleolit davriga oid), mamlakat sharqidagi gʻorlardan topilgan kulollik buyumlari va ov, urush manzaralari tasvirlari (neolit davriga oid), shuningdek, keltiberlarning haykallari, vestgotlarning zargarlik buyumlari va b.boshqa 8— 9-asrlardan ispan tasviriy sanʼati shakllandi. Qoʻlyozmalar uchun miniatyuralar, naqshlangan yogʻoch haykalchalar va sh.k. yaratildi. Roman va gotika uslublariga xos rasmlarda xalq ijodining taʼsiri namoyon boʻldi. 15-asr oʻrtalarida rassomlik (P. Berrugete, A. Fernandes) va haykaltaroshlik (X. de Siloe, D. Forment) oʻrta asr qoliplaridan chi-qib, haqqoniy timsollar bilan boyidi. 16-asr oxiri — 17-asr boshlarida realistik tamoyillar kuchaydi. F. Ribalta, F. Errera, D. el-Greko kabi rassomlar, A. Kano, P. de Mena, X. Martines Montanyes kabi haykaltaroshlar qirol saroyidan olisda yashab ijod qildilar va anʼanani yanada rivojlantirdilar. 17-asrda Ribera, F. Surbaran, D. Velaskes kabi buyuk rassomlarning ijodi tufayli ispan milliy rassomligi oʻzining yuqori choʻqqisiga koʻtarildi. F. Goyya asarlarida milliy realistik sanʼat, X. Madraso, X. Alvares ijodida ispan xalqining ozodlik uchun kurashi yorqin aks etdi. 19-asrda va 20-asr boshlarida realistik tamoyillar avj ola boshladi. 20-asr 1-yarmida for-malistik oqimlar (kubizm, syurrealizm va b.boshqa) tarqaldi (haykaltarosh P. Gorgalo, rassom S. Dali va b.boshqa). Ispan xalqining 1936—39 yillardagi ozodlik kurashi koʻpgina rassom va haykaltaroshlarni fashizmga karshi birlashtirdi. Bu kurashda P. Pikasso ham ishtirok etdi. Urush yillarida grafika va plakat tasviriy sanʼatda yetakchi oʻrinni egalladi. Zamonaviy ispan sanʼatida manzara janri keng tarqalgan. B. Palensiya, X. Vakero, A. Delgado kabi rassomlar va ularning izdoshlari ona yurt tabiatining nafis va real manzaralarini, uning mehnatkash kishilarining goʻzal qiyofalarini yaratdilar. Tasviriy sanʼatda demokratik tamoyillar kuchayib borayotir.
 
== Musiqa ==
Musiqa uslublari koʻp va rang-barang Xalq musiqasida asosiy 5 ta mahalliy uslub ajratiladi: bask, galisiy, katalon, kastil va andalusiya Ispan raqslari ohangdorligi, taʼsirchanligi, shaklining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bolero, xota, fandango, segidilya, kachucha kabi xalq raqslari mashhur. Cholgʻu asboblari: gitara, skripka kabi torli, tamburin, tun-tun va pandereta, kastenyeta kabi urma sozlar, flyuviol fleytasi va b.boshqa 6—7-asrlarda diniy madhiya (gimn) janri rivoj topdi. 8-asrdan boshlab Ispaniyada arab musiqasi anʼanalariga asoslangan yangi uslub taraqqiy etdi (Ziryob mak-tabi, 9-asr). 12-asrda romans janri yuzaga keldi. 14-asrda trubadur (sayyor shoir, qoʻshiqchi)lar musiqasi ravnaq topdi — kantiga, albada, pastural, retroen-sa janrlari maromiga yetkazildi. Musiqali teatrning dunyoviy shakllari vujudga keldi. 15—16-asrlarda milliy sanʼat ravnaq topdi. B. Ramos de Pare-xa, F. Salinas va b.boshqa musiqa nazariyasi va estetikasiga oid asarlar yaratdilar. 17-asrda Ispaniyaga xos opera janri — sarsuela, 18-asrda lirik musiqali komediya — tonadilya janri shakllanib, milliy ilgʻor gʻoyalar targʻib qilindi. 19-asr 1-yarmida Madrid va Barselonada konservatoriya, opera teatrlari ochildi. 19-asr oxiridan F. Pedrel va uning izdoshlari I. Albenis, E. Granados, M. de Falya yangi milliy musiqa maktabiga asos soldi. Ularning ijodi ispan mu-siqasining choʻqqisi, 20-asr Gʻarbiy Yevropa klassik musiqasining namunasiga aylandi. 20-asrda ijrochilik sanʼati yuksak pogʻonaga koʻtarildi. Milliy ozodlik urushi yillarida S. Bakari-se, E. K. Chapi, K. Palasioning ommaviy inqilobiy vatanparvarlik qoʻshiqlari keng tarqaldi. Franko rejimi oʻrnatilgach, koʻp musiqachilar chet ellarga ketishga majbur boʻldi. Zamonaviy kompozitorlar — O. Espla Triay, E. va K. Alfterlar, G. Pitaluga, P. Sorosabal va bboshqa.
 
== Teatri ==
Teatri qadim zamonlardan I. xalqi turmushining, urf-odati va karnavallarining tarkibiy qismi boʻlgan. Oʻrta asrlarda u boshqa mamlakatlardagi singari diniy va xalq teatri yoʻnalishida rivojlandi. 14—15-asrlarda birinchi saroy teatrlari yuzaga keldi. 16-asrda professional va yarim professional truppalar tashkil topdi. Dramaturg va aktyor Lope de Rueda bu ishga boshchilik qildi. 16-asr 2-yarmidan Madrid, Sevilya, Valensiya, Barselona, Granada va b.boshqa yirik shaharlarda doimiy xalq teatrlari — korralilar ochildi. Ularda S. M. Servantes, Lope de Vega, Tirso de Molina va b.boshqa dramaturglarningasarlari sahnalashtirildi. 17-asrda A. de Sisneros, N. de los Rios, A. de Vilyegas va b.boshqa rahbarligidagi truppalar shuxrat qozondi. 18-asrda fransuz klassitsizmi, estetikasini meros qilib olgan saroy teatrlarida musiqali spektakllar mashhur boʻldi. 1708 yil "Kinos del Peral" nomli opera teatri tashkil boʻldi. Sarsuela, say-net, tonadilya kabi kichik janrlarda klassik davr anʼanalari saqlanib qoldi. 19-asrda romantik dramaturgiya va realistik komediya rivojlandi. 1849 yil Madridda "Espanol" teatri ochildi, 1847 yil Barselonada "Liseo" opera teatri ish boshladi. 20-asr boshlarida tan-K.IDIY realizm karor topdi. 1931 yildan soʻng teatrda ilgʻor islohotlar oʻtkazildi. G. Lorka va A. Kasoni I. teatrini demokratlashtirishga harakat qildi.
 
Hokimiyat Franko qoʻliga oʻtgach, ilgʻor islohrtlar bekor qilindi, sahnada koʻngilochar spektakllar qoʻyildi. 50-yillardan yirik shaharlarda yana klassik asarlar sahnalashtirila boshladi. I. teatrlarining keyingi yillardagi repertuaridan B. Brext, J. B. Pristli, A. Miller, G. Lorka va b.boshqa dramaturglarning oʻtkir ijtimoiytanqidiy pye-salari oʻrin oldi. Madridda 20 dan ortiq teatr bor. Aktyorlar Madrid va Barselona konservatoriyalarining sahna maqorati boʻlimlarida hamda Mad-riddagi drama sanʼati maktabida tayyorlanadi.
 
== Kinosi ==
Birinchi kinofilm 1896 yil namoyish etilgan. Keyinchalik "Qahvaxonadagi janjal" (1898), "Doroteya" (1898), "Tekin pivo" (1906) kabi fil-mlar ishlandi. 1905 yil Ispaniyada A. Kuesto suratga olgan birinchi badiiy film yuzaga keldi. 1906 yilda Barselonada birinchi kinofirma — "Ispano films" ga asos solindi. Birinchi ovozli film ("Tuproqdagi suv") 1934 yil yaratildi. Ispaniyadagi milliy inqilobiy urushni aks ettiruvchi badiiy va hujjatli fil-mlar orasida "Gʻallasiz yer" kinosi ijtimoiy masalaga bagʻishlangan. Ispaniyada Franko rejimi davrida koʻngil ochar filmlar ishlab chiqarila boshladi. 50-yillarda "Xush kelibsiz, janob Marshal!" (1953), "Velosipedchining oʻli-mi" (1955), "Shoh koʻcha" (1956), "Jallod" (1963), "Ov" (1965), "Qargʻalarni bok" (1975), "Yanvarda yetti kun" (1979), "Milliy boylik" (1981) kabi ijti-moiytanqidiy ruxdagi filmlar yaratildi. L. Byunyuelning "Viridiana" (1961) kinofilmi butun dunyoga tanildi. X. L. Lopes Vaskes, F. Rey, A. Ferrandis, A. Molina, A. Landa, X. Mistral, F. Rabal va b.boshqa I. kinosining mashhur aktyorlari, M. Pikaso, L. Byunyuel, X. Kamino, M. Aragon kabilar yetakchi rej.laridir. Ispaniyada Milliy kinematografiya instituti va Milliy filmoteka bor. San-Sebastyan, Val-yadolid va Barselonada Xalqaro kinofestival oʻtkazib turiladi. Yiliga 100 dan ortiq film ishlab chikariladi.
 
== Oʻzbekiston — Ispaniya munosabatlari ==