Yaman: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Yaman_info}}<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
{{Yaman_info}}'''Yaman ''' (اليَمَن‎‎) (Yaman Respublikasi) poytaxti — [[Sanaa]] shahri. [[BMT]] aʼzosi.
 
'''Yaman''', Yaman Respublikasi(اليَمَن‎‎) (AlJumhuriyaYaman al-YamaniyaRespublikasi) — Arabiston ya.o.ningyarim orolning jan. qismidagi davlat. Mayt. 528 ming km². Aholisi 19,3 mln. kishi (2002). Poytaxti — [[Sano|Sanaa]] shahri. Maʼmuriy jihatdan 19 viloyat (muhofaza)ga boʻlinadi.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Yaman''', Yaman Respublikasi (AlJumhuriya al-Yamaniya) — Arabiston ya.o.ning jan. qismidagi davlat. Mayt. 528 ming km². Aholisi 19,3 mln. kishi (2002). Poytaxti — Sano shahri Maʼmuriy jihatdan 19 viloyat (muhofaza)ga boʻlinadi.
 
== Davlat tuzumi ==
Ya.Yaman — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991 yil 15— 16 mayda qabul qilingan; 1994 va 2001 yillarda oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1990 yildan Ali Abdulloh Solih; 1978—90 yillarda Yaman Arab Respublikasi prezidenti), u umumiy yashirin ovoz berish yoʻli bilan 7 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni deputatlar palatasi (1 palatali parlament), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
Qator 15 ⟶ 14:
 
== Tarixi ==
Mil. av. 2-ming yillik oxiri va 1-ming yillik boshida Ya. hududida oʻziga xos jan. arab madaniyati shakllandi. Shu davrda Xadramaut, Qatabon, Saba, keyinchalik Mani davlatlari paydo boʻldi. Mil. av. 1-ming yillik oʻrtalarida Saba davlatining mavqei oshib, qoʻshni davlatlar unga tobe boʻlib qoldi. Mil. 4-asr boshida Ya.ning barcha hududi Himyariylar podsholigiga birlashdi. 4—6-asrlarda Ya.da iudaizm va xristianlik tarqaddi. 6-asr boshida Ya.ni efioplar, 6-asr oxirida Sosoniylar bosib oldi. 629—630 yillarda Ya. Arab xalifaligi tarkibiga qoʻshib olindi. Ya. hududida arabmusulmon madaniyati qaror topdi. [[Islom]] dini sekin asta hukmron dinga aylana bordi. 9-asrda Ya.da mustaqil Ziyodiylar davlati (poytaxti Zabid shahri), Yafuriylar davlati (poytaxti Sano shahri) vujudga keldi. 10-asrda Ya. hududining bir qismi shialarning Zaydiylar mazhabi tarafdorlari qoʻliga oʻtdi. Keyingi davrlarda Ya.da turli sulolalar hukmronlik qildi. 16asr boshida Ya. Usmonli turk imperiyasi tarkibiga kirdi. 17-asr boshida u yerda turklarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarilib, Zaydiy imomlari boshchiligida 1633 yil mustaqil davlat (imomatlik) tuzildi. 19-asr boshida Ya.ga vahhobiylar tez-tez hujum qilib turdi, keyinchalik Misr podshosi Muhammad Ash qoʻshinlari bostirib kirdi. 1840 yilgacha Ya. Misrga tobe boʻlib qoldi. 1839 yildan Janubiy Yaman (Adan mustamlakasi va Adan protektoratlari)da [[Buyuk Britaniya]] oʻz hukmronligini oʻrnata boshladi. 19-asrning 70-y.lariyillari boshida Shim. Yamanda Turkiya hukmronligi tiklandi. 19-asr oxiri — 20-asr boshida Shim. Yamanda [[Turkiya]] hukmronligiga qarshi bir necha bor qoʻzgʻolon koʻtarildi. 1904— 11 yillarda boʻlib oʻtgan qoʻzgʻolonlar natijasida Shim. Yaman muxtoriyatga erishdi. 1918 yil mustaqil qirollik deb eʼlon qilindi. 1962 yil 26 sentyabrda Sanoda boʻlgan inqilob natijasida monarxiya tuzumi agʻdarib tashlandi va Shim. Yamanda Ya. Arab Respublikasi tuzilganligi eʼlon qilindi. Janubiy Yaman xalqining inglizlar hukmronligiga qarshi ozodlik kurashi Shim. Yamandagi ozodlik harakatlarining muvaffaqiyatlaridan soʻng avj olib ketdi. Buyuk Britaniya Adan shahri va Adan protektoratida oʻz mavqeini saqlab qolish maqsadida 1959 yil jan.da Arab amirliklari federatsiyasi (1962 yildan Janubiy Arabiston federatsiyasi, JAF)ni tuzdi. Xalq ommasi JAFga qarshi kurash olib bordi. Bu kurash Shim. Yamanda Ya. Arab Respublikasi tuzilganidan keyin yanada kuchayib ketdi. Mustaqillik uchun kurash natijasida Janubiy Yamanning katta hududi ozodlik kuchlari qoʻliga oʻtdi. Buyuk Britaniya Janubiy Yamanni mustaqil deb tan olishga majbur boʻldi va 1967 yil 30 noyab.da Adandan oʻz qoʻshinlarini olib chiqib ketdi. Oʻsha kuni mustaqil Janubiy Yaman Xalq Respublikasi (1970 yildan Ya. Xalq Demokratik Respublikasi) tuzilganligi eʼlon qilindi. 1990 yil Yaman Arab Respublikasi bilan Yaman Xalq Demokratik Respublikasi birlashishi natijasida Ya. Respublikasi tashkil topdi. Ammo mamlakatda janublik va shimolliklarni ajratib tashlashga boʻlgan harakatlar saqlanib qoldi; bu 1994 yil shimolliklar gʻalabasi bilan tugagan yirik harbiy toʻqnashuvga ham olib keldi. Ya. — 1947 yildan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1991 yil 30 dek. da tan olgan va 1996 yil 21 mayda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Midliy bayrami — 22 may — Milliy birlik kuni (1990).
 
== Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari ==
Qator 27 ⟶ 26:
Sanoatida neft, osh tuzi, temir rudasi, yarim qimmatbaho toshlar qazib olinadi. Neftni qayta ishlash, energetika, toʻqimachilik, paxta tozalash, oziq-ovqat (tamaki, kofeni qayta ishlash korxonalari) sanoati mavjud. Yiliga oʻrtacha 1,96 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Hunarmandchilikda uyroʻzgʻor anjomlari, mato, koʻnpoyabzal, kulolchilik va zargarlik butomlari, tigʻli qurollar ishlab chiqariladi.
 
YA.daYamabda temir yoʻl yoʻq. Avtomobil yoʻllari uz. 64,6 ming km. Dengiz savdo floti tonnaji 13,6 ming t dedveyt. Dengiz portlari: Adan, Hudayda, Moxa, Salif, Muqalla. Ya. chetga neft va neft mahsulotlari, kofe, baliq va dengiz mahsulotlari, paxta, teri, tamaki chiqaradi. Chetdan oziq-ovqat, jihozlar, sanoat buyumlari oladi. Tashqi savdoda [[Yaponiya]], [[AQSH]], [[Saudiya Arabistoni]], [[Yevropa Ittifoqi]] mamlakatlari va boshqalar davlatlar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — Yaman riali.
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Qator 38 ⟶ 37:
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Ya. hududida Mariba, Karnovu va boshqalar qadimgi shahar qoldiqlari topilgan (mil. av. 2-ming yillikka oid), ularning aksariyati toʻrtburchak shaklida qurilib, atroflari baland (10–12 m) devorlar bilan oʻralgan; irrigatsiya inshootlari (Maribadagi toʻgʻon, mil. av. 7-asr) va tosh ibodatxonalarning qoldiqlari, tosh va bronzadan ishlangan haykalchalar ham topilgan. Qatabon podsholigi (mil. av. 9—1-asrlar)ning poytaxti — Timna shahri xarobalari: tosh istehkomlarning qismlari, toshdan qurilgan binolarning devoriy yozuvlari, boʻrtma tasvirli stelalar, Xadramautda mil. av. 4—3-asrlarga oid shahar vayronalari (istehkom devorlari, minora tipidagi uylar, qabrtoshlar), suv havzalari (Adanda) saqlanib qolgan. Mamlakatning turli r-nlaridan mil. av. 1-ming yillikka oid odam va hayvonlarning bronza va oltindan ishlangan tasvirlari, geometrik naqshli sopol buyumlar, Timnada devoriy bronza boʻrtmalar va ellini tusidagi haykalchalar (mil. av. 1-asr) topilgan. Ya.da islom dini tarqalishi bilan masjidlar qurila boshladi. 7—16-asrlarda minorali masjidlar (Sano shahridagi al-Jomiy al-Kabir masjidi, 670-y.laryillar, 8, 10 va 12-asrlarda kengaytirildi; Taiz shahridagi alAshrafiya masjidi, 13asr), "qubba" — avliyolar maqbaralari qurildi. 20-asrda shaharlarda milliy meʼmoriy anʼanalar saqlangan holda zamonaviy tipda sanoat va irrigatsiya korxonalari, turar joy va maʼmuriy binolar barpo etildi. Ya.da qadimdan amaliy bezak sanʼati turlari (kumush, toshdan buyumlar yasash, gilamchilik, zargarlik, kiyimga gul tikish) keng tarqalgan.
 
== Musiqasi ==