Bahoiylik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Bahoiy E’tiqodi''' (Forscha: بهائی‎ ) - [[din]] hisoblanib, barcha dinlarga mansub asosiy qadriyatlarni tarannum etadi, hamda barcha insonlarning birdamligi va tengligini o’rgatadi.
 
1863 yilda [[Bahoullo|Bahoulloh]] tomonidan o’rnatilib, bu din dastlab Eronda, keyinchalik Yaqin Sharq hududining boshqa qismlarida tarqaldi va bu hududlarda o’zining paydo bo’lishidan boshlab surunkali ta’qibga uchradi. Ayni paytda uning izdoshlari Bahoiylar deb atalib, ularning soni 5-7 million o’rtasida, dunyoning ko’pchilik davlatlari va hududlarida tarqalgan.
 
Bu din 19 asrning o’rtalarida [[Bobiylik|Bobiy dinidan]] kelib chiqib, uning asoschisi Ollohning tez orada Iso yoki Muhammad tariqasida payg’ambar yuborishini o’rgatadi. 1863 yilda, o’z tug’ilgan zamini Erondan quvg’inga uchragan Bahoulloh o’zining o’sha payg’ambar ekanligini e’lon qildi. U tag’in uzoqroqqa, o’sha paytdagi Usmoniylarning Suriya hududiga,hozirgi Isroildagi Akko zindon-shahriga surgun etildi va o’n yildan ortiqroq muddatni unda o’tadi. 1892 yil uning olamdan o'tishidan so’ng, din yetakchisi bo’lish uning o’g’li [[Abdul-Baho|Abdul-Baho/`Abdu'l-Bahá]] (1844-1921) zimmasiga tushdi, keyinchalik esa uning to’ng’ich o’g’il nabirasi [[Shawqi Afandi]]/Shoghi Effendi (1897–1957)ga o’tdi. Bahoiylar dunyo bo’ylab har yili din ishlarini boshqaruvchi mahalliy, hududiy va milliy Ruhoniy Kengashlarni saylaydilar, va har besh yilda esa, [[Milliy Ruhoniy Kengash]] a’zolari tomonidan Umumjahon Adolat Uyi saylanadi, qaysikim, butun dunyo Bahoiy jamoasining bu to’qqiz a’zodan iborat yuksak boshqaruvchi muassasasi Isroilda, [[Hayfa|Haifa]] shahrida, [[Bob maqbarasining]] yaqinida joylashgan.
 
Bahoiy ta’limoti ba’zi jihatlari bilan boshqa monoteistik dinlarga o’xshash: [[Xudo]] [[Monoteizm|yagona]] va hamma narsaga qodir. Vaholanki, Bahoulloh ta’limotida din yagona Olloh tomonidan, tarix davomida dunyoviy dinlar asoschilari bo’lmish Ilohiy Mazharlar vositasida, tartibli va progressiv ravishda nozil bo’lishi yoritiladi; [[Bahoullo|Bahoulloh]] va [[Bob|Bobdan]] odlingi davrlarda [[Budda]], [[Muso]], [[Iso Masih|Iso]], [[Muhammad]] bo’lgan. Shu tariqa, Bahoiylar asosiy dinlargagi ijtimoiy jihatdan amal va izohlari turli bo’lsa-da, ammo o’z maqsadida ular birdam deb qaraydi. Irqchilik va millatchilik tushunchalarini ochiq rad etib, barcha insonlar birdamligiga birdayin urg’u beriladi. Bahoiy ta’limotining markaziy maqsadi, bu barcha xalqlar, irqlar, qabilalar va sinflar farovonligini ta’minlovchi yagona dunyoviy tartibdir.
 
Bahoulloh tomonidan turli shaxslarga, ba’zi davlat hukmdorlariga yozilgan maktublarning bari yig’ilib, Bahoiy muqaddas bitiklari sifatida tartiblashtirilgan va uning tarkibiga uning o’g’li Abdul-Baho va uning darakchisi Bob tomonidan bitilgan mehnatlar kiritilgan. Bahoiy adabiyotidagi taniqli asarlar bu, ''[[Kitáb-i-Aqdas]]'', ''[[Kitáb-i-Íqán]]'', ''[[Ba’zi Savollarga Javoblar]] and [[Tong Darakchilari kitoblaridir|Tong Darakchilari]]'' [[Tong Darakchilari kitoblaridir|kitoblaridir]].      
 
== Etimologiya ==
Ingliz tilida Baha’i( O’zbekcha Bahoiy) so’zi Bahoiy E’tiqodiga nisbatan sifat kabi yoki Bahoulloh izdoshlariga qaratilgan termin kabi qo’llaniladi. Bu jumla so’z turkumidagi otga mansub emas va dinning o’zini anglatmaydi. U arabcha Baho (بهاء) so’zidan kelib chiqib, “shavkat” yoki “shuhrat” ma’nosini anglatadi, holbuki, Bahoiy so’zi aslida Arabchadan qarz olingan so’z va uning shaklllanishida faqatgina “i” suffiksi Fors tiliga oiddir.
 
"Bahaism" ( "Baha'ism") jumlasi hamon ishlatiladi, ko’pincha kamsitilingan hollarda.
 
== Nimaga ishonadilar ==
Bahoiy ta’limoti va e’tiqodining negizini uch asososiy tamoyil tashkil etadi: Ollohning yagonaligi, dinlarning yagonaligi, va insoniyatning yagonaligi. Bu postulatlardan shunday ishonch kelib chiqadiki, Olloh o’z irodasini ilohiy mazharlar orqali namoyon etadi va bu mazharlarning maqsadi insoniyat xarakterini transformatsiya etish, hamda kimki bunga javoban hozir bo’lsa axloqiy va ruhiy sifatlarni rivojlantirishdir.
 
Bunday qarashga binoan din - zamondan zamonga qadar tartibga ega, birlashtirilgan va progressivdir.
 
== Olloh ==
[[Fayl:Bahaitemplesydney.JPG|alt=A white domed building|thumb|Sidney, Avstraliya, Inglsaidda joylashgan Bahoiy Ibodatxonasi]]
Bahoiy bitiklarida Olloh yagona, o’ziga xos, anglab bo’lmas, bilguvchi, mavjud, mangu va qudtratli bo’lib, butun koinotdagi borliqning yaratguvchisidir. Ollohning va koinotning mavjudligi avvali va oxiri yo’q abadiyat deb o’rgatiladi. Zero, Olloh bilan bevosita bog’lanish mumkin bo’lmasa-da, U o’z yaratmishidan voqif bo’lib, Ilohiy Mazharlar deyilmish elchilari orqali o’zining irodasi va maqsadini izhor etadi.
 
Bahoiy ta’limotiga binoan, Olloh insoniy idrok uchun o’ta yuksakdir, inson Ollohni to’la anglay olmaydi, yoki Uning batafsil va butkul siymosini yarata olmaydi. Shuning uchun, inson tomonidan Ollohni tushunish uning Mazharlari (ayon etguvchi, zohir etguvchi) orqali zohir bo’lguvchi zuhurlar (nozil etilgan so’z, vahiy) vositasida amalga oshadi. Bahoiy dinida monoteizmga xos bo’lgan muhim ahamiyatga ega urg’ular berilgan va Ollohga uning darajasi va qiyosini atash orqali murojaat etiladi (masalan, Qudratly yoki, Sevguchi). Bahoiy ta’limotida Ollohga nisbatan qo’llaniladigan sifatlar xudojo’ylikni insoniy tilga o’girishda, hamda, shaxslarga ruhiy salohiyat rivoji yo’lidan borishlarida va Ollohga ibodat qilishlarida o’z sifatlariga diqqatni jamlash uchun yordam beradi deb hisoblanadi.    
 
Bahoiy ta’limotiga asosan, inson maqsadi bo’lmish - Ollohni tanish va sevish darajasiga ibodat, mushohada, boshqalarga xizmat kabi vositalar oqali erishiladi.
 
Bahoulloh tomonidan turli shaxslarga, ba’zi davlat hukmdorlariga yozilgan maktublarning bari yig’ilib, Bahoiy muqaddas bitiklari sifatida tartiblashtirilgan va uning tarkibiga uning o’g’li Abdul-Baho va uning darakchisi Bob tomonidan bitilgan mehnatlar kiritilgan. Bahoiy adabiyotidagi taniqli asarlar bu, ''Kitáb-i-Aqdas'', ''Kitáb-i-Íqán'', ''Ba’zi Savollarga Javoblar and Tong Darakchilari'' kitoblaridir.      
 
== Tarixi ==