Dublyaj: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Dublyaj''' (frans. doublage), kinofilmlar dublyaji — filmni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilib yaratilgan yangi fonogramma. Dialoglar tarjimasi mazmun jihatdan toʻgʻri, film qahramonlarining soʻzlashuviga — ogʻiz harakatiga mos boʻlishi shart. Tarjimon yoki yangi matn muallifi, muharrir, rej., aktyor, ovoz operatori, montajchi, matn joylashtiruvchidan iborat ijodiy guruh amalga oshiradi. Avval tarjimon D. qilinadigan filmni sinchiklab koʻrib, undagi monolog va dialoglar kaysi va-ziyatda, qanday holatda talaffuz qilinishini, aniq bilib olishi lozim. Tarjimadan soʻng muharrir har bir soʻzni aktyor talaffuziga solishtirib tahrir qiladi. Dialog paytida lab harakati aytilayotgan soʻzga muvofiq boʻlishi lozim. Rej. film qahramonlari ovoziga moslab aktyor tanlaydi. Nihoyat aktyor ovoziga turli shovqinlar (avtomobil, samolyot, shamol, dengiz toʻlqini, hayvonlar ovozi va b.) qoʻshib yoziladi. Musiqa va tabiiy tovushlar, odatda, filmning aslidan olinadi, baʼzan yangi variant ham tayyorlanadi. Oʻzbekchiligimizga to'g'ri kelmaydigan joylar kesib tashlanadi (bu holatlar 2005-yildan to hozirgacha kuzatilmoqda). "Oʻzbekfilm"da har yili 70—80 film D. qilinadi. R. Ahmedova, O. Yunusov, T. Tojiyev, O. Bakirova, D. Ismoilova, M. Rahimova, Yo. Ahmedov, A. Rafiqov va b. D. sanʼ-atiga munosib hissa qoʻshib kelmoqdalar.
Hozirgi kunda O'zbek dublyaji yana bir qadam yuqori natijalarga siljish arafasida, bunga misol qilib 2017 yilda o'zbek tiliga o'girila boshlagan "Sevgi Iztirobi" Turk serialini misol qilib olsak bo'ladi. [[YoutubrYoutube.com/dublyajuz |Youtube DublyajUZ]] manzili O'zbek dublyaji qay tarzda rivojlanayotganligining yaqqol namunasidir!
 
Mohina Ashirova.