Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 14:
 
== Tarixi ==
* [[1991-yil]] [[26-sentyabr]] kuni Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti [[Islom Karimov]]ning farmoniga binoan OʻzSSR Davlat xavfsizligi qoʻmitasi (KGB) — Milliy xavfsizlik xizmatiga aylantirilgan.<ref>[http://www.lex.uz/Pages/GetAct.aspx?lact_id=1027996 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI]</ref>.Davlat xavfsizligi qoʻmitasi(DXQ)ning MXXga aylantirilishi borasidagi Vazirlar Mahkamasi qarori sal keyinroq — 2 noyabrda qabul qilingan. Qarorda Davlat xavfsizligi qoʻmitasining tugatilgan alohida boʻlinmalarini hisobga olgan holda, uning xodimlari soni 25 foizga qisqartirilishi qayd etilgan. Ayni paytda MXX xodimlarining soni qanchaligi ommaga oshkor etilmaydi.<ref>[http://uz.ca-news.org/news:21353/?from=rss&utm_source=uz.twit_feed&utm_medium=twit_uzb Oʻzbek Milliy xavfsizlik xizmati tugʻilgan kunini nishonlayapti]</ref>
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan Milliy xavfsizlik xizmati toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangan. Nizomda koʻrsatilishicha, MXX va uning joylardagi organlari xorijiy davlatlar va xorijiy tashkilotlar maxsus xizmatlarining [[Oʻzbekiston]]ga qarshi [[razvedka]]-qoʻporuvchilik faoliyati bilan kurash olib boradi, [[Oʻzbekiston]] Respublikasining mustaqilligini, konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy butunligini, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va mudofaa qudratini gʻayriqonuniy tajovuzlardan himoya qilishni amalga oshiradi. MXX organlari faoliyati „Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida“gi Nizomi bilan tartibga solinadi. Mazkur Nizom 1991-yil 2-noyabrda qabul qilingan.
MXX asosiy vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlari yoʻlida razvedka va kontrrazvedka faoliyati bilan shugʻullanish va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash hisoblanadi (MXX vazifalari bilan batafsil tanishib chiqish uchun Nizomning II-boʻlimiga murojaat qiling). MXX bevosita [[Prezident]]ga boʻysunub, respublika qoʻmitasining huquqlari bilan taʼminlangan.<ref>[http://www.tashabbus.uz/milliy-xavfsizlik-xizmati-xodimlari-sodir-etgan-huquqbuzarlik-ustidan-qayerga-shikoyat-qilish-mumkin/ Milliy xavfsizlik xizmati ustidan qayerga shikoyat qilish mumkin?]</ref>.
* [[2018-yil]] [[14-mart]]da [[Oʻzbekiston Prezidenti]] [[Shavkat Mirziyoyev]] MXX organlarini isloh qilish haqida farmon chiqargan<ref>[http://m.kun.uz/news/2018/01/31/rustam-inoatov-mhh-rabarligidan-ketdi Rustam Inoyatov MXX rahbarligidan ketdi]</ref>. Unga koʻra, [[2018-yil]] [[29-mart]] kuni [[Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi]]ning qarori bilan tashkilot nomi Davlat xavfsizlik xizmati deb oʻzgartirildi.<ref>[https://m.kun.uz/news/2018/03/29/davlat-havfsizlik-hizmati-tugrisidagi-konun-makullandi Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisidagi qonun maʼqullandi]</ref>