Qora Qorayev: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Progint (munozara | hissa)
„{{Shaxsiyat |ismi = Qora Qorayev |asl ismi = |portret = Qara Qarayev picture.jpg |portret imzosi...“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
(Farq yoʻq)

4-Aprel 2018, 19:33 dagi koʻrinishi

Qora Abulfayz o‘g‘li Qorayev (t. 5-fevral 1918-yil — v. 13-may 1982-yil) — mashhur Ozarbayjon bastakori va pedagogi. SSSR Xalq Artisti (1959), Stalin mukofoti laureati (1946, 1948), Lenin mukofoti laureati (1967), Sotsialistik mehnat qahramoni (1978), Lenin, Oktyabr Inqilobi va Qizil Mehnat Bayrog‘i ordenlari laureati, SSSR Oliy Soveti deputati, OMFA akademigi. Urushdan keyingi davr Ozarbayjon madaniyatining eng mashhur namoyandalaridan biri.

Qora Qorayev
Tavalludi 5-fevral 1918-yil
Boku, Rossiya İmperiyasi
Vafoti 13-may 1982-yil (64 yoshda)
Moskva, SSSR
Fuqaroligi Ozarbayjon Demokratik Respublikasi va SSSR
Millati Ozarbayjon
Otasi Abulfayz Qorayev
Onasi Sona xonim Iskandar qizi
Veb-sayti http://qara-qarayev.musigi-dunya.az/

Hayoti

 
Qora Qorayevning yoshlar davri

Qora Qorayev 1918-yil 5-fevralda Boku shahrida mashhur doktor-pediatr Abulfayz Qorayevning va Sona xonim Iskandar qizi oilasida tug‘ildi. Qora Qorayev oilasida o‘zini musiqa sanʼatiga bag‘ishlagan ilk shaxs hisoblanadi. Ota tomondan Absheronning Fatmayi qishlog‘idan, ona tomondan bobosi Iskandarbey Oxundov esa Shamaxining mashhur vakillaridan edi. Bu oila XX asrning Boku ziyolilaridek juda boy ham emasdi.[1] 1926-yilda Ozarbayjon Davlat Konservatoriyasi qoshidagi musiqa maktabiga qabul qilindi, 1930-yildan Ozarbayjon Davlat Konservatoriyasi qoshidagi musiqa texnikumida professor Georgiy Sharoyevning fortepiano guruhi talabasi, 1935-yildan esa Ozarbayjon Davlat Konservatoriyasida bastakorlik (Leopold Rudolf) va Ozarbayjon xalq musiqasi asoslari (Uzeyir Hojibeyov) guruhi talabasi bo‘ldi. 1938-yildan 1940-yilgacha P.I.Chaykovskiy nomidagi Moskva Davlat Konservatoriyasida bastakorlik guruhining (A.N.Aleksandrov) talabasi bo‘ldi. Bir qancha vaqt Bokuda yashagach yana 1946-yilgacha Moskva Davlat Konservatoriyasida bastakorlik guruhi (Dmitriy Shostakovich) talabasi bo‘ldi. 1982-yil 13-mayda Moskva shahrida vafot etdi. Bokuda dafn qilindi. Bastakor Faraj Qorayevning otasi, doktor-pediatr Mursal Qorayevning ukasi va Madaniyat va turizm vaziri Abulfas Qorayevning amakisidir.

Faoliyati

 
"Don Kixot" baletidan

1937-yildan Ozarbayjon Bastakorlar Uyushmasiga aʼzo bo‘ldi. Moskvadan qayitgach 1941-yilda Muslim Magomayev nomidagi Ozarbayjon Davlat Filarmoniyasining badiiy rahbari vazifasiga tayinlandi. 1944-yilda Ozarbayjon Bastakorlar Uyushmasining boshqaruv hay’ati raisi muovini bo‘ldi. 1946-yildan Ozarbayjon Davlat Konservatoriyasida bastakorlik guruhida o‘qituvchi sifatida ish boshladi, shu yili SSSR Bastakorlar Uyushmasi tashkiloti komiteti aʼzosi etib saylandi.

1948-yilda SSSR Bastakorlar Uyushmasi boshqaruv hay’ati aʼzosi etib saylandi, Ozarbayjon Davlat Konservatoriyasi dotsenti, Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi arxitektura va tasviriy sanʼat instituti musiqa bo‘linmasiga rahbarlik qilishni boshladi. 1949-1953-yillarda Ozarbayjon Davlat Konservatoriyasi direktori bo‘ldi. 1950-yilda SSSR Vazirlar Soveti qoshidagi SSSR Davlat mukofotlari bo‘yicha komitet aʼzosi sifatida tayinlandi, 1952-yilda Ozarbayjon Bastakorlar Uyushmasi boshqaruv hay’ati raisi etib tayinlandi.

1953-yilda Leningrad Davlat Kichik („Maliy“) opera teatrida „Yetti go‘zal“ baletining ilk spektakli qo‘yildi.

1954-1982-yillarda SSSR Lenin va Davlat mukofotlari komiteti aʼzosi bo‘ldi.

1956-1973-yillarda Ozarbayjon Bastakorlar Uyushmasining birinchi kotibi sifatida ishladi, 1957-yilda SSSR kinematografiya ishchilari uyushmasi aʼzosi, 1962-yilgacha SSSR Bastakorlar Uyushmasi boshqaruv hay’ati aʼzosi bo‘ldi. 1955-1976-yillarda IV-IX chaqiruv SSSR Oliy Sovetlari deputati sifatida faoliyat ko‘rsatdi.

1959-yilda Ozarbayjon Davlat Konservatoriyasi bastakorlik kafedrasi professori, Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi akademigi. 1960-yilda Ozarbayjon Kommunist Partiyasi Markaziy Komiteti aʼzosi bo‘ldi.

1961-yilda Janubiy Afrika yozuvchisi Piter Abrahamsning asari asosida yozgan „Yashinli yo‘llar bilan“ baletidan Ikkinchi to‘plam ijrosi bilan bog‘liq Los-Anjelesda I xalqaro modern musiqa festivalining ishtirokchisi bo‘ldi.

1963-yilda Leningrad Davlat Kichik („Maliy“) opera teatri gastrollari vaqti Qohirada „Yetti go‘zal“ baletining taqdimoti bilan bog‘liq Misr Arab Respublikasida safarda bo‘ldi. 1964-yilda SSSR Katta teatrining gastrollari vaqti „Yashinli yo‘llar bilan“ baleti bilan „Varshava kuzi“ modern musiqa festivalida ishtirok etdi.

1965-yilda 21-aprelda Moskvada, 2-iyunda Bokuda Uchinchi simfoniyaning ilk ijrosi taqdim etildi.

1966-yilda Dirijyorlarning Ikkinchi Umumittifoq musobaqasida boshqaruv kengashi raisi bo‘ldi, sovet madaniyat va tasviriy sanʼat ustalari orasida Ispaniyaga safar qildi. „Klassik to‘plam“ ning birinchi namoyishi Boku shahrida bo‘lib o‘tdi.

1968-yil 21-aprelda Gorkiy (Hozirgi Nijni Novgorod) shahrida, 28-aprelda Moskvada Violino bilan simfonik orkestr uchun Konsertning ilk namoyishi bo‘ldi.

1969-yilda „Yetti go‘zal“ baleti va „Layli va Majnun“ simfonik poemasining musiqasiga balet namoyishi bilan bog‘liq Parijda o‘tkazilgan umumdunyo raqs festivaliga, sovet madaniyat va tasviriy sanʼat ustalari orasida Yaponiyaga safar qildi.

1971-yilda „Goyya“ filmiga yozgan musiqa uchun film suratga olinishi bilan bog‘liq Germaniya Demokratik Respublikasida safarda bo‘ldi.

1972-yilda „Varshava kuzi“ modern musiqa festivalida va bastakorlar uyushmasi kotibliklarining yig‘ilishlarida o‘tkazilgan balet artistlarining Ikkinchi xalqaro musobaqasida hay’at aʼzosi bo‘ldi.

1973-yilda P.I. Chaykovskiy nomidagi V xalqaro musiqa musobaqasining hay’at aʼzosi, modal musiqa masalalari bilan bog‘liq Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro kongressda ishtirok etdi.

1976-yilda „Yosh bastakorlarni yetishtirish“ simpoziumining faoliyatida ishtirok etdi, sovet va italyan bastakorlarining ikki tarafli ishtiroki bilkan aloqador Italiyaning Pezaro shahriga safar qildi.

1978-yilda Umumdunyo mualliflik huquqlari agentligi kongresining ishtirokchisi sifatida Parijda safarda bo‘ldi, Moskva operetta teatrida „Telba gaskoniyalik“ musiqali spektakli namoyish etildi.

Qora Qorayev, shuningdek, ajoyib o‘qituvchi, bir qancha iqtidorli bastakorlarga ustozlik qilib, Ozarbayjon musiqasi tadqiqiga oid maqolalar chop ettirdi.

Nomlar va mukofotlar

 
  • Ko‘rsatgan xizmatlari uchun medali (1946)
  • Stalin mukofoti (1946)
  • Vatan operasi uchun SSSR Davlat mukofoti (1946)
  • „Layli va Majnun“ simfonik poemasi uchun Davlat mukofoti (1948)
  • Stalin mukofoti (1948)
  • Ozarbayjon SSR xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1955)
  • Bir mahalladosh ikki yigit filmi musiqasi uchun birinchi Umumittifoq sovet filmlari festivali laureati (1957)
  • Ozarbayjon SSR xalq artisti (1958)
  • SSSR Xalq Artisti (1959)
  • Uzoq sohillarda filmi musiqasi uchun Kievda Umumittifoq kinofestivalida II Mukofot (1959)
  • Qizil xizmat bayrog‘i ordeni (1961)
  • Antoniy va Kleopatra spektakliga yozgan musiqasi uchun M.F.Axundov mukofoti (1965)
  • „Yashinli yo‘llar bilan“ baleti uchun Lenin mukofoti (1967)
  • „Yashinli yo‘llar bilan“ baleti uchun Lenin ordeni (1967)
  • Oktyabr Inqilobi ordeni (1971)
  • Sotsialist Xizmati Qahramoni (1978)[2]
  • 1941-1945-yillar Ulug‘ Vatan urushida jasoratli xizmatlari uchun medali

Asarlari

Operalar

  • Vatan (1945) — Javdat Hojiyev bilan birga
  • Zariflik (1972) — fransuz yozuvchisi Anri Barbus asari asosida ayol ovozi va kamera orkestri uchun monodrama (1972)

Baletlar

  • Yetti go‘zal (1952)
  • „Yashinli yo‘llar bilan“ (1958) — Janubiy Afrika yozuvchisi Piter Abrahamsning asari asosida
  • „Layli va Majnun“ (1969) — ayni nomdagi simfonik poemasi asosida bir pardali xoreografik poema
  • Don Kixot simfonik gravurlari (2000) — ayni nomdagi simfonik gravurlar asosida bir pardali balet


Muzikl

  • „Telba gaskoniyalik“ — fransuz dramaturgi E.Rostaning „Sirano de Berjerak“ komediyasi asosida Ozarbayjon musiqasi uchun yangi bo‘lgan muzikl

Orkestr uchun asarlari

  • „Layli va Majnun“ simfonik poemasi (1947) — Nizomiy poemasi asosida
  • „Yetti go‘zal“ simfonik süita (1949)
  • Don Kixot simfonik gravurlari (1960) — ispan yozuvchisi Migel de Servantes asari asosida
  • Uch simfoniya (1943, 1946, 1965) — III simfoniya Ozarbayjon musiqasiga dodekfoniya yozuv usulining olib kelinishi bilan aloqador.
  • Ozarbayjon suitasi (1939)
  • Vyetnam suitasi
  • Alban rapsodiyasi (1952)
  • Klassik suita (1966)
  • Fortepiano va orkestr uchun „Yoshlik“ poemasi (1937)
  • Skripka və orkestr uchun konsert (1967)

Kamera asarlari

  • Ikki simli kvartet
  • Kvartettino
  • Skripka və fortepiano uchun sonata
  • Fortepiano uchun iki sonatina (1940, 1943), 24 preludiya (1951—1963)
  • Puflama va estrada orkestri uchun asarlar, kinofilmlar, teatr tomoshalari uchun musiqalar.[3]

Kamera vokal asarlari

  • Umar Xayyom sheʼrlariga ovoz va fortepiano uchun 6 ruboiy (1946)
  • Aleksandr Pushkin sheʼrlariga ovoz va fortepiano uchun „Men sizni sevardim“ va „Gruziya tepaliklarida“ romanslari (1949)

Vokal-simfonik asarlari

  • Ko‘ngil qo‘shig‘i kantatası (1938)
  • Sevinch qo‘shig‘i kantatası (1947)
  • Ovoz va jaz orkestri uchun 3 nokturn (1958)
  • Partiyamiz kantatası (1959)
  • Do‘stlik madhiyasi (1972)

Xotirasining abadiylashtirilishi

 

1986-yildan Ozarbayjon Madaniyat Vazirligining ko‘magi bilan Bokuda bastakor xotirasiga bag‘ishlangan Xalqaro zamonaviy musiqa festivali o‘tkaziladi.

Bokuda metro stansiyasi, Bokuda prospekt, Imishlida ko‘cha nomi, Moskvada 75-sonli Bolalar musiqa maktabi, Kemaga Qora Qorayev nomi berilgan.

Bokuda Qora Qorayev yashagan uyning devorida xotira lavhasi o‘rnatilgan.

2001-yil 3-fevralda Boku shahrining 28-may ko‘chasida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan Qora Qorayev obidasi ochildi.[4]

2014-yil 20-iyunda Moskvada Qora Qorayevning 1973-yildan 1982-yilgacha yashagan uyida xotira lavhasi o‘rnatilgan.

Filmografiya

Bastakor sifatida

  • Ordenli Ozarbayjon (film, 1938)(to‘liq metrajli film)
  • Bir oila (film, 1943)(to‘liq metrajli badiiy film)
  • Kaspiy dengizchilari (film, 1944) (to‘liq metrajli hujjatli film)
  • Boku chiroqlari (film, 1950) (to‘liq metrajli badiiy film)
  • Mingachavir (film, 1950) (qisqa metrajli hujjatli film)
  • Kaspiy neftchilari haqida doston (film, 1953) (to‘liq metrajli badiiy-hujjatli film)
  • Bir mahalladan ikki kishi (film, 1957) (to‘liq metrajli badiiy film)
  • Don Kixot (film, 1957)(to‘liq metrajli badiiy film)(Rossiya)
  • Uning keng yuragi (film, 1958)(to‘liq metrajli badiiy film)
  • Uzoq sohillarda (film, 1958)(to‘liq metrajli badiiy film)
  • Dengizni fath etganlar (film, 1959)(to‘liq metrajli badiiy-hujjatli film)
  • Asl do‘st (film, 1959)(to‘liq metrajli badiiy film)
  • Matteo Falkone (film, 1960)(qisqa metrajli badiiy film)
  • Layli və Majnun (film, 1961)(to‘liq metrajli badiiy film)
  • İnson maskan qurar (film, 1967)(to‘liq metrajli badiiy film)
  • Nizomiy (film, 1982)(to‘liq metrajli badiiy film)
  • Yetti go‘zal (film, 1982)(to‘liq metrajli badiiy film-balet)

Ishtirok etgan filmlar

  • Kechki konsert (film, 1948)(qisqa metrajli hujjatli film)
  • Bulbul (film, 1968)(qisqa metrajli hujjatli film)
  • Respublikam haqida haqiqat (film, 1972) (to‘liq metrajli hujjatli film)
  • Yurak nag‘masi (film, 1989) (qisqa metrajli hujjatli film)

Asarlaridan foydalanilgan filmlar

  • Aziz xalqimga (film, 1954)(to‘liq metrajli badiiy-hujjatli film)
  • 150 yil. Mirza Fatali Axundov (film, 1962)(qisqa metrajli hujjatli film)
  • Uchinchi simfoniya (film, 1968) (qisqa metrajli hujjatli film)
  • Apsheron ritmlari (film, 1970) (to‘liq metrajli badiiy-musiqali televideniye filmi)
  • Do‘stlik madhiyasi (film, 1974) (qisqa metrajli hujjatli film)
  • Afsonalar olamida (film, 1975) (qisqa metrajli badiiy film)(Rossiya)
  • Nag‘makor tuproq (film, 1981) (tammetrajlı musiqili film)
  • Alvido, janub shahri (film, 2006) (to‘liq metrajli badiiy film)
  • 40-eshik (film, 2008)(to‘liq metrajli badiiy film)
  • Haqiqatning o‘zi (film, 2008)(to‘liq metrajli hujjatli film)
  • O‘lim navbati (film, 2009)(to‘liq metrajli badiiy film)
  • Ufqdan o‘tganlar (film, 2011)(to‘liq metrajli badiiy-hujjatli film)

Unga bag‘ishlangan filmlar

  • Bu haqiqat ovozidir. Bastakor Qora Qorayev (film, 1968) (qisqa metrajli hujjatli film)
  • Qora Qorayev-60 (film, 1978) (qisqa metrajli hujjatli film)
  • Bastakor Qora Qorayev. Opus-78 (film, 1979) (qisqa metrajli hujjatli film)

Shuningdek qarang

Xorijiy oʻtishlar

Adabiyotlar

  • "„Uzaq sahillərdə“ ekranda" [Filmin quruluşçu rejissoru Tofiq Tağızadə yoldaşla müxbirimizin müsahibəsi] //Kommunist.- 1958.- 13 avqust.
  • Ağamirov, A. „Uzaq sahillərdə“ //Kommunist.- 1958.- 19 avqust.
  • Hüseynova, M; Sultanov, Ə; Məmmədov, Y; Əliyev, S; Kazımov, R; Yusifov, Ə. „Uzaq sahillərdə“ //Kommunist.- 1958.- 22 avqust.
  • Rəşid Şəfəq. „Qara Qarayev-75: Azərbaycan musiqisinin iftixarı“ //Odlar yurdu.- 1993,- 20 fevral.- № 5-6.- səh. 2.
  • „Zamanın böyük bəstəkarı“. Vidadi Xəlilov. Ömür yollarında. Bakı: Nərgiz, 2012. — səh. 155.

Manbalar

  1. Kayzen.az — Böyük musiqiçilər: Qara Qarayev
  2. Karaev Kara Abulfaz ogli
  3. Azərbaycan Milli Ensiklopediyası: Azərbaycan. Ramiz Məmmədov. Kino. Azərbaycan Milli Ensiklopediyası Elmi Mərkəzi, 2007.- səh. 813.
  4. Dahi bəstəkar Qara Qarayevin anadan olmasından 100 il ötür