Namangan viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Qator 87:
Yozma adabiyot Namanganda koʻhna asrlardan boshlab rivojlanib keldi. Bu oʻlka oʻz ijodiy uslubi, ovozi va soziga ega boʻlgan bir qancha isteʼdod egalarining vatanidir. Qad. Axsikent shahrida 11 — 12-asrlarda soʻz sanʼatining bir qancha yirik namoyandalari kamol top-dilar. Markazi Axsikent boʻlgan Namangan adabiy muhiti shakllanib taraqqiy eta boradi. Abu Rashid-Ahmad Axsikatiy, Abul Vafo Axsikatiylar oʻz davrining yetuk adib va olimlari edi. Yirik isteʼdod egasi Asiriddin Axsikatiy malik ush-shuaro va amiri shuaro unvonlariga sazovor boʻldi. Oʻzbek mumtoz adabiyotining namoyandasi Boborahim Mashrab shu oʻlkada voyaga yetdi. 18-asr oxiri — 19-asr 1-yarmidagi adabiyotning koʻzga koʻringan vakillari malik ush-shuaro Fazliy hamda Nodir, Gʻoziy, Majzub, Munshiy, Muxlis, Maxzun va boshqa oʻzbek adabiyoti xazinasiga salmoqli hissa qoʻshdilar. 19-asrning 2-yarmida Nodim, Shavqiy, Ibrat, Hayrat, Xilvatiy va boshqa shoirlardan iborat ijodkorlar guruhi Namanganda eʼtiborli bir adabiy muhitni vujudga keltirdi. Bu muhitda ijodiy kamolotga erishgan Muhammadsharif Soʻfizoda Oʻzbekiston soʻz sanʼatkorlari orasida birinchi boʻlib xalq shoiri faxriy unvonini oldi. Ishoqxon Ibrat va Muhammadsharif Sufizoda 20-asr boshlarida jadidchilik, milliy uygʻonish harakatining yetuk va-killari sifatida faoliyat kursatdilar. Ular uz sheʼrlarida xalqni gʻaflat va qoloklikdan chiqarish, millat ongini uygotish uchun ilm-maʼrifat zarurligini tashviq qildilar. Shoir Rafiq Moʻmin 20-asr 20-yillar sheʼriyatida erk va haqiqat kuychisi boʻlib ta-nildi. Benazir isteʼdod egasi Usmon Nosir oʻzbek adabiyotining yirik na-moyandalaridan edi. Zafar Diyor bolalarning sevimli shoiri bulib qoldi. Yuldosh Shamsharov, Parda Tursun oʻzbek nasri taraqqiyotida uz urinlariga ega boʻldilar. Chustiy, Shoʻxiy oʻz sheʼrlari bilan el orasida tanildi.
 
20-asrning 2-yarmidagi Namangan adabiy muhiti ijodkorlarga boy boʻldi. Jonrid Abdullaxonov, Turgʻun Poʻlat, Nuriddin Boboxoʻjayev, Husniddin Sharipov, Habib Saʼdulla, Dadaxon Nuriy, Ermuhammad Nurmatov, Abdugʻani Abduvaliyev, Ahmad Tursun, ZiyovuddinZiyoviddin Mansurov, Rustamjon Ummatov, Isoqjon Nishonov va boshqaboshqalar turli janrdagi asarlari bilan tanildilar. Shoir Habib Saʼdullaga Oʻzbekiston xalq shoiri faxriy unvoni berildi. Namangan adabiy muhiti umumoʻzbek adabiyotining ajralmas, tarkibiy qismi sifatida rivoj topmoqda.
 
Namangan (viloyat)da Oʻzbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar, jurnalistlar va boshqalar)ning viloyat tashkilotlari faoliyat koʻrsatmoqda.