Kaliforniya — versiyalar orasidagi farq

k
qisqa izoh tahrirlanmadi
k
k
}}
{{Maʼnolari|Kaliforniya (maʼnolari)}}
'''Kaliforniya''' - AQSH janubigʻarbidagi shtat, [[Tinch okeani|Tinch okean]] sohilida. Mayd. 411 ming km{{sup|2}}. Aholisi 394,5 mln. kishi (2017). Maʼmuriy markazi — [[Sacramento (California)|Sakramento]] sh. Shtat markazini keng Qirgʻoq boʻyi tizmalari b-nbilan oʻralgan Kaliforniya vodiysi egallagan. Yirik daryolari — Sakramento va San-Xoakin. Sharqda Syerra-Nevada togʻlari, jan.da Moxave qumli choʻli va chuqur tektonik botiqlar (Ajal vodiysi, Solton-Si koʻli) b-nbilan chegaradosh. Iklimi yozi issiq va kishi sernam oʻrta dengiz iqlimi. Shtatning togʻ yon bagʻirlarida issiq va quruq iqlim. Togʻ qaragʻay oʻrmonlari va qattiq bargi doim yashil butalar oʻsadi. Kaliforniyada Yosemit, Lassen-Volkanik, Sekvayya va Kings-Kanon milliy parklari tashkil etilgan. Neft, tabiiy gaz, oltin, simob, temir rudasi va b.boshqa foydali qazilmalar olinadi.
 
Kaliforniya AQShning iqtisodiy jihatdan yuksak rivojlangan shtati, muhim harbiy i.ch. ishlab chiqarish markazi. Aviatsiya, raketa-kosmik, radioelektronika, kimyo sanoati, neftni qayta ishlash, mashinasozlik (jumladan, kemasozlik), qora metallurgiya rivojlangan. Koʻplab oziq-ovqat (ayniqsa, konserva sanoati) korxonalari bor. Muhim sanoat markazlari — [[Los Anjeles|Los-Anjeles]], [[San Fransisko|San-Fransisko]], [[San-diyego|San-Diyego]], Oklend. Gollivudda kino sanoati rivoj topgan.
 
Q.h.Qishloq xoʻjaligi intensiv dehqonchilik b-n birga (asosan, meva va sabzavotlar, sitrus mevalar, paxta), ekstensiv chorvachilikka ixtisoslashgan. Shim.da oʻrmonchilik, dengiz boʻylarida baliq ovlash, turizm rivojlangan.
 
Muhim portlari: San-Fransisko, Los-Anjeles. Harbiy bazalar, Kaliforniya universiteti bor.
 
Kaliforniyaga yevropaliklar 16-a.daasrda kela boshlagan. 18-a.danasrdan ispanlar uni mustamlakaga aylantirganlar. Meksika mustaqillikka erishgach (1821), Kaliforniya hududi uning tarkibiga kirgan. AQTT1 — Meksika urushi (1846—48) natijasida Kaliforniya Meksikadan tortib olinib, AQShga qoʻshib olingan; 1850 yildan AQSH shtati.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==