Kaliforniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 39:
Kaliforniya AQShning iqtisodiy jihatdan yuksak rivojlangan shtati, muhim harbiy ishlab chiqarish markazi. Aviatsiya, raketa-kosmik, radioelektronika, kimyo sanoati, neftni qayta ishlash, mashinasozlik (jumladan, kemasozlik), qora metallurgiya rivojlangan. Koʻplab oziq-ovqat (ayniqsa, konserva sanoati) korxonalari bor. Muhim sanoat markazlari — [[Los Anjeles|Los-Anjeles]], [[San Fransisko|San-Fransisko]], [[San-diyego|San-Diyego]], Oklend. Gollivudda kino sanoati rivoj topgan.
 
Qishloq xoʻjaligi intensiv dehqonchilik b-nbilan birga (asosan, meva va sabzavotlar, sitrus mevalar, paxta), ekstensiv chorvachilikka ixtisoslashgan. Shim.da oʻrmonchilik, dengiz boʻylarida baliq ovlash, turizm rivojlangan.
 
Muhim portlari: San-Fransisko, Los-Anjeles. Harbiy bazalar, Kaliforniya universiteti bor.