Sverdlovsk viloyati: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq |
|||
Qator 5:
Foydali qazilmalardan temir rudasi (Kachkanar, Visokoye, Blagodat togʻlari), mis rudalari, boksit (Shim. Ural boksit Havzasi), oltin, platina, asbest, oʻtga chidamli materiallar, sulfat kolchedani, asl tosh konlari bor. Qoʻngʻir koʻmir va toshkoʻmirning katta zaxiralari mavjud. Iklimi kontinental, tekisliklarda yanvarning oʻrtacha temperaturasi —20°, iyulniki 16—19°. Vegetatsiya davri 130 kun. Yiliga 500– 350 mm yogʻin yogʻadi. Daryolari Tobol havzasiga mansub. Gidroenergiyaning umumiy resurelari 0,7 mln. kVt. Togʻlarda, asosan, igna bargli tayga (asosan, qoraqaragʻay), qayin oʻrmonlari ham bor. Ural sharqining shim.da podzol tuproklarda qaragʻay oʻrmonlari oʻsadi, pastqam joylarda qoraqaragʻay aralash kedr taygasi mavjud. Hududining 61% oʻrmon. Yovvoyi hayvonlar (tiyin, tulki, suvsar, quyon, sobol va boshqalar) ovlanadi. Viloyat hududida Pishmaboʻyi borzor milliy bogʻi, Visim, Denejkin Kamen qoʻriqxonalari bor. Botqoklik koʻp.
Sanoatining asosiy tarmoklari: qora metallurgiya (Sverdlovsk viloyatida Rossiyadagi qora metallar prokatining 12% va poʻlatning 13% ishlab chi qariladi), rangli metallurgiya (asosan, mis, alyuminiy, nikel
Korxonalardan eng yiriklari: "Uralvagonzavod", "Uralmash" "Uralelektrotyajmash", "Uralximmash"
Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — chorvachilik. Asosan, qoramolning sut va gushtsut zotlari boqiladi, parrandachilik, choʻchqachilik, koʻychilik va echkichilik rivojlangan. Ozuqa, don ekinlari, sabzavot (yirik shaharlar atrofida), kartoshka ekiladi. Daryolarida kema qatnaydi. "Kolvo" xalqaro aeroporti va mahalliy ahamiyatdagi "Uktus" aeroporti (Yekaterinburg) bor. 1991 yildan Yekaterinburgda metropoliten ishlab turibdi. Transport yoʻlilar uzunligi —3570 km. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllar uz. 10317 km. Urengoy — Pomari — UjYekaterinburg gorod tranzit gaz quvuri va Surgut — Perm — Nijniy Novgorod neft quvuri oʻtadi. Kuri, Nijniye Sergi, Samotsvet, Moltayevo Ozero va boshqa kurortlar mavjud. 14 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, Ural unti), 10 teatr, 22 muzey bor.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
|