Dehqonlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Dehqonlar''' - ijtimoiy guruh, aholining asosiy kasbi dehqonchilik boʻlgan maxsus toifasi. D.Dehqonlar mehnat faoliyati, turmush tarzi, manfaati va koʻnikmalariga koʻra jamiyatdagi boshqa sinf va ijtimoiy guruhlardan farq qiladi. D.Dehqonlar agrar sohada faoliyat koʻrsatadi, yer va b.boshqa resurslarga egalik qiladi, oʻz i.ch.ishlab chiqarish vositalari va oila aʼzolari mehnati bilan yakka xoʻjalik yuritadi. D.ningDehqonlarning paydo boʻlishi ibtidoiy jamoat tuzumining parchalanishi jarayonida q.x.daqishloq xoʻjaligida ixtisoslashuv yuz berib, dehqonchilikning chorvachilikdan ajralib chiqishi va mayda oilaviy xoʻjaliklarning yuzaga kelishi bilan bogʻliq. Oʻrta Osiyoda va Eronda dastlab jamoadan ajralib chiqqan katta yer egalari, baʼzan qishloq oqsoqollari "dehqon" deyilgan (ular oʻzlarining devor bilan oʻralgan mustahkam qoʻrgʻonlariga ega boʻlganlar). Oʻrta asrlarga kelib D.Dehqonlar qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotining asosiy tayanchini hosil etdi, natijada u aholining asosiy ijtimoiy qatlamiga aylandi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyoti va ijtimoiy meqnat taqsimotining chuqurlashuvi natijasida asosan q.x.qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida band boʻlgan D.Dehqonlar tovar-pul munosabatlari yuzaga keltiradigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga tortildilar va astasekin ijtimoiy tabaqalanib mayda, oʻrtahol va yirik yer egalari boʻlgan D.Dehqonlar paydo boʻldi. Sanoat rivojlanishi b-nbilan, birinchi navbatda, kambagʻal, mayda D.Dehqonlar hisobidan ishchilar shakllanadi va shu hisobiga D.Dehqonlar soni qisqardi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda D.Dehqonlar sonini kes-kin qisqartiradigan fermer xoʻjaliklarining oʻsishi bilan bir qatorda kooperatsiya ham yuzaga keldi. Hoz. rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining asosiy qismini tashkil qiladigan D.ningDehqonlarning xoʻjalik ukladi rivoji ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning umumiy qolokligi taʼsirida yanada murakkablashib bormoqda. Sobiq SSSRda, Sharqiy Yevropa va Osiyodagi bir qator mamlakatlarda kuch ishlatib, qatagʻon yoʻli bilan amalga oshirilgan dehqon xoʻjaliklarini jadal kooperatsiyalash (jamoa xoʻjaliklariga aylantirish) q.x.qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini juda pasaytirib, D.gaDehqonlarga ham, jamiyatga ham zarar keltirdi.
 
Hoz. vaqtda Oʻzbekistonda tomorqa yeri boʻlgan mayda D.Dehqonlar, shirkat aʼzosi boʻlgan D.Dehqonlar, dehqon xoʻjaligi egalari boʻlgan D.Dehqonlar va davlatdan yerni uzoq muddatga (10— 50 yil) ijaraga olgan yirik fermer xoʻjaligi sohiblari boʻlgan D.Dehqonlar faoliyat koʻrsatadi (yana q. [[Dehqonchilik]]).
 
Ahmadjon Oʻlmasov.
Qator 7:
== Adabiyot ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->