Kaʼba: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Xatoni tuzatdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Kaʼba''' (arab. — kub) — islom dinining eng muqaddas ibodatxonasi, musulmonlarning bosh sajdagohi. Saudiya Arabistonining Makka sh.da. Baytul harom (Muqaddas uy), Baytulloh (AlloqningAllohning uyi) deb ham yuritiladi. Uni ziyorat qilish — haj va umraning asosiy amallaridan biri.
 
K. Harom masjidi (q. [[al-Masjid al-Harom]])ning markazida joylashgan, bal. 15 m va poydevori 12x10 m oʻlchamda toshdan qurilgan bino; meʼmoriy yodgorlik. K. burchaklari taxminan dunyo tomonlari yoʻnalishida joylashgan. Sharqiy burchagi asvod rukni ("qora burchak") yoki oddiy rukn deb ataladi. Unga yerdan taxminan 1,5 m balandda tokcha qilinib, "qora tosh" (arabcha "hajar al-asvod") joylangan. U K.dagi asosiy tavof qilinadigan narsa, yer yuzidagi odamlarga Alloh tomonidan yuborilgan, Alloh qudratining belgisi hisoblanadi. Hoz. vaktda u bir-biriga qoʻshilib ketgan qora-qizgʻish tusdagi uch sinikdan iborat; meteorit degan taxmin bor. Shim. burchagi Iroq burchagi, gʻarb burchagi — Suriya burchagi, jan. burchagi esa — Yaman burchagi deb ataladi. K.ga qora mato (kisva) qoplab qoʻyiladi, matoga oltin va kumush harflarda xrshiya qilib K. va hajga taallukli oyatlar yozilgan. Shim.-sharqiy devorda 2 m cha balandlikda oʻyma naqsh b-n bezatilgan kumush zanjirli eshik bor. K.ga chiqiladigan gʻildirakli zinapoya oʻyma naqsh b-n, kumush qoplab jozibador bezatilgan. K. ichkarisida uchta ustun boʻlib, koʻpdan koʻp chiroq osilgan, sovgʻa qilingan Qurʼon nusxalari saqlanadi. Shim.gʻarbiy devorning tomidan tilla suvi yugurtirilgan tarnov koʻrinib turadi, u almizob yoki mizob ar-rahma deb ataladi. Shu tarnov b-n gʻarbiy burchak oraligʻi qibla hisoblanadi. K.ni tosh yotqizilgan yoʻlka oʻrab turadi. Bu yoʻlkadan ziyoratchilar yurib aylanib oʻtishadi (tavof qilishadi). Eshik roʻparasida Ibrohim maqomi bor, u tosh inshoot boʻlib, K.ni tiklayotganda Ibrohim (as) shu toshda turgan deydilar. Toshda odam izlari koʻrinadi. "Qora tosh" yaqinida muqaddas Zamzam bulogʻi bor.