Allohshukur Poshozoda: Versiyalar orasidagi farq
„{{Shaxsiyat | ismi = Allohshukur Himmat oʻgʻli Poshozoda | asl ismi = Allahşükür Paşazadə | portret = Allahşükür Paşazadə - VOA.jpg |eni =...“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi |
(Farq yoʻq)
|
28-May 2018, 15:40 dagi koʻrinishi
Shayxulislom Hoji Allohshukur Poshozoda (to‘liq ismi: Allohshukur Hummat o‘g‘li Poshozoda, ozarb. Allahşükür Hümmət oğlu Paşazadə) —Kavkaz musulmonlarining XII Shayxulislomi va Kavkaz musulmonlar idorasi raisi (Kavkaz musulmonlarining 29-iyul 2003-yildagi Boku shahrida o‘tkazilgan XI qurultoyida bir ovozdan umrbod rais — Shayxulislom sifatida saylandi [1]), Boku davlat universiteti professori, tarix fanlari doktori.[2]
Allohshukur Himmat oʻgʻli Poshozoda | |
---|---|
Allahşükür Paşazadə | |
Tavalludi |
26-avgust 1949-yil |
Fuqaroligi | Ozarbayjon |
Mukofotlari | |
Imzosi | |
Hayoti
Allohshukur Hummat o‘g‘li Poshozoda 1949-yil 26-avgustda Ozarbayjonning janubiy shaharlaridan va tarixiy madaniyat markazlaridan biri bo‘lgan Lenkoranning Jil qishlog‘ida tug‘ildi. U bolaligida dunyoviy bilimni Veravul qishloq maktabida, dastlabki diniy taʼlimini esa mashhur din ulamosi Shayx Qudratdan oldi. Shuni qayd etib o‘tish joizki, davrining taniqli diniy olimlaridan hisoblangan Oxund Shayx Qudrat 1905-yilda Ozarbayjonning Masalli viloyatining Babaser qishlog‘ida tug‘ilgan. U ilk diniy taʼlimini avval dindor sifatida katta obro‘ga ega bo‘lgan otasi Karbaloyi Og‘akishidan, keyinchalik esa Masalli ulamolaridan hisoblangan va Mollaoba qishlog‘idan bo‘lgan Mulla Mikoyildan olgan. Shayx Qudrat o‘smir vaqtlarida arab, fors, turk tillarini, shariat, ilohiyot ilmlarini chuqur o‘rganib, tahsilini Sharqning mashhur madrasalaridan hisoblangan Erdebil shahridagi „Mirza Ali Akbar“ madrasasida olgan. XX asrning 30-yillarida uning katta obro‘sidan xavotirlangan kommunist rejimi taʼqiblariga duchor bo‘lsa ham Shayx Qudrat islom targ‘ibidan voz kechmadi. Keyinchalik Axund Shayx Qudratga bir qancha diniy vazifa taklif qilinishiga qaramay, u bu lavozimlarni rad etib, umrini yoshlarga mudarrislik qilish va xayrli ishlar ko‘rish bilan o‘tkazdi.[3]
Allohshukurning yoshi hali maktab yoshiga yetmasa ham u qishloqning obro‘li mullalaridan hisoblangan Mulla Izzatdan dars olar, shariat qonunlariga ko‘ngil berib, islom bilimlaridan bahra olardi. Keyinchalik esa Allohshukur dunyoviy taʼlim olish bilan birga diniy taʼlimini yuksaltirish uchun yashagan joyidan uzoqda bo‘lgan Qur’onni, shariatni yaxshi biluvchi, vaqtida Najafda, Mashhadda, Ardabilda mukammal taʼlim olgan olimlardan taʼlim olgan.[3]
Qalbida Allohga muhabbat bo‘lgan Allohshukur Taʼlim olish maqsadida bir necha yil mashaqqat bilan ishladi, va nihoyat, maqsadi orqasidan O‘zbekistonning Buxoro shahriga borib, o‘sha davrda diniy darslarning oliy taʼlim maskani hisoblangan, o‘rta asrlarda tamal toshi qo‘yilgan va qadimiy tarixga ega bo‘lgan „Mir Arab“ madrasasiga o‘qishga kirdi. Diniy tayyorgarligi, muqaddas Qur’oni Karimni, shuningdek, arab va fors tillarini o‘rganishga qunt qilishi undan imtihon olgan olimlarni ham hayron qoldirdi. Allohshukur hali talaba bo‘lishiga qaramay, bu voqea muqaddas yo‘lning boshlang‘ichi edi. Hali oldinda ko‘pgina mashaqqatlar bor edi. „Mir Arab“ madrasasida taʼlim olgan davrda mashaqqatli yo‘llarni bosib o‘tsa-da, bu Allohshukurni o‘z yo‘lidan qaytarmadi. Kunduzi taʼlim olib, kechalari esa tirikchilik qilish uchun og‘ir ishlarni bajargan bu o‘smir talabaning yagona orzusi bor edi: mukammal diniy taʼlim olish. Allohshukur Poshozoda Qur’onni yaxshi o‘zlashtirish, uning tarixini, tafsir ilmini, fiqh va hadis ilmlarini chuqurroq o‘rganish uchun tahsilni davom ettirishi kerak edi. Shu sababli ham u „Mir Arab“ madrasasini muvaffaqiyat bilan yakunlagach, Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent Musulmonlar Idorasiga kirdi, u yerda taʼlim olish bilan birga Toshkent Universitetining Tarix fakultetida ham o‘qishni davom ettirdi.[4]
Allohshukur Poshozoda kelajakning shayxulislomi sifatida Buxoroda taʼlim olgan davrda Sharq tillaridan bo‘lgan arab va fors tillarini mukammal bilganidek, ingliz, rus va o‘zbek tillarini ham mukammal o‘rgandi. U ayni vaqtda o‘zbek xalqining hayotiga, tarixiga, madaniyatiga, odat-anʼanasiga katta qiziqishi bor edi. Taʼlimini muvaffaqiyat bilan yakunlagach, ona Vatanga — Ozarbayjonga qaytgan Allohshukur Poshozoda avval Shayxulislom Mulla Aliog‘a Sulaymonzoda (1885-1975) tomonidan 1975-yilda Kavkazorti Musulmonlar Idorasining mas’ul kotibi lavozimiga tayinlandi, uch yildan keyin esa „Tozapir“ masjidi muftiysi va Kavkazorti Musulmonlar Idorasi raisi muovini bo‘ldi. Yuksak savodi va muhokamalari, sof maʼnaviyati va insonlarga xizmat qilish qobiliyati, shuningdek, prinsipialligi bilan ajralib turuvchi o‘ttiz yoshli Allohshukur Poshozoda 1980-yilda Kavkaz (Kavkazorti) Musulmonlar Idorasi raisi vazifasiga o‘tdi, Kavkazning eng yosh o‘n ikkinchi shayxulislomi sifatida katta va mas’uliyatli, ayni vaqtda sharafli lavozimga ko‘tarildi.[4]
Shayxulislom Allohshukur Poshozoda bu oliy va muqaddas diniy vazifaga tayinlangach, faoliyat doirasini yana-da kengaytirib, Kavkaz Musulmonlar Idorasini nafaqat Ozarbayjon va Kavkazda, balki butun dunyoda katta nufuzga ega bo‘lgan tashkilotga aylantirdi. Uning ko‘p martalik xorijiy safarlari, dunyoning mo‘tabar diniy tashkilotlari rahbarlari va mufuzli din xodimlari bilan uchrashuvlari, ilmiy, diniy konferensiyalardagi chiqishlari bu tashkilotning dunyo miqyosida tanilishiga sabab bo‘ldi.[5]
Siz diniy-ijtimoiy xodim sifatida xalqaro olamda ham katta obro‘ga egasiz, Ozarbayjon haqiqatlarining dunyo jamiyatiga yetkazilishi, Kavkazda sulh va omonlikning mustahkamlanishi bilan bog‘liq faoliyatingiz katta olqishga sazovordir. Qur’oni Karim tatbiq etgan haq, adolat va gumanizm g‘oyalari Islom olamining mas’uliyatli muammolarining hal etilishidagi tashlagan qadamingizda o‘z aksini topgan.[5]
— — Haydar Aliyev, Ozarbayjon xalqi Umummilliy lideri
Shayxulislom Allohshukur Poshozoda bir qator xalqaro ilmiy va diniy tashkilotning — Umumdunyo Islom Kongressi Idora Hay’atining, Yevroosiyo Islom Kengashi Idora Hay’atining va boshqa bir necha nufuzli xalqaro tashkilotlar aʼzosidir. U 2004-yildan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Dinlararo Kengashining hamsadridir. Shayxulislom hazratlari, shuningdek, „Katolik-pravoslav mazhablararo aloqalar komissiyasi“ guruhi aʼzosi (2006), UNESCO qoshidagi Din xodimlarining oliy darajali mashvarat guruhi aʼzosi (2009), BMT Dinlararo Mashvarat Kengashi aʼzosi, Umumjahon Islom Kongressi, Umumjahon xalq rahbarligi, Umumjahon Sulh Kengashi, Yevroosiyo Islom Kengashi, „Vijdonga chaqiruv“ Xalqaro fondi va bir qator boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlarning rayosat hay’atlari aʼzosi, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti qoshidagi Amnistiya komissiyasi aʼzosi, Iordaniya Islom Madaniyati Qirol Akademiyasi haqiqiy aʼzosi (2001), Xalqaro Fiqh Akademiyasi haqiqiy aʼzosi, Xalqaro Fiqh Tashkiloti taʼsischilaridan biri (2008), Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi musulmon diniy liderlari Mashvarat Kengashi sadri (2009) va KAICIID Xalqaro Dinlararo va Madaniyatlararo Muloqot markazi hamsadridir (2017).[3][4]
Shayxulislom Allohshukur Poshozoda 15-noyabr 1988-yilda sulhparvarlik faoliyatiga ko‘ra SSSRning Xalqlar do‘stligi ordeni bilan taqdirlandi. 1989-yilda SSSR xalq deputati, keyinchalik mustaqil Ozarbayjon deputati etib saylandi. Boku davlat universiteti professori, tarix fanlari doktori. 1992-yil 7-sentyabrda Checheniston poytaxti Grozniy shahrida o‘tkazilgan Kavkaz Uyi konferensiyasida Ozarbayjon, Dog‘iston, Kabarda-Balkariya, Gruziya, Ingushiya, Checheniston, Qorachoy-Cherkasiya, Adigeyning diniy xodimlari tomonidan Kavkaz xalqlari Oliy Diniy Kengashi sadri etib saylandi. 2003-yilda shayxulislomlik vazifasiga umrbod saylandi. [6] Dunyoning eng nufuzli 500 musulmon shaxsiyatidan biri hisoblanadi.[7] 1991-yilda Boku Islom Universitetini taʼsis etdi. Ashuro marosimlari vaqti qon berish aksiyasini boshlab berdi.
Shayxulislom Allohshukur Poshozoda tashabbusi bilan 2005-yilda „Shayxulislom ordeni“ taʼsis etildi. Bu ordenga sulh, tolerantlik, maʼnaviy qadriyatlarni asrab-avaylash va ularning taraqqiyoti yo‘lida katta xizmatlari uchun ilk marta Ozarbayjon xalqi Umummilliy lideri Haydar Aliyev loyiq ko‘rildi.
Shayxulislom Allohshukur Poshozoda va O‘zbekiston
Bizni yaratgan Alloh Taolodan kelgan bu marhamat to‘la va barakatli kunlarda O‘zbekistonni doim yuragingizga yaqin tutib, muvaffaqiyatlarimizga sevingan Siz aziz do‘stimiz, xalqlarimiz orasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalar rivojiga tuhfa berishingizni yana bir bor e’tirof etishni xohlardik.
Aʼzo bo‘lgan tashkilotlari
- Umumdunyo Islom Kongressi Idora Hay’atining, Yevroosiyo Islom Kengashi Idora Hay’atining va boshqa bir necha nufuzli xalqaro tashkilotlar aʼzosidir.
- 2004-yildan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Dinlararo Kengashining hamsadri, MDH musulmonlar Mashvarat Kengashi sadri etib saylangan.
- Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Dinlararo Kengashining hamsadri, „Katolik-pravoslav mazhablararo aloqalar komissiyasi“ guruhi aʼzosi (2006), * UNESCO qoshidagi Din xodimlarining oliy darajali mashvarat guruhi aʼzosi (2009),
- BMT Dinlararo Mashvarat Kengashi aʼzosi,
- Umumjahon Islom Kongressi, Umumjahon xalq rahbarligi, Umumjahon Sulh Kengashi, Yevroosiyo Islom Kengashi, „Vijdonga chaqiruv“ xalqaro fondi va bir qator boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlarning rayosat hay’atlari aʼzosi,
- Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti qoshidagi Amnistiya komissiyasi aʼzosi,
- Iordaniya Islom Madaniyati Qirol Akademiyasi vaqtinchalik aʼzosi (1986) va haqiqiy aʼzosi (2001),
- Xalqaro Fiqh Akademiyasi haqiqiy aʼzosi,
- Xalqaro Fiqh Tashkiloti taʼsischilaridan biri (2008),
- Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi musulmon diniy liderlari Mashvarat Kengashi sadri (2009).[3][4]
Ilmiy maqolalari
Shayxulislom Allohshukur Poshozodaning diniy-ijtimoiy faoliyati
Shayxulislomlik darajasi tarixan musulmon dunyosida katta martaba hisoblangan. „Islom shayxi“, „musulmonlar oqsoqoli“, „musulmonlar boshchisi“ maʼnolari dagi „shayxulislom“ laqabi taniqli fiqh olimlari, mashhur so‘fiy murshidlariga berilgan. So‘zma-so‘z „shayx“ xoja maʼnosida, „shayxulislom“ esa „Islom xojasi (muallimi)“, „diniy rahbar“ deganidir. Misr va Suriya mamluklari davrida eng mo‘tabar muftiylarga „shayxulislom“ deyilgan. Safaviylar davlatida shayxulislom shoh tomonidan tayinlangan bosh qozilardan biri bo‘lgan. Bir vaqtlar Istanbul muftiysi ham shayxulislom deb nomlangan. Usmoniylar davrida (XVI asrdan XX asr boshlarigacha) shayxulislom maqomi shunchalar yuksalib, obro‘si ko‘tarilganki, u nafaqat oliy salohiyatli din xodimi, din olimlarining boshchisi hamda mo‘tabar davlat shaxslaridan biri hisoblangan. Saroyda eng katta marosimlarga shayxulislom rahbarlik qilgan, sultonni u dafn qilgan, valiahddan qasamyodni u olgan va uni taxtga o‘tqizgan, qozilarni ham u tayinlagan. Xalifalik bekor qilinib, Turkiya Respublikasi tashkil topgach, bu mamlakatda shayxulislomlik lavozimi ham bekor qilindi. Lekin bir qator musulmon mamlakatlarida, shu jumladan, Kavkaz mintaqasida bu oliy maqom o‘zgarishlar bilan hozirgacha saqlanib qoldi.[11][3][4][5]
Shayxulislom nomi musulmon o‘lkalarida XI asrdan eʼtiboran muomaladadir. Yuqori qayd qilinganidek, bu nom shariat huquqi ilohiyotchilariga, oliy islom xodimlariga berilgan faxriy tituldir va asosan, faqihlarga berilar edi. „Fiqh“ arab so‘zi bo‘lib, lug‘aviy maʼnosi „bilmoq“, „tushunmoq“ demakdir. „Fuqe ha“ esa musulmon huquqini biluvchilarga, fiqh ilmi olimlariga nisbatan aytiladi. Aniqroq qilib aytganda, fiqhiy masalalar bilan shug‘ullanuvchi, fiqhdan dars beruvchi va yoki faqat bu sohada muvofiq taʼlim olgan va fiqh jihatdan jamiyatning turli masalalari borasida muhokama yurituvchi shaxs faqih deb nomlanadi. Faqih dini taʼlimga rahbarlik qilish huquqi bo‘lgani sababli bu sohada rahbarlik vazifasini bajaruvchi shayxulislom maqomi beriladi. Avvallar bu maqom asosan davlat rahbarlari maslahati, kafolati bilan din rahbarlariga berilardi. So‘nggi yillarda esa shayxulislom bu maqomga saylov usuli bilan majlislarda saylanadi.[11][3][4][5]
Shayxulislom nomi XIX asr boshlaridan eʼtiboran Kavkazortida Rossiya imperatori tomonidan shia jamiyati rahbariga berila boshlandi. Keyinchalik „Turkmanchoy“ shartnomasidan keyin Ozarbayjonning shimoliy qismini o‘z taʼsir doirasiga olgan chor Rossiyasi Kavkazda diniy masalalarni o‘z nazoratida va shia tariqatiga rahbarlik qilish uchun 1823-yilda shayxulislom vazifasini taʼsis etdi. Lekin ko‘p o‘tmasdan chorizm 1832-yilda sunniy tariqatiga diniy rahbarlik uchun muftiy vazifasini ham taʼsis etdi.[11][3][4][5]
Shayxulislom va muftiy 1872-yilgacha alohida faoliyat ko‘rsatgan, turli diniy masalalarni nizomlovchi fatvolar bergan. Shu sababli ham ilk Shayxulislom Muhammadali Husaynzoda shayxulislomlik vazifasini qo‘lga kiritgach, Kavkazda diniy masalalarga mutlaq rahbarlik qila olmasdi. Islom nuqtayi nazaridan mujtahidlik shayxulislomlikdan balandroq maqom hisoblansa ham u davrda yuz bergan siyosiy hodisalarni eʼtiborga olgan chor Rossiyasi shayxulislomning mujtahidga tobeligiga ruhsat bermasdi. Shu sababli diniy hukmlar izohida farqli mavqelar o‘rtaga chiqqanda bu vazifadagilar orasida turli ixtiloflar paydo bo‘lgan. Mujtahid Og‘a Shayx Ali bilan Shayxulislom Muhammadali Husaynzoda orasidagi ixtilof borgan sari keskinlashishi chor Rossiyasiga muammo tug‘dirgani sababli chor farmoni bilan mujtahidlik bekor qilindi va bu vazifada bo‘lgan shaxsning Kavkaz musulmonlari ichida faoliyati rasman taqiqlandi. Shunday qilib Shayxulislom Muhammadali Husaynzoda Kavkazda diniy masalalarning hal qilinishida to‘liq erkinlik va sheriksiz hokimiyatni qo‘lga kiritdi. Faqatgina diniy masalalar bilan kiyofalanmagan Shayxulislom Muhammadali Husaynzoda ayni vaqtda davlat xizmatchisi sifatida ham xizmat qilgan. XX asr boshlarida, yaʼni 1918-1920-yillarda tashkil topgan Ozarbayjon Demokratik Respublikasida „Mashixati Islomiya“ idorasi rahbari „shayxulislom“ deb nomlanardi. Shuningdek, 1921-yildan 1991-yilgacha sobiq SSSR da Kavkazorti Musulmonlari Islom Idorasining, 1991-yilda hozirgi kungacha esa Ozarbayjon Respublikasida Kavkaz Musulmonlar Idorasi (KMI) rahbariga berilgan nomdir. XIX asr boshlarida, 1823-yilda taʼsis etilgan Kavkazorti Musulmonlari Islom Idorasining markazi Tbilisida joylashgan edi. Tahminan yuz yil davom etgan shayxulislomlik markazi XX asr boshlarida, 1921-yilda Ozarbayjon poytaxti Bokuga ko‘chirildi. 1930-1944-yillar orasida shayxulislomlik faoliyati butunlay to‘xtatilsa ham 1944-yilda tiklandi va bugungacha davom etmoqda.[11][3][4][5]
Kavkaz Musulmonlar Idorasining taʼsis etilishi
XIX asr boshlarida Kavkazning (Kavkazorti) Rossiya imperiyasiga qo‘shib olinishi bilan bog‘liq hududda Islom taʼsislarining strukturasida ahamiyatli o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Yuqorida taʼkidlaganimizdek, 1823-yilda Kavkaz (Kavkazorti) shialariga boshchilik qilish uchun Tbilisida shayxulislom vazifasi taʼsis etildi. Bundan to‘qqiz yil so‘ngra, 1832-yilda Tbilisi shahrida Kavkaz sunniylarining rahbari bo‘lgan muftiy vazifasi ham taʼsis etildi. Lekin shayxulislom va muftiy maqomlarining taʼsis etilishi hali Kavkaz (Kavkazorti) Islom Idorasining tashkili degani emasdi. Ular faqat yagona qoidada faoliyat ko‘rsatuvchi diniy rahbarlar edi.[11][3][4][5]
Shayxulislom rahbarlik qilgan shia, muftiy rahbarlik qilgan sunniy musulmonlar idoralari chorizmning 1872-yil 5-apreldagi asosnomasi bilan tasdiqlandi va 1917-yil fevraliga qadar bu asosnoma asosida faoliyat ko‘rsatardi. Shayxulislom va muftiy chorning Kavkazdagi vakili tomonidan tayinlanardi. Islom idoralarining faoliyati esa chorizm usul-idorasi tomonidan boshqarilardi. Bular davlat idorasining bir bo‘limi hisoblanardi, musulmonlar esa chor mansabdorlari bilan barobar ko‘rilardi. Islom ideologiyasini imperiyaning saodati nomiga xayrixoh yo‘nalishga yo‘naltirish maqsadida chorizm Kavkaz shia va sunniy musulmonlarining boshqarilishi to‘g‘risida maxsus Nizomnoma ham eʼlon qildi. Ushbu Nizomnomaga ko‘ra, bu yerga (shialikda) shayxulislomlar, qozilar va oxundlar, sunniylikda esa muftiylar, imom-xatiblar, afandilar, shuningdek har ikki tomonga kiruvchi mullalar, muazzinlar, Islom dinining turli maddohlari, sayyidlar, murshidlar va boshqalar kirar edi. 1920-yilgacha Kavkazda, shu jumladan, Ozarbayjonda musulmonlar ikki darjaga bo‘linardi: shayxulislom, muftiy va b., shia va sunniy musulmon idoralarining, gubernatorlik musulmon majlislari aʼzosi, masjid mullalari. Shu bilan birga musulmonlar diniy ideologiya, ahkom, amaliy hayot masalalarini hal qilish va ularga diniy, ijtimoiy qiymat berish salohiyatiga ko‘ra uch guruhga ajratilgan edi: birinchi oliy guruhga Kavkaz idoralarining rahbarlari — shayxulislom va muftiylar, ikkinchi o‘rta guruhga gubernatorlik musulmon masjidlarining aʼzolari va qozilar, uchinchi quyi guruhga esa mahalliy masjid mullalari (oxundlar, imom-xatiblar, muazzinlar, mukabbirlar), amalayi-movtlar (janoza marosimini o‘tkazuvchilar) va boshqalar kirardi. Boku va Ganja (o‘sha vaqtdagi Yelizavetpol) gubernatorliklarining har birida shia va sunniy oqimlariga tegishli bo‘lgan, faoliyat ko‘rsatuvchi ikki gubernatorlik musulmonlar majlisining raisi joy olgandi. Har majlisda ikki nafar aʼzo va boshqa xodimlar faoliyat ko‘rsatardi. Maʼlumotga ko‘ra 1920-yilgacha kavkazortida 23 nafar shia, 16 nafar sunniy qozisi, 1823-yildan bugungi kungacha esa 12 shayxulislom va 11 muftiy bo‘lgan.[11][3][4][5]
Ozarbayjon Shayxulislomlari
Kavkaz Rossiya tomonidan bosib olingach, Islom o‘z tarixida ikkinchi marta regionda hokim din bo‘la olmadi. Lekin bu safar vaziyat butunlay boshqacha edi: agar XIII asrda mo‘g‘ullar tomonidan istilo etilgach, mahalliy musulmon ulamolarining butparast ishg‘olchilarni Islom dinini qabul qilishiga targ‘ib etish imkoni bo‘lgan bo‘lsa, XIX asrda buning aksi bo‘ldi, musulmonlar xristianlikning rasmiy din bo‘lgan davlatning tobesi bo‘ldilar. Shu sababli ulamolar Rossiyaning mintaqadagi siyosatiga manfiy munosabatda edilar. Buni Rossiyaning hokimiyat organlari ham juda yaxshi bilardi. O‘sha davrning hujjatlarida rus mansabdorlari necha martalab ko‘rsatar edilarki, faqat musulmon ulamolarini jiddiy nazorat ostiga olgachgina mintaqaning xristianlashtirilishi jarayoniga kirishish mumkin edi. Bu jarayonni esa Rossiyaning hokimiyat doiralari Eron va Usmoniylar imperiyasi bilan urushlar tugagachgina boshlay olardilar.
- Shayxulislom Oxund Muhammadali Husaynzoda (ozar.)
- Shayxulislom Oxund Fozil Irevaniy (ozar.)
- Shayxulislom Oxund Ahmad Husaynzoda (ozar.)
- Shayxulislom Oxund Mirza Hasan Tohirzoda (ozar.)
- Shayxulislom Oxund Abdusalom Oxundzoda (ozar.)
- Shayxulislom Oxund Muhammadhasan Ismoil o‘g‘li Mavlozoda Shakaviy (ozar.)
- Shayxulislom Oxund Muahmmadali Farajulloh Pishnamozzoda (ozar.)
- Shayxulislom Oxund Og‘a Alizoda (ozar.)
- Shayxulislom Oxund Mirmuhsin Shayx Ali o‘g‘li Hakimzoda (ozar.)
- Shayxulislom Mulla Aliog‘a o‘g‘li Sulaymonzoda (ozar.)
- Shayxulislom Oxund Mirgazanfar Ibrohimov (ozar.)
- Shayxulislom Allohshukur Poshozoda
Tashabbuschisi va tashkilotchisi bo‘lgan xalqaro ilmiy konferensiyalar
- 1998-yilda „Zamonaviylik va diniy-maʼnaviy qadriyatlar“
- 2003-yilda „Allohning lutfi, xalq xaloskori“
- 2004-yilda „Globallashuv va islom“
- 2005-yilda „Globallashgan dunyoda islom“
- 2006-yilda „Tolerantlik namunasi — Ozarbayjon“
- 2006-yilda „Islomda sabr-bardosh“
- 2010-yilda Bokuda o‘tkazilgan Dunyo Din Xodimlari Sammiti
Mukofotlari
- AZE „Shuhrat“ ordeni
- AZE „Istiqlol“ ordeni (1999)
- AZE „Sharaf“ ordeni
- AZE „Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining faxriy diplomi“
- Sovet Ittifoqi „Xalqlar do‘stligi“ ordeni (1988)
- EGY I darajali „Al-ilm va amal“ ordeni (1992)
- EGY „Shuhrat“ ordeni (1994)
- RUS Rus Pravoslav Cherkovining birinchi darajali „Muqaddas Vladimir“ ordeni (2001)
- RUS Rus Pravoslav Cherkovining „Shuhrat va sharaf“ ordeni
- RUS I darajali „Muqaddas Sergey Radonejevskiy“ ordeni
- RUS Rossiya Muftiylar Kengashining I darajali „Al Faxr“ ordeni
- RUS Boku va Kavkazbo‘yi Yeparxiyaning I darajali „Muqaddas Apostol Varfolomey“ ordeni
- RUS Shimoliy Kavkaz Musulmonlari Koordinatsiya Markazining I darajali „Ummat oldidagi xizmatlari uchun“ ordeni
- RUS „Dostlik“ ordeni
- RUS „Shuhrat“ ordeni
- RUS Checheniston Respublikasi Milliy Qahramoni „Koman Turpal“ ordeni
- RUS Kadirov ordeni
- RUS „Sharaf“ ordeni (2009)
- RUS Rus pravoslav cherkovining I darajali „Muqaddas mo‘min Moskva knyazi Danil“ ordeni
- „Muqaddas Grigoriy“ ordeni
- JOR I dərəcəli „Qirol Husayn“ ordeni
- SRB „İmperator Buyuk Konstantinning“ oltin tangasi
- GEO „Qo‘chqorning oltin terisii“ ordeni
- GEO „Sharaf“ ordeni (2001)
- „İNTERSAFETY“ terrorizm, korrupsiya, ekologiya jinoyatlariga qarshi Xalqaro Xavfsizlik Qo‘mitasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Mukofotlar Ittifoqining (UNCOPA) „Yarimoy va Yulduz“ ordenining oliy darajasi
- Xalqaro Ekoenergetika Akademiyasining oltin medali
- Sulh Fondlari Xalqaro Assotsiatsiyasi, Umumjahon Veteranlar Federatsiyasi va „Xalq xotirasi“ Xalqaro Veteranlar Fondining taʼsis etgan xotira medali (2007)[12]
U to‘g‘risida
Shayxning hayot va faoliyati bilan bog‘liq quyidagi kitoblar va yuzlab maqolalar nashr etilgan:
- O‘n ikkinci Shayxulislom
- Marhamatli va shafqatli qalb
- Shayxulislom: ijtimoiy xodim, olim
- Bizning bir shayximiz bor
- Muqaddas umr onlari
- Shayxulislom Allohshukur Poshozoda: fan va din birligi
- Kavkaz Musulmonlar Idorasi va Armaniston-Ozarbayjon nizolari
- İkki asr Shayxulislomi
- Alloh lutfi: 25 yil Shayxulislom
- Shayxulislom-Taqdir
- Nuri yo‘lning oqil sayyohi
- Sharaf va Shuhrat cho‘qqisi i
- Shayxulislom: anʼana va zamonaviylik birligi
- Shayxulislom Allohshukur Poshozodaning orden va medallari (4 tilda)
Adabiyot
|
|
Manbalar
- ↑ Qafqaz Müsəlmanlari İdarəsinin Sədri
- ↑ Tarix İnstitutunda növbəti dissertasiya müdafiələri keçirilib
- ↑ 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 3,10 ŞEYXÜLİSLAMLIQ ZİRVƏSİ
- ↑ 4,00 4,01 4,02 4,03 4,04 4,05 4,06 4,07 4,08 4,09 4,10 Həyat yolu və fəaliyyəti
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 5,6 5,7 On ikinci Şeyxülislam Şeyxülislam Allahşükür Paşazadə – 65
- ↑ Modern.az - Ömürlük şeyxülislam
- ↑ Trend-Az - Azerbaijani president included in "500 most influential Muslims of world" book
- ↑ Shayxulislom Ollohshukur Poshozoda: Shavkat Mirziyoev O’zbekistonni yanada yuksak marralarga eltuvchi munosib rahbar
- ↑ “Islom hamjihatligi: O‘zbekiston-Ozarbayjon misolida” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
- ↑ Shavkat Mirziyoyev Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshozodani qabul qildi
- ↑ 11,0 11,1 11,2 11,3 11,4 11,5 Nur yolunun müdrik səyyahı
- ↑ Qafqaz Müsəlmanları İdarəsinin sədri Rus pravoslav kilsəsinin ordeni ilə təltif edilib. qafqazislam.com, 27.09.2014. (Ozarbayjoncha)