Parfiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 4:
 
P.ning garbiy qismida ibodatxonalarning turli-tuman tiplari mavjud boʻlib, yunon-rim meʼmorligining kuchli taʼsiri koʻzga tashlanadi, shu bilan bir qatorda ayvonli binolar qurilgan. Devoriy rasmlar, xudo va podsholarning haykallari bino bezagining bir qismiga aylantirilgan. Suyakdan ishlangan ayol haykalchalari saqlangan.
 
'''Parfiya podsholigining kuchayishi''', Antiox III vafotidan so`ng Salavkalar davlati kuchsizlanib qoladi. Bu vaziyatdan foydalangan Parfiya shohi Mitridat I miloddan avvalgi (171–138) Midiya bilan Bobilni bosib olib miloddan avvalgi 141-yilda o`zini «Bobil podshosi» deb e`lon qiladi.
Miloddan avvalgi 140–120-yillarda shimoldan saklarning xujumi boshlanib, Yunon-Baqtriya davlati ag`darib tashlanadi. Saklarning jangovar qismlari Parfiya qo`shinlari bilan ham to`qnashadilar. Bu janglarda ikki Parfiya shohi halok bo`ladi. Saklar Erimander, Xerirud daryolari oralig`idagi viloyatga borib joylashadilar. Shundan boshlab bu viloyatni Sakiston deb ataydigan bo`ldilar.