Koreya Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Eniisi Lisika (mun.) tomonidan qilingan 1987573-sonli tahrir qaytarildi
Teg: Bekor qilindi
Qator 20:
Koʻguryo Vey, Shuy va Tang kabi xitoylar bilan bir necha marta jang qildi va chekindi, 668-yil, Shilla-Tang ittifoqi vaqt oʻtishi bilan qirollikni qulatishga olib keldi.
 
Eramizdan avvalgi (e. a.) II asrda Xitoy yozuvi ("hanja") ieroglifni qabul qilishi, eramizning IV asrida [[Buddizm]]ning kirib kelishi Koreyaning Uch Qirolligiga teran taʼsir koʻrstatdi. Koreyslar keyinchalik ushbu taʼsirni [[Yaponiya]]ga oʻtkazdi.
 
[[667]]-yilda Uch Qirollikning Shilla tomonidan birlashtirilishi Shimol-Janubiy Davlat davriga olib keldi. Koreya yarimorolini Shilla, Manchuriyani esa Balhe boshqardi. Birlashgan Shilla davri Koreyaning madaniyati eng rivojlangan, yaʼni madaniy uygʻonish davri hisoblanadi. Shoirlik va sanʼatga dalda berildi.
Qator 69:
[[1945]]-yilda SSRI va AQSh Koreyani birgalikda boshqarish toʻgʻrisida shartnomaga qoʻl qoʻyishadi. Ikki katta davlat Koreyani 38-parallel chizigʻidan boʻlishib olishadi.
 
[[1950]]-[[1953|53]]-yillarda boʻlib oʻtgan Koreya urushi Shimol va Janub oʻrtasida harbiysizlashtirilgan hudud oʻtkazilishiga sabab boʻladi. Shunday qilib bir butun Koreya davlati shimolda Kommunistik boshqaruvli Koreya Xalq Demokratik Respublikasi va janubda kapitalistik boshqaruvga ega boʻlgan Koreya Respublikasiga boʻlinib ketadi.
 
=== Birinchi respublika ===
Qator 88:
 
=== Uchinchi respublika ===
 
 
Uchinchi Respublika davrida Yaponiya bilan tinchlik shartnomasi tuziladi. Koreya Respublikasi oʻz hududida AQSh harbiy bazalarining joylashiga qonuniy tarzda ruxsat bergandan soʻng, AQSh bilan boʻlgan aloqalari yanada kuchayadi. Undan tahsqari, Koreya Respublikasi AQSh harbiylarining [[Vyetnam]]da olib borgan urushida 320 000 askar bilan quvvatlab turadi, yaʼni Koreya Respublikasi oʻz harbiylarini Vetnamga AQSh harbiylariga yordam berish uchun yuboradi. Bu esa oʻz natijasini bermay qolmaydi, AQSh Koreya Respublikasini har tomonlama qoʻllab-quvvatlay boʻshlaydi.
Qator 122 ⟶ 123:
Yarimorolda shunday koʻp daryo va tasvirlar chizilgan togʻlar borki, shunga koreyslar koʻpincha oʻz davlatini chiroyli tillarang parchalarga qiyoslashgan. Togʻning eng baland choʻqqisi Shimoliy Koreyada joylashgan Pektusan boʻlib, Xitoy chegarasi boʻlab dengiz sathidan 2744 m balandlikka koʻtarilgan. Pektusan togʻida oʻchgan vulqonlar boʻlib, uning ogʻzida "Chonji" deb nom olgan katta koʻl paydo boʻlgan. Bu togʻ Koreya ruhi hisoblanib, Koreya Respublikasining madhiyasi matnida bu haqda eslatilgan.
 
Nisbatan katta boʻlmagan Koreya yarimorolida yetarlicha koʻp katta va kichik daryolar oqadi. Ushbu suv arteriyalari koreyslar hayot tarzi va mamlakatini sanoatlashitirishda muhim rol egalladi. Koreyaning eng katta ikki daryosi - bu Naktongkang (525 km) va Koreya poytaxti Seuldan oʻqib oʻtadigan Hankang (494 km). Hankang daryosi uzoq tarixda uning qirgʻoqlarida rivojlangan aholiga muhim ahamiyatga ega boʻlganidek bugungi kunda ham zich aholining hayotida muhim ahamiyatga ega.
 
Koreyaning uch tomonini yuvib turuvchi dengizlar ham aholi hayotida uzoq davrlardan beri muhim rolga ega boʻldi. Shuning uchun ham dengizshunoslik va kemasozlik sanoati tez rivojlandi.
Qator 128 ⟶ 129:
=== Iqlimi ===
[[Tasvir:Korea-Seoul-Cheonggyecheon-2008-01.jpg|thumb|left|220px|[[Seul]]dan oqib oʻtadigan [[Cheonggyecheon]].]]
Koreya iqlimi - moʻtadil, bir-biridan keskin farq qiladigan toʻrt faslga ega. [[Bahor]] qisqa boʻlishiga qaramasdan juda ham yoqimli va quyoshli boʻladi. [[Yoz]]da esa issiq va namlik yuqori boʻlib, iyul oylarida yomgʻirga boʻy boʻladi. [[Kuz]] fasli yorqin tilla va qizil ranglar bilan boʻyalib ajoyib rang-barang panoramani yaratadi. [[Qish]] sovuq va quruq kelib vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Janubi-gʻarbdagi Jeju-do oroli yumshoq subtropik iqlimga ega. Koreya tumanlari oʻrtasidagi [[harorat]] farqi juda katta, oʻrtacha hisobda 6 °C dan 16 °C gacha boʻladi. Yilning eng issiq oʻyi boʻlgan avgustda esa harorat 19 °C va 35 °C orasida boʻladi, eng sovuq oyi yanvarda esa harorat minus 8 °C gacha tushib ketadi.
 
Bahor faslining boshlarida shamol Xitoyning shimoliy qismidagi choʻllaridan sariq qum va tuproqlarni uchurib keladi. Ammo aprel oyi oʻrtalarida haqiqiy bahor nafasini his qilish mumkin boʻladi, togʻlar va maysazorlar esa ajoyib gullarga boʻyalgan boʻladi. Shu vaqtda dehqonlar dalalarni guruch ekishga tayyorlaydi.
Qator 138 ⟶ 139:
Koreya [[hukumat]]i uchta qismga boʻlingan: ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimyati. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar davlat darajasida faoliyat koʻrsatadi. Mahalliy vazifalarni ijro etuvchi boʻlimdagi turli vazirliklar amalga oshiradi. Mahalliy hokimyat yarim-[[muxtoriyat|muxtor]] boʻlib, oʻzining ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi boʻlimiga ega. Sud hokimiyati davlat va mahalliy darajada faoliyat koʻrsatadi.
 
Koreya hukumatining tuzilishi Koreya Respublikasining konstitutsiyasi bilan belgilanadi. Bu hujjat [[1948]]-yil kuchga kirgandan buyon bir necha marta tahrir qilindi. Ammo bir necha palata xususiyatlari oldingidek qoldi; Ikkinchi Koreya Respublikasidan tashqari barcha hukumat mustaqil bosh ijro etuvchi - prezidentga ega boʻldi.
 
Puxta uch hokimiyatli tizim bu tekshiruv va muvozanatning ehtiyotkor tizimidir. Masalan, konstitutsiyaviy sudning sudyalari qisman ijro etuvchi, qisman qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan tayinlanadi. Shuningdek, [[impichment]] rezolutsiyasi qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan berilib, sud hokimiyati soʻnggi qarorni qabul qiladi.
Qator 150 ⟶ 151:
1950—53-yillarda boʻlib oʻtgan Koreys Urushi Janubiy Koreya iqtisodiyoti rivojlanishiga katta putur yetkazdi. Bir xalqning oʻzaro urushib ikki qismga boʻlinishi Koreya tuprogʻida buzgʻunchilik va alamli xotiralarni qoldirdi. Urush qurbonlari va nogironlar soni 1,5 mlnni tashkil etadi. Urushning moddiy zarar qiymati 1953-yil narxlarida 3,1 mlrd [[AQSh dollari]]ni tahskil etdi.
 
Janubiy Koreyaning urushdan koʻrgan zarari 1953-yilgi Milliy Yalpi Maxsulot (YMM)ning 85%ini tahskil etti. Urushdan keyingi qayta tiklanish davrida (1953—19601953-1960-yy) rivojlanish darajasi xorijiy davlatlarning yordamlari boʻlishiga qaramay past boʻldi. Shunday boʻlsa-da, 1953-yildan 1995-yilgacha oʻrtacha Milliy Yalpi Maxsulot oʻsishi 7,6%ni tashkil etdi, bu esa 21 marta oʻsganligidan dalolat berdi.
 
Bu vaqt davomida aholi yillik oʻsishi 2,2%, YMM real daromadi aholi boshiga 5,6%ni, yani 9,3 marta oʻsishni tahskil etdi. 1953-yildan 2007-yilgacha Janubiy Koreya YMM 2,3 mlrddan 1,2 trln AQSh dollariga oʻsdi. Aholi boshiga YMM daromadi qiymati 67 AQSh dollaridan 24 600 dollarga oʻsganini koʻrsatadi.