Koreya Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 121:
Yarimorolda shunday koʻp daryo va tasvirlar chizilgan togʻlar borki, shunga koreyslar koʻpincha oʻz davlatini chiroyli tillarang parchalarga qiyoslashgan. Togʻning eng baland choʻqqisi Shimoliy Koreyada joylashgan Pektusan boʻlib, Xitoy chegarasi boʻlab dengiz sathidan 2744 m balandlikka koʻtarilgan. Pektusan togʻida oʻchgan vulqonlar boʻlib, uning ogʻzida "Chonji" deb nom olgan katta koʻl paydo boʻlgan. Bu togʻ Koreya ruhi hisoblanib, Koreya Respublikasining madhiyasi matnida bu haqda eslatilgan.
 
Nisbatan katta boʻlmagan Koreya yarimorolida yetarlicha koʻp katta va kichik daryolar oqadi. Ushbu suv arteriyalari koreyslar hayot tarzi va mamlakatini sanoatlashitirishda muhim rol egalladi. Koreyaning eng katta ikki daryosi - bu Naktongkang (525 km) va Koreya poytaxti Seuldan oʻqib oʻtadigan Hankang (494 km). Hankang daryosi uzoq tarixda uning qirgʻoqlarida rivojlangan aholiga muhim ahamiyatga ega boʻlganidek bugungi kunda ham zich aholining hayotida muhim ahamiyatga ega.
 
Koreyaning uch tomonini yuvib turuvchi dengizlar ham aholi hayotida uzoq davrlardan beri muhim rolga ega boʻldi. Shuning uchun ham dengizshunoslik va kemasozlik sanoati tez rivojlandi.