Montevideo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k added Category:Urugvay using HotCat
Innotata (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Fayl:Pocitos, 2017.jpg|thumb]]
'''Montevideo''' — [[Urugvay]] poytaxti. Montevideo departamentining maʼmuriy markazi. La-Plata qoʻltigʻining shim. sohilida joylashgan. Aholisi 1,4 mln. kishi (1997). Iklimi subtropik, sernam iqlim; yanvarda oʻrtacha temperatura 23°, iyulda 10°. Yillik yogʻin 1000 mm. M.ga 1726 yilda ispanlar asos solgan. 1777 yilda Portugaliya, 1807 yilda Buyuk Britaniya bosib olgan. 1816—28 yillarda Braziliya tarkibida boʻlgan. 1828 yil avg . dan mustaqil Urugvay poytaxti. M. — mamlakatning muhim sanoat, savdo va moliya markazi. M.dagi yirik sanoat korxonalarida mamlakat sanoat mahsulotining 80% ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat, neftni qayta ishlash, sement, metallurgiya va shina zavodlari, kimyo (oltingugurt ktasi va oʻgʻitlar ishlab chiqarish), farmatsevtika va toʻqimachilik sanoatlari, metallsozlik, elektronika, koʻn-poyabzal korxonalari, mamlakatda eng yirik qogʻoz f-kasi va boshqa bor. M.da chet el monopoliyalari va banklarining filiallari joylashgan. M. — yirik temir yoʻl va shosse yoʻllar tuguni. Dengiz porti. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Chetga goʻsht mahsulotlari, jun, teri xom ashyosi, oʻsimlik yogʻi eksport qilinadi; chetdan mashina va jihozlar, qora metall, neft, oʻrmon mahsulotlari keltiriladi.M. va unga yondosh La-Plata qoʻltigʻi sohillari dengiz ikdimi kurorti rni hisoblanadi.