Mironshoh: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
k + 1 × [[]]
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Mironshoh''', Jaloliddin Amiranshoh ([[1366]]—[[1408]]) — [[Xuroson (tarixiy viloyat)|Xuroson]] ([[1380]]), [[Eron]], [[Iroq]] ([[1393]]) va [[Eron Ozarbayjoni]] ([[1402]]) qukmdori. [[Amir Temur]]ning 3-oʻgʻli. Onasi Minglibiy ogʻo. M. Temurning Xuroson yurishida qatnashgan (1380). Temur M.ni Xurosonga hokim, 1393 yil Eron va Iroq hukmdori qilib tayinlaydi. Temur 1397 yil M. bilan birga Eron Ozarbayjoniga yurish qilib 1402 yil uni egallaydi va M.ga topshiradi. M. oʻz [[poytaxt]]ini [[Tabriz]]dan Ozarbayjonning [[Sultoniya]] [[shahar|shahri]]ga kuchiradi. 1382 yilda marhum akasi [[Jahongir Mirzo|Ja-hongir Mirzo]]ning katta bevasi [[Xonzoda begim|Xonzoda (Sevin beka) begim]]ga uylanadi. Xonzoda begim [[Oʻzbekxon Sulton Muhammad|Oʻzbekxon]]nint [[nabira]]si boʻlgani tufayli "[[Koʻragon]]" degan [[nom]]ni olishga musharraf boʻladi. [[XV asr|15-asr]]ning oxiridagi [[diplomatik yozishma]]lardan hozirgacha saqlanib qolgan va [[lotin tili]]da boʻlgan ikki [[hujjat]] (xususan, Angliya [[qirol]]i [[Genrix|Genrix IV]] bilan yozishmalar) M. nomi bilan bogʻliq. Keyingi paytlarda M. maishatga berilib, [[davlat]] ishlariga qaramay koʻyadi. [[Uzluklilik va uzluksizlik|Uzluksiz]] [[bazm]] va koʻngil ochar [[oʻyin]]lar [[xazina]]ga sezilarli darajada zarba beradi. [[Mamlakat]]da tartib buziladi. Bundan xabar topgan Amir Temur [[1399]] yil Sultoniyaga kelib M.ni hokimiyatdan chetlatadi. 1408 yil 21 aprelda M. Ozarbayjon hukmdori Kora Yusuf bilan boʻlgan [[jang]]da oʻldiriladi va [[Surxob]] tumaniga dafn qilinadi. Bir necha muddat oʻtgach, uning xoki [[Shahrisabz|Shaxrisabz]]ga — Temuriylar [[daxma]]siga, keyinchalik esa [[Samarqand]]ga olib kelinib [[Goʻri Amir]]ga dafn etiladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==