Murmansk viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Akhemen (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Murmansk viloyati''' ({{lang-ru|Мурманская область}}) — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1938 yil 28 mayda tashkil qilingan. Shimoliy iqtisodiy r-ngarayonga kiradi. Rossiya Yevropa qismining shim.-gʻarbida, Kola ya.o.yarim orol va materikning bir qismida joylashgan. Oq va Barens dengizlari bilan oʻralgan. Fap-bda Norvegiya va Finlyandiya bilan chegaradosh. Maydoni 144,9 ming km². Aholisi 1016,6 ming kishi (1998). Asosiy aholisi ruslar (82,3 %), shuningdek, ukrain, belorus, saamlar, karellar va boshqa yashaydi. Shahar aholisi 91,8 %. Markazi — Murmansk shahri 5 maʼmuriy tumanga boʻlingan. 16 shahar va 16 shaharcha bor. Murmansk viloyati yer yuzasi past togʻlar, qirlar va botiklardan iborat. Kolaya.o.ningKolayarim orolning maydoni 100 ming km²ga yaqin. Shim. sohili baland, tik, jan. dagisi past, qiya. Yarim orolning gʻarbiy qismida Xibin togʻlari (balandligi 1191 m gacha) joylashgan. Markaziy qismida Keyvi suvayirgʻich gryadasi bor. Kola ya.o.yarim orol Boltiq qalkrnining shim.- sharqiy chekkasini tashkil qiladi. Murmansk viloyati da apatit rudalari, glinozem xom ashyosi, nikel va boshqa bor. Iqlimi Kola ya.o.yarim orol janubiy kismida moʻʼtadil, dengiz iqlimi, shim. kismida subarktik, nisbatan yumshoq. Yanv. ning oʻrtacha temperaturasi shim.da —8°, markaziy qismida —13° gacha, iyulniki shim.da 8° va markaziy qismida 14°. Yillik yogʻin 350&nbsp;mm dan 1000&nbsp;mm gacha (togʻli r-nlarda). Murmansk viloyatida qutb kuni va qutb tuni almashinib turadi. Vegetatsiya davri 80—130 kun. Koʻp sonli ostonali daryolar va koʻllar bor. Shimoli yoʻsinlishaynikli tundra, jan.rogʻi oʻrmonli tundra va taygadan iborat. Tuproklari, asosan, podzol, botqoq, shim.da tundra tuproklari. Yovvoyi hayvonlardan bugʻu, los, rosomaxa, ayiq, tiyin, suvsar, tulki, oq tulki, ondatra, norka, oq sichqon, quyon yashaydi. Baliq turi koʻp. Murmansk viloyatida Laplandiya, Kandalaksha, Pasvik qoʻriqxonalari bor. Konchilik, rangli metallurgiya va baliq sanoatlari rivojlangan. Murmansk viloyatida dengiz suvi koʻtarilishi (qalqishi) va kaytishi bilan ishlaydigan Kislaya Guba elektr stansiyasi qurilgan. Yirik GRES bor. Sanoatining asosiy tarmoqlari: konchilik (temir rudasi, apatit-nefelin, misnikel rudalari), rangli metallurgiya (birlamchi alyuminiy, tozalangan mis, nikel), baliq sano-ati, kimyo (apatit konsentrati), qora metallurgiya (temir rudapi konsentrat). Yirik korxonalari — "Severoni-kel", "Pechenganikel" k-tlari (tozalangan mis, nikel, kobalt, oltin-gugurt kislotasi), Kandalaksha alyuminiy zavodi (birlamchi alyuminiy), Olenegorsk, Kovdor ruda boyitish k-tlari, "Murmanribprom" korxonasi, "Nerpa" kemaremont zavodi. Kola AES, daryolarida GES kaskadlari bor. Asosiy sanoat shaharlari: Murmansk, Apatit, Kandalaksha, Monchegorsk, Kirovsk, Olenegorsk. Murmansk viloyatiningetakchi tarmogʻi — chorvachilik. Krramol (sut-goʻshtli zotlari), choʻchqachilik, bugʻuchilik, parrandachilik rivojlangan. Transport yoʻli 900&nbsp;km dan ziyod, shundan 341&nbsp;km elektrlashtirilgan. Dengiz transporti muxim rol oʻynaydi. (asosiy porti — Murmansk). Avtomobil yoʻllari — 2 ming km. Aeroport bor. Muntazam havo liniyalari Murmanskiy Moskva, Sankt-Peterburg , Arxangelsk, Petrozavodsk shaharlari bilan bogʻlaydi. 3 oliy o'quv yurti, Rossiya FA ning Kola filiali, Qutb i. t. markazi, dunyoda eng shim. Qutbiy botanika bogʻi va boshqa ilmiy muassasalar mavjud. 2 muzey, 2 teatr, sanatoriy bor.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==