Malayziya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k removed Category:Davlatlar using HotCat
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Malaziya_info}}
'''Malayziya''' (Persekutuan Tanah Malaysiu) — Janubiy-Sharqiy Osiyodagi davlat. Hududini Jan. Xitoy dengizi ikkiga ajratib turadi; Gʻarbiy M. (Malayya) Malakka ya.yarim o.ningorolning jan.da, Sharkiy M. Kalimantal o.ning shim. qismida joylashgan. Maydoni 332,8 ming km². Aholisi 22,2 mln. kishi (2001). Poytaxti — [[Kuala Lumpur|Kuala-Lumpur]] shahri Maʼmuriy jihatdan 13 shtat va 2 federal hududga boʻlinadi.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 6:
 
== Tabiati ==
M. ekvator mintaqasida joylashgan. Malakka ya.yarim o.ningorolning katta qismini tepaliklar, past va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar (balandligi 1000–2000 m; eng baland joyi — Taxan togʻi, 2190 m) egallagan. Sohil qismlari (eni 90 km gacha) pasttekislik. Kalimantan orolining sohillari ham tekislik, oʻrta qismi tepaliklar va 2000–2400 m balandlikdagi togʻlardir. M.dagi eng baland joy — Kinabalu togʻi (4101 m). Iklimi ekvatorga xos, shimolrogʻida subekvator mussonli iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura yil davomida 25°—28°, Yillik yogʻin sohillarda 2000–5000 mm. Daryolari (Rajang , Paxang , Baram, Kinabatangan va boshqalar) sersuv. Tuproklari podzollashgan laterit, payettekisliklarda allyuvial tuproklar. Yer yuzasining 3/4 qismi doim yashil nam tropik oʻrmon. Palma, bambuk, togʻlarida eman, dafna va boshqa oʻsadi. Oʻrmon hayvonlari koʻp. Yirik hayvonlardan fil, ikki shoxli karkidon, himolay ayigʻi, yoʻlbars, qoplon, yovvoyi buyvollar, shuningdek, maymun, timsoh, boʻgʻma ilonlar bor. Tropik oʻrmonlarning oʻsimlik va hayvonot dunyosi Taman-Negara, Bako milliy bogʻlarida qoʻriqlanadi.
 
Aholisining 54 % malayyalar, 34 % xitoylar, 10 % hindlar va b, Davlat tili — Malayziya tili, Davlat dini — islom, Shahar aholisi 43 %. Yirik shaharlari: Kuala-Lumpur, Jorjtaun, Ipox, JoxorBaru va boshqa
 
== Tarixi ==
M. hududida odam ilk paleolit davridan yashaydi. Miloddan avvalgi 3—1ming yilliklarda Malakka ya.yarim o.gaorolga Xitoyning jan.-gʻarbidan avstronez qabilalar kelib oʻrnashgan. Milodiy 1ming yillik boshlarida Markaziy Sumatradan malayyalarning ajdodlari koʻchib kelgan.
 
Malakka ya.yarim o.orol aholisining Hindiston bilan savdo va madaniy aloqalari bu yerda ilk davlatlarning yuzaga kelishida katta ahamiyat kasb etgan. Bunday davlatlar Malakka ya.yarim o.ningorolning shi-m.da, daryolarning quyilish joyidagi shaharlarda vujudga kelgan. Bu shahardavlatlar 3—14-asrlarda oʻzidan kuchliroq qoʻshni davlatlarga tobe boʻlgan.
 
15-asrda va 16-asr boshlarida Malakka ya.yarim o.orol, Riau arxipelagi va Sumatra o.ningorolning sharqiy qismi Malakka sultonligi qoʻl ostida birlashtirildi. 1511 yil Malakka sultonligini Portugaliya bosib oldi. M. hududining gʻarbiy qismi — Malayyada bir necha sultonliklar tashkil topdi, bulardan eng yirigi — Joxor 16— 18-asrlarda butun Malayya ni oʻz hokimiyati ostida birlashtirishga harakat qildi. 1641 yil Malakkani gollandlar bosib oldi. 18-asr oxiridan Malayya davlatiga ingliz mustamlakachilari taʼsir koʻrsata boshladi. 1786—1888 yillar davomida inglizlar hozirgi M. hududining katta qismini bosib oldi. Mustamlakachilarga karshi urush hamda qoʻzgʻolonlar boʻldi (1791, 1831-32, 1875-76, 1891-94 va h. k.).
 
[[Ikkinchi jahon urushi|2-jahon urushi]] davrida M.ni yapon armiyasi bosib odni. 1943 yil M.da boskinchilarga qarshi xalq armiyasi tuzildi. 1945 yil 2 sentabrda yapon bosqinchilari xalq armiyasi tomonidan tormor etiddi, mamlakatda demokratik hokimiyat organi — xalq qoʻmitalari tuzildi. Koʻp oʻtmay ingliz mustamlakachilari M.ga qaytib, ilgarigi bosqinchilik tartibini oʻrnatishga harakat qildilar. Ayni vaqtda mustamlakachilar milliy ozodlik harakatiga siyosiy nayrang yoʻli bilan putur yetkazishga intildilar. 1946 va 1948 yillardagi konstitutsiya islohotiga koʻra, Singapur Malayyadan ajratildi. Malayya 1946 yildan Malayya Ittifoqi va 1948 yildan Malayya Federatsiyasi deb ataddi. 1946 yil Saravak va Sabax Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylandi. 1948 yil iyunda ingliz hokimiyati mamlakatdagi milliy ozodlik harakatiga qarshi hujumga oʻtdi. 1949 yil fevralda malayya xalqining Ozodlik armiyasi tuzildi. 1955 yil Malayya Federatsiyasining qonun chiqaruvchi kengashiga saylovda Federatsiyaning Britaniya Hamdoʻstligi doirasida mustaqilligini yoklab chiqqan Uch partiya ittifoqi (1957 yildan Ittifoq partiyasi) gʻalaba qozondi. 1957 yil 31 avg . daavgustada Malayya Federatsiyasi mustaqilligi eʼlon qilindi. 1963 yil 9 iyunda Londonda Buyuk Britaniya, Malayya Federatsiyasi, Singapur, Sabax va Saravak oʻrtasida M. Federatsiyasi tashkil topganligi toʻgʻrisida oʻzaro bitim imzolandi; 1965 yil M. bilan Singapur hukumati oʻrtasida kelishmovchilik boʻlib, Singapur Federatsiya tarkibidan chiqib ketdi. M. 1963 yildan [[BMT]] aʼzosi. 1992 yil 1 yanvarda UzR bilan diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan. M.ning milliy bayrami — 31 avg . — Milliy kun (1957).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Qator 36:
Adabiyoti malayya, xitoy, tamil va ingliz tillarida. Malayya tilida yaratilgan adabiyoʻt asosiy oʻrinni egallaydi. 7-asrda tarixiy, huquqiy, diniy mavzulardagi asarlar, avliyo-anbiyolarning qissalari, nasihatgoʻylik adabiyoti yaratila boshladi. Malayya adabi-yotining yangi davrini boshlab bergan adib Abdullo ibn Abdulqodir Munshiydir. U oʻzining „Abdullo haqida qissa“ (1849) asarida ijtimoiy tengsizlik, johilliklarni tanqid qiladi. 1925—26 yillarda Sayd Shayx ibn Axmad al-hodining zamonaviy Misr hayotidan olib yozgan „Farida Xonim“ romani maydonga keldi. Keyinchalik Ahmad Navobi bin Muhammad Ali, Ahmad ibn Ismoil va boshqa ham koʻplab asarlar yarata boshladilar. Ahmad bin Hoji Muhammad Rashid Tol ilk bor malayya qahramonlari ishtirokidagi „Haqiqiy doʻst“ (1927), „Bu Salmami?“ (1928) va boshqa romanlar yaratdi.
 
30-y, lardayillarda yaigi indonez adabiyotining taʼsiri kuchaydi; A. Samad bin Ahmad, A. Baxtiyor, R. Mansur va boshqalarning milliy ruhdagi romanlari paydo boʻldi. Xususan, milliy harakat arbobi Abdulloh Siddiqning „Birga kurashaylik“ (1941) romanida vatanpar-varlik va mustamlakachilarga qarshi kurash mavzulari keng yangradi.
 
50-yillarda adabiyotda asosiy oʻrinni xalq hayotiga bagʻishlangan sheʼr va hikoyalar egalladi. 1950 yil bir guruh qalamkashlar — K. Mas, U. Avang, M. Asraf, A. Samad Ismoil va boshqa „50-yillar avlodi“ adabiyot birlashmasini tashkil etdilar va „Sanʼat jamiyat uchun“ degan shiorni olgʻa surdilar. Milliy ozodlik harakati adabiyotning asosiy mavzui boʻlib qoldi.
Qator 63:
 
== Manbalar ==
{{manbalarOʻzME}}
{{stub}}{{manbalar}}
 
{{Osiyo mamlakatlari}}
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Malayziya| ]]
[[Turkum:Janubiy-Sharqiy Osiyo]]
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
 
 
{{stub}}