Italiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Italiya_info}}
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Italiya''' (Italia), Italiya Respublikasi (Repubblica Italiana) — Yevropa janubida, Oʻrta dengiz havzasida joylashgan davlat. Apennin ya.o.yarim orol, Sitsiliya, Sardiniya va boshqa kichik orollarni oʻz ichiga olgan. Maydon 301,2 ming km{{sup|2}}. Aholisi 60,92 mln. kishi (2012). Maʼmuriy jixatdan 20 viloyat (regione)ra boʻlinadi. Poytaxti — [[Rim]] shahar.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 7:
 
== Tabiati ==
Mamlakatning qirgʻoq chizigʻi (7,5 ming km) Apennin ya.o.ningyarim orolning jan.da pasti-baland boʻlsa, boshqa qismida deyarli tekis. Hududining 4/5 qismi togʻ va qirlardan iborat. Italiyaning shim.da Alp togʻlari joylashgan: Gʻarbiy Alp togʻlari (Monblan choʻqqisi, 4807 m — Italiyaning eng baland nuqtasi)ning yon bagirlari tik. Sharqiy Alp togʻlari (eng baland nuqtasi — Ortles togʻi, 3899 m) asta-sekin pasaya borib, sharqda Karst platosiga tutashib ketgan. Alp togʻlari jan.da joylashgan Padan tekisligi sharqda Adriatika dengiziga tomon pasayib boradi. Po daryosining vodiysi botqoqli pasttekislik. Alennin ya.o.yarim orol boʻylab 1200&nbsp;km masofada Apennin togʻlari joylashgan. Bir necha soʻngan va soʻnmagan vulkanlar (Amiata — 1734 m, Vezuviy — 1277 m) bor. I. orollarining relyefi, asosan, togʻlik, orollarda Etna (3340 m), Stromboli, Vulkano vulkanlari bor. Italiyaning oʻrta va jan. qismlarida tez-tez kuchli zilzila boʻlib turadi.
 
Italiyada toshkoʻmir, bitumli slanets, neft, gaz, qoʻrgʻoshin, pyx, temir rudalari, boksit, oltingugurt va osh tuzi konlari bor. I. simob rudasi zaxirasi boʻyicha dunyoda yetakchi oʻrinda. Toskanada marmar qazib olinadi. Maʼdanli va issiq (tempaturasi 100—200°) bulok, koʻp.
 
Iqlimi Oʻrta dengizga xos subtropik, Padan tekisligida moʻʼtadilroq. Alp toglari shim.dan keladigan so-vuq shamolni toʻsib turadi. Yozi issiq va quruq. Iyulning oʻrtacha t-rasi togʻ etaklari va tekisliklarda 20—28°, baʼzan issiq shamol esganda 40—45° ga koʻtariladi. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi Alp togʻlari etaklari va Padan tekisligida 0°, Apennin ya.o.yarim orol va orollarda 1 — 12°. Sharqiy Alp va Shim. Apennin toglari Italiyaning eng seryogʻin (yiliga 3000&nbsp;mm) joylaridir. Mamlakat ich-karisida yiliga 600–800&nbsp;mm, Sitsiliya va Sardiniya orollarida 500&nbsp;mm yogʻin yogʻadi. Alp togʻlarining I. hududidagi qismida 800 dan ortik, muzlik bor.
 
Eng yirik daryosi — Po va uning irmoqlarida kema qatnaydi. Daryolar Italiyaning shim. qismida koʻproq. Daryolari yomgʻir, qor va muzliklardan suv oladi. Ulardan sugʻorish va gidroenergiya olishda foydalaniladi. Yirik koʻllari: Garda, Komo, Lago-Majore, Bolsena va b. Ularda kema qatnaydi, sohillarida kurort koʻp.
 
Alp togʻlarining 1800 m balandlikkacha boʻlgan qoʻngʻir-oʻrmon tuproqli yon bagʻrida keng bargli va igna bargli oʻrmonlar, undan yuqoridagi togʻ-oʻtloqi tuproqlarda butazorlar, subalp va alp oʻtloklari bor. Apennin ya.o.yarim orol, Sitsiliya va Sardiniya o.larida (tuprogʻi jigarrang) 500–600 m balandlikda doim yashil tosh dub va poʻkak dublari, piniya, halab qaragʻaylari, butalar usadi. 1500 m balandlikkacha jigarrang va qoʻngʻir togʻ tuproqli yerlarda dub, qora qayin va kashtan oʻrmonlari, 2000 m dan balandda igna bargli, keng bargli oʻrmonlar, togʻ tepalarida subalp oʻtloklari bor.
 
Italiyada yovvoyi hayvonlar, asosan, togʻlarda uchraydi. Alp va Apennin togʻlarida serna, yovvoyi mushuk, togʻ va oʻrmon suvsari, sassiqkoʻzan, qoʻngʻir ayiq, quyon, tiyin yashaydi. Qushlarning 400 ga yaqin turi, sudraluvchilar bor. Ovlanadigan baliq turi koʻp. Italiyada noyob oʻsimlik, hayvon va geologik obʼyektlarni saqlash uchun qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Milliy bogʻlari: Stelvio, Granparadizo, Abrutsso, Kalabriya, Chircheo va b. — jami mayd. 200 ming ga.