Qirgʻiziston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 3:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
 
'''Qirgʻiziston''' ([[Qirg`iz tili|Qirgʻizcha]]. Kirgizstan — [[Rus tili|Ruscha]]. Kirgizstan), Qirgʻiz Respublikasi ([[Qirg`iz tili|Qirgʻizcha]]. Kirgiz Respublikasi — [[Rus tili|Ruscha]]. Kirgizskaya Respublika) — [[Oʻrta Osiyo]]ning shimoli-sharqida joylashgan davlat. Poytaxti — [[Bishkek]] shahri. Qirgʻiziston [[BMT]]ning aʼzosidir. Mamlakat shimolida [[Qozogʻiston]], gʻarbida [[Oʻzbekiston]], janubi-gʻarbida [[Tojikiston]] va janubi-sharqida [[Xitoy|Xitoy qXalqXalq Respublikasi]] joylashgan. Qirgʻiziston aholisi bugungi kunda 6 million kishidan ortiq. Uning 72,6 % [[qirgʻizlar]], 14,34 % [[oʻzbeklar]], 10,65 % [[ruslar]] va 8,31 % 5% tojiklar boshqa turli millat vakillari tashkil qiladi. Umuman mamlakatda 80 dan oshiq millat va elat vakillari istiqomat qiladilar.
 
== Nomini kelib chiqishi ==
Qator 40:
2005 yil martda Q.da yuzaga kelgan iqtisodiy-ijtimoiy vaziyat amaldagi prezident A. Aqayevni oʻz lavozimidan ketishga majbur etdi. Q. — 1991 yil 31 dek.dan MDH tarkibida. 1992 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 31 avg . — Davlat mustaqilligi kuni (1991).
 
Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyushma birlashmalari. Q. agrar partiyasi, 1933 yil tashkil etilgan; Q. agrarmehnat partiyasi, 1994 yil asos solingan; „Ar-Namis“ („Or-Nomus“) partiyasi, 1999 yil tuzilgan; Q. xotin-qizlari demokratik partiyasi, 1994 yil taʼsis etilgan; q. [[demokratik harakati]], [[1993|1993 yyil]]. tashkil etilgan; Q. Kommunistik partiyasi, 1999 yil asos solingan; „Mamlakatim“ harakati partiyasi, 1998 yil tashkil etilgan; „Manas-el“ („Manas xalqi“) maʼnaviy tiklanish partiyasi, 1998 yiltuzilgan; Q. kommunistlari partiyasi, 1992 yil asos solingan; „Erkin Qirgʻiziston“ progressiv-demokratik partiyasi, 1991 yil tuzilgan; „Ata-Meken“ („Vatan“) sotsialistik partiyasi, 1992 yil taʼsis etilgan. Q.kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1925 yil tuzilgan.
 
== Xoʻjaligi ==
Qator 60:
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. 2002 yil Q.da 183 gaz. va 83 jur. nashr etildi. Yiriklari: „Asaba“ („Bayroq“, qirgʻiz tilida haftada 2 marta chiqadigan gaz., 2001 yildan), „Vecherniy Bishkek“ („Bishkek oqshomi“, rus tilidagi kundalik gaz., 1974 yildan), „Kizil Tuusi“ („Qizil bayroq“, qirgʻiz tilida haftada 2 marta chiqadigan gaz., 1924 yildan), „Literaturniy Kirgizstan“ („Qirgʻiziston adabiyoti“, rus tilida yiliga 4 marta chiqadigan jur.), „Slovo Kirgizstana“ („Qirgʻiziston soʻzi“, rus tilida haftada 3 marta chiqadigan gaz., 1925 yildan), „Erkin Too“ („Erkin togʻlar“, qirgʻiz va rus tillarida haftada 2 marta chiqadigan hukumat gaz., 1991 yildan). „KABAR“ qirgʻiz milliy axborot agentligi 1937 yil yanvarda tashkil etilgan. Qirgʻiz Respublikasi teleradioeshittirish davlat korporatsi-yasi (1937 yil asos solingan), „Almaz“ xususiy radiost-yasi, KOORT radio va televideniyesi (1992 yil tuzilgan), „Piramida“ teleradiokompaniyasi (1991 yil asos solingan) mavjud. Radio-eshittirishlar 1931 yildan, telekoʻrsatuvlar 1958 yildan boshlangan.
 
Adabiyoti xalq ogʻzaki ijodining turli janrlari — ertak, doston, qoʻshiq, rivoyatlar („Kurmanbek“, „Kojojash“, „Er-Tyoshtuk“, „Janish Bayish“) va „Manas“ monumental qahramonlik eposi negizida rivojlangan. Shoir Toʻqtagʻul Sotilgʻonov ijodi 1917 yilgacha boʻlgan xalq sheʼriyatini zamonaviy sheʼriyat bilan bogʻlovchi halqa boʻldi. Barpi Aliqulov (1884—1949) sheʼrlarida ijtimoiy adolatsizlik, ekspluatatsiyaga qarshi norozilik tuygʻulari oʻz ifoasini topdi. Toʻgʻaloq Mulda oʻz sheʼrlarida qirgʻiz ayollarining turmushini bayon etdi. Qirgʻiz milliy yozma adabiyoti asoschisi shoir Aali Toʻqumboyevtr; uning dastlabki sheʼrlari 1924 yil birinchi qirgʻiz gaz. da bosilib chiqqan. 1920-yillarda dastlabki drama, qissa, dostonlar yaratildi. Qirgʻiz adabiyotidagi birinchi dramatik asar M. Tokoboyevning „Bechora Kakey“ pyesasi (1927 yil sahnalashtirilgan), birinchi nasriy asar K.Bayalinovning „Ajar“ hikoyasi (1928)dir. 30-yillarda adabiyotning barcha janr va turlari rivojlandi. [[Tugalboy Sidiqbekov|T. Sidiqbekov]], Q. Jontoshevlarning nasriy, M.Eleboyev, Q. Malikov, T. Umetaliyev, A. Osmonov, dungan shoiri Ya.Shivazaning sheʼriy, J.Turusbekov, J.Bokonboyevning dramatik asarlari bosilib chiqdi. [[Ikkinchi jahon urushi|2-jahon urushi]] yillari (1939—45) qirgʻiz yozuvchilari vatan-parvarlik ruhida asarlar yozdilar (J. Bokonboyev, M.Eleboyev, A. Toʻqumboyev, Q. Malikov, T. Sidiqbekov, K. Bayalinov, A. Osmonov, T. Umetaliyev va boshqalar). Qirgʻiz adabiyoti urushdan keyingi yillarda yanada rivojlandi. Adabiyotga yangi nomlar: birinchi qirgʻiz shoirasi N. Jetikashkayeva, adiblar Ch. Aygpmagpov, K.Bobulov, Sh.Abdiramanov, S.Eraliyev va boshqa kirib keldi. Yozuvchilardan N. Boytemirov,Sh. Beyshenaliyev, T. Qosimbekov va boshqa, shoirlardan T. Abilqosimova, T.Kojomberdiyev, O. Sultonov, J. Abdikalikov, S. Abiqodirova, R. Risqulov va boshqa, dramaturglardan R. Shukurbekov, T. Abdumoʻminov, B. Jaqiyev, M. Bayjiyev, B. Omuraliyev va boshqa mashhur. Qirgʻiz adiblarining koʻp asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
 
== Meʼmorligi ==