Qadimgi Misr: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh. → shahri (3), 0 y. → 0 yil (11), Mil. av. → Miloddan avvalgi (38), -a.lar → -asrlar (28), i.ch. → ishlab chiqarish, bal. 6 → balandligi 6 (4), Mil. 3 → Milodiy 3 (2) using AWB
kTahrir izohi yoʻq
Qator 2:
'''Misr''', Qadimgi Misr — Afrikaning shim.-sharqida, Nil daryosining quyi oqimida joylashgan qad. davlat.
 
== Tarixi ==
Tarixi. M.da odamlar paleolit davridan boshlab yashagan. Miloddan avvalgi 10—6ming yillikda Nil atrofidagi savannalarda tarqoq yashagan qabilalar terimchilik, ovchilik, keyinroq esa baliq ovlash bilan shugʻullanishgan. Ular orasida kad. som xalqlariga mansub qabilalar, barbarlar va kushitlar • boʻlib, ularning aralashuvidan miloddan avvalgi 4ming yillikda M. xalqi vujudga kelgan. Aholi nufusining ortishi chorvachilik va dehqonchilikka oʻtishni tezlashtirgan, bu esa hududiy jamoalarning paydo boʻlishiga olib kelgan.
 
Dehqonchilik qilish uchun kanallar, toʻgʻonlar qurish zaruriyati tugʻilgan, buning uchun esa oʻzaro urushlarda asir tush gan qullar mehnatidan foydalanilgan. Natijada jamoada ijtimoiy tabaqalanish roʻy berib, urugʻ zodagonlari ajralib’chiqqan, qabila sardorlari podshohchalarga aylangan. Bir qancha mayda quldorlik davlatlar vujudga kelgan. Keyinchalik ular oʻrtasidagi kurash natijasida, shim.da Quyi Misr, jan.da Yuqori Misr podsholiklari tuzilgan. Miloddan avvalgi taxminan 3ming yillikda ikkala podsholik birlashib, yagona davlat barpo boʻlgan. M.ning key-ingi tarixi 4 asosiy davrga boʻlinadi: Ilk podsholik (miloddan avvalgi taxminan 3000— 2800), Qadimgi podsholik (miloddan avvalgi taxminan 2800—2250), Oʻrta podsholik (miloddan avvalgi taxminan 2050—1700), Yangi podsholik (miloddan avvalgi 1580—1070), Soʻnggi (Liviya-Sais va Eron) davr (miloddan avvalgi taxminan 1070—332).
Qator 22 ⟶ 23:
Oʻrta podsholik. 11sulola: Mentuxotep IV Sanxkara (2015—2007), Mentuxotep V Nebtauira (2007—2000). 12sulola (2000—1787): Amenemxet I (2000-1970), Senusert I (1970-1934), Amenemxet II (1934—1896), Senusert III (1884—1849), Amenemxet III (1849— 1801). 13- sulola (1785—1700). 14sulola (1680 yilgacha). 15- va 16- (giksoslar) sulola (1700—?). 17sulola (1680— 1580): Senenenra, Kamos. Yangi podsholik. 18sulola (1580—14-asr oʻrtalari): Yaxmos I (1580—1559), Amenxotep I (1559-1538), Tutmos I (1538-1525), Tutmos II va Xatshepsut (1523—1503), Tutmos III (1503—1491), Amenxotep III (1455—1419), Amenxotep IV (Exnaton, 1419—1400), Tutanhamon (1400—1392),Xoremxeb (14-asr oʻrtalari). 19sulola (1342-1206): Seti I (1337-1317), Ramses II (1290—1224). 20sulola (1204— 1085): Ramses IV (1204—1180), Ramses XII (1112—1070). Soʻnggi podsholik (miloddan avvalgi 11—4-asrlar). 21sulola (1085—950): Xerixor (Fiva), Smendes (Tanis) (1035—1054). 22-(liviyalik) sulola (950-730): Sheshoik (950-929). Osorkon I (929-893), Takelot 1 (893-870), Osorkon II (870—847), Sheshoik III (823-772). 23sulola (817-730): Pe-dubast (817—763), Sheshoik IV (763— 757). 24sulola (730—715): Bokxoris (720 — 715). 25- (nubiylar) sulola (751-656): Pianxi (751-716), Shabaka (716-701), Shabataka (701-689), Taharka (689—663), Tanutamon (663— 656). 26- sais (sulola) (663 — 525): Psammetix I (663—610), Nexo II (610-594), Psammetix II (594—588), Apriy (588-569), Yaxmos II (569-525). 27-(forelar) sulola (525—404, yana q. [[Ax]]om[[aniylar]]), 28sulola (404—398). 29sulola (398—378). 30sulola (378—341). 31- (forelar) sulola (341—322, yana q. [[Ax]]om[[aniylar]]).
 
== Maorifi ==
Maorifi. Qad. podsholik davrida firʼavnlar saroyida boʻlajak mirzalarni tayyorlaydigan maktablar tashkil qilingan. Keyinchalik ibodatxonalar va yirik davlat idoralari qoshida ham maktablar ochilgan. Maktabda 5 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻqitilgan; 12 yoshdan boshlab talabalar idoralarda mirzalik qilishgan. Mashgʻulotlar tong sahardan kechgacha davom etgan; maktabda qattiq institutizom joriy etilgan, tan jazosi qoʻllanilgan. Oʻquv, yozuv va hisob asosiy fanlar boʻlgan. Oʻquv predmetlaridan tashqari, maktabda gimnastika mashgʻulotlari va suzish, yaxshi muomalaga oʻrgatilgan. Ibodatxonalar qoshidagi maktablarda umumiy va diniy bilimlar bilan birga astronomiya, tibbiyot oʻrgatilgan. Zodagonlarning bolalari qoʻshin boshliklari tayyorlaydigan harbiy maktablarda taʼlim olishgan.
 
== Texnika va fani ==
Texnika va fani. Nil vodiysida paleolit davridayoq mehnat qurollari ishlangan. Keyinchalik neolit davrida (miloddan avvalgi 5ming yillik) aholi ovchilikdan chorvachilik, soʻngra dehqonchilikka oʻtishi bilan tosh, suyak va yogʻochdan ishlangan dastlabki qishloq xoʻjaligi asboblari— choʻkich, oʻroq va boshqa paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi 4ming yillikdan boshlab, mis ishlatila boshlangan, kulolchilik dastgohi paydo boʻlgan. 3ming yillikdan shishasozlik rivojlana boshlagan. 2-ming yillikdan jezdan foydalanila boshlangan. Temirdan yasalgan ilk buyumlar miloddan avvalgi 2-ming yillik oʻrtalariga oiddir. Misrliklar oltin va kumushdan haqiqiy sanʼat asarlarini yaratganlar. Sunʼiy sugʻorishdan keng foydalanilgan, kanal va toʻgʻonlar bunyod etilgan. Yuqoriga suv chiqarish uchun laylak (havoza-shaduf), chigʻir (sakkis)dan foydalanishgan. Ilk podsholik davrida omoch paydo boʻlgan.
 
Qad. Misrda asosiy qurilish materiali sifatida loy va qamishdan foydalanilgan. Firʼavnlar saroyi va qalʼalar qurilishida xom gʻisht ishlatilgan. Toshlarga sayqal berishda misrliklar ajoyib yutuklarga erishganlar. Ehromlar qurishda ishlatiladigan katta tosh plitalarni yuqoriga richag , havoza yordamida koʻtarganlar. Mat., astronomiya taraqqiy etgan. Kohinlar va mirzalar oddiy asboblar (chizgich, tosh bogʻlangan ip) yordamida sayyoralar va yulduzlarning holatini belgilashgan. Vaqtni belgilash uchun quyosh va suv so-atlari (klependralar)dan foydalanganlar. Sodda geografik haritalar va shahar loyihasi rejalari tuzilgan. M.liklar planimetriya, ayniqsa, [[stereometriya]] sohasida bilimli boʻlishgan; toʻgʻri toʻrtburchaklar, uchburchaklar, aylanalar yuzasi, oddiy va kesik piramidalar sirti va hajmini hisoblab chiqishgan. Yil 3 mavsum (toshqin, oʻrim, qurgʻoqchilik) va 12 oyga boʻlingan. Har oy 30 kundan iborat boʻlgan, yil oxirida qoʻshimcha 5 kun kiritilgan, bu har 4 yilda astronomik yil bilan kalendar yili oʻrtasidagi 1 kunga farq qilinishiga imkon bergan. Jarrohlik rivojlangan, tabiblar bosh miyani ochganlar, tishlarga plomba qoʻyganlar. Jasadlarni mumiyolashda turli anvoi xushboʻyliklar, doridarmonlar, boʻyoqlar va boshqalarni tayyorlashgan.
Qator 34 ⟶ 37:
M.liklar dini ilk urugʻdoshlik jamoalarida vujudga kelgan. Diniy anʼanalar mustahkam va turgʻun boʻlgan. Fetishizm, totemizm ayniqsa, hayvonlarga topinish, M.da uzoq vaqt davom etgan. Politeizm mavjud boʻlgan. Deyarli har bir maʼbud qandaydir hayvon koʻrinishida tasvirlangan. Mac, Anubis maʼbudi boʻri, maʼbuda Bast — mushuk koʻrinishida tasvirlangan. Keyinchalik maʼbudlar insoniy qiyofa olgan. Aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullana boshlagach, turli xil tabiat kuchlarini oʻzida ifodalovchi maʼbudlarga, jumladan, osmon (maʼbud Nut), Yer (maʼbud Geb), Quyosh (maʼbud Ra), Oy (maʼbud Tot) va boshqa ga sigʻinish kuchaygan. Xapi maʼbudi obrazida M.lik dehqonlar Nil daryosiga sigʻinishgan. M.da juda boy diniy va jodu kitoblari yaratilgan. Afsunlar, duolar, sharxlar, maʼbudlarga iltijolar toʻplam qilingan (mas, "Ehrom matnlari", "Sarqofa matnlari", "Murdalar kitobi" va boshqalar). Qad. M. ilo-hiyoti antik dunyo dinlarida keng tarqalib, xristian aqidalari, urf-odatlariga katta taʼsir koʻrsatgan.
 
== Adabiyoti ==
Adabiyoti. M. tilida yozilgan eng qad. yodgorliklar miloddan avvalgi 3ming yillikka, soʻnggilari esa mil.ning boshlariga oiddir. M. adabiyoti namunalari bizgacha koʻplab iyeroglif, iyeratik va demotik matnlarda yetib kelgan. M. Adabiyoti Firʼavn Taharka ulkan lochin kiyofasidagi maʼbud, Gorga sajda qilmoqda (zarhal jez; Parij, Luvr).dunyodagi eng kad. adabiyotlardan biridir. M. adabiyotining asosiy janrlari: ertaklar, qissalar, madhiyalar va duolar, didaktik asarlar, masallar, dostonlar, sevgi lirikasi va boshqadir.
 
Badiiy adabiyot yodgorliklari bilan birga M. adabiyotiga ehrom matnlari va adabiy salohiyatga ega boʻlgan shohlar va amaldorlarning bitiklari ham kiritiladi. M. adabiyoti qadimda boshqa xalqlar adabiyotiga, jumladan, yunon adabiyotiga (ayniqsa, yunonrim) ham taʼsir koʻrsatgan. Baʼzi syujetlar yunonlar orqali Yevropa xalqlari adabiyotiga kirib kelgan.
Qator 50 ⟶ 54:
M. Aleksandr tomonidan bosib olingach, mamlakat ellinistik madaniyat, keyinchalik Qad. Rim madaniyati taʼsir doirasiga kirgan (Edfudagi maʼ-bud Gor ibodatxonasi, miloddan avvalgi 3—1-asrlar; Fayyum voqasidan topilgan rangtasvir portretlar, milodiy 1—4-asrlar). M. Vizantiya xukmronligi ostiga oʻtishi bilan (4-asr oxiri), mamlakatda xristian sanʼatining oʻziga xos mahalliy koʻrinishi shakllangan. Mamlakatni arablar fathetgach (7-asr), M. arab madaniyati tarqalgan viloyatlardan biriga aylangan.
 
== Musiqasi ==
Musiqasi. M. musiqa madaniyati — eng kds. madaniyatlardan biri. Bizgacha yetib kelgan musiqa madaniyatining ilk moddiy yodgorliklari miloddan avvalgi 3ming yillikka mansub. Bular turli musika asboblari — shiqildoq, tartarak, hamda chigʻanoqlardan yasalgan hushtaklardir. Maqbaralar devorlariga ishlangan barelyeflar maishiy tur-mushda musiqa keng tarqalganiga guvoxlik beradi. Ommaviy bayramlar, diniy marosimlar, mehnat jarayonlari musiqasiz oʻtmagan. M.da bir ovozli musiqa rivoj topgan. Yangi podsholik davrida koʻp ovozli musiqaning sodda shakllari ham paydo boʻlgan. Raqslar, sahna tomoshalari, badiiy adabiyot musiqa bilan uzviy bogʻliq boʻlgan. Arfa, nay, yogʻoch va jez karnay, organ, urma musiqa asboblari keng tarkalgan. Qad. M.da musiqa ijrochilari — professional musiqachi — shoirlar moʻʼtabar zot sanalib, firʼavnlarga qarindosh deb hisoblanishgan. Ellinistik va Rim davrida M.da musiqa oʻziga xosligini saklab qolgan. Rim hukmronligi barham topgach, turk, arab va boshqa xalqlar musiqa madaniyati bilan uzviy bogʻliqboʻlgan. M. musiqa madaniyati taraqqiyotining yangi bosqichiga koʻtarilgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
Ad.: Xrestomatiya po istorii Drevnego Vostoka, pod. red. V. V. Struve i D. G. Redera, M., 1963; Struve V. V., Qadimgi Sharq tari-xi, T., 1956;Turayev B. A., Yegipetskaya literatura, t. I, M., 1920; Matye M. E., Iskusstvo Drevnego Yegipta, M., 1958; Vseobshaya istoriya arxitekturi, t. I, M., 1970; Zaks K., Muzikalnaya kultura Yegipta, v kn.: Muzikalnaya kultura drevnego mira, |Sb. statey|, L., 1937; L a u er J. F., Zagadki yegipetskix piramid, per. s frans., M., 1966; Neygebauyer O., Tochnie nauki v drevnosti, per. s angl., M., 1968.axaxa
 
Muhammadjon Raximov, Abduxalil Mavrulov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
== Adabiyot ==
Ad.: Xrestomatiya po istorii Drevnego Vostoka, pod. red. V. V. Struve i D. G. Redera, M., 1963; Struve V. V., Qadimgi Sharq tari-xitarixi, T., 1956;Turayev B. A., Yegipetskaya literatura, t. I, M., 1920; Matye M. E., Iskusstvo Drevnego Yegipta, M., 1958; Vseobshaya istoriya arxitekturi, t. I, M., 1970; Zaks K., Muzikalnaya kultura Yegipta, v kn.: Muzikalnaya kultura drevnego mira, |Sb. statey|, L., 1937; L a u er J. F., Zagadki yegipetskix piramid, per. s frans., M., 1966; Neygebauyer O., Tochnie nauki v drevnosti, per. s angl., M., 1968.axaxa
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->