Neogen sistemasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 3 y. → 3 yil (2) using AWB
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Neogen sistemasi''' (DAVRI), neogen (neo... va yun. genos — tutilish, yosh) — Yerning geologik tarixida oxirgidan oldingi davrda yotqizilgan togʻ jinslari qatlami. Neogen sistemasi(d.) kaynozoy guruhi (erasi)ga mansub boʻlib, paleogen sistemasi (davri)dan keyin va an-tropogen sistemasi (davri)dan oldin turadi. Izotop solnoma boʻyicha Neogen sistemasi(d.) 25 mln. yil mukaddam boshlangan va 21,75 mln. yildavom etgan. 1833 yil Italiyada ingliz geologi Ch. Layel tomonidan 2 boʻlim — miotsen (quyi) va pliotsen (yuqori)ga boʻlingan. Dastlab uchlamchi sistemaning yuqori boʻlimi sifatida ajratilgan. Neogen sistemasi(d.) nomi 1853 yil avstriyalik geolog M. Gyorness tomonidan taklif qilingan.
 
Neogen sistemasi(d.) hamma joyda miotsen va pliotsen majmuasiga ajratiladi. Miotsen dengiz va gipsli yotqizikdaridan, pliotsen esa gil qum yotqiziqlaridan iborat. Apennin va Bolqon ya.o.laridayarim orallarida pli-otsenda koʻplab vulkan qatlamlari uchraydi. Qora va Kaspiy dengizlari oʻrnida paleogen oxirida Dunyo okeanidan ajralib qolgan havza mavjud boʻlgan. Pliotsen boshida Kora va Azov dengizlari oʻrnida Pont, keyinroq Kimmeriy koʻli boʻlgan, Kaspiy dengizi esa kichikroq havza koʻrinishida qolgan. Pliotsen oxirida katta dengiz transgressiyasi boʻlib, u okean bilan tu-tashdi. Kavkazda pliotsenning kalin vulkanik qatlamlari vujudga keldi. Oʻrta dengiz serharakat oʻlkasida Alp, Karpat, Bolqon, Atlas, Apennin, Kichik Osiyo, Kavkaz, Pomir, Himolay kabi baland togʻlarning hosil boʻlishi yakunlandi. Jan.-Gʻarbiy Osiyoda botiqlarda, asosan, kontinental yotqiziklar toʻplandi. Tinch okean chekkalarida yirik burmalanish oʻlkalari hosil boʻldi.
 
Neogen sistemasi(d.)ning dengiz yotqiziqlari Tinch okeanning butun chekkalari boʻylab tarqalgan, ular qalin choʻkin-divulkanogen qatlamlaridan iborat. Uning kattagina qatlamlari Markaziy Amerikadagi orollarda ham mavjud. 1968 yildan chuqur burgʻilash asosida dengiz va okean tubining neogen yotqiziqlari oʻrganila boshlandi. Togʻlarning oʻsishi togʻlararo va chekka botiqlarning qosil boʻlishi bilan birga kechdi. Botiqlarning bukilishi jadallashib ular yuvilgan jinslar bilan toʻldirildi. Yer poʻsti harakati natijasida choʻkindy qatlamlar siqilib burmalandi. Yoriklar boʻylab yer yuzasiga chiqqan magma lava qatlamlari koʻrinishida vulkan konuslarini hosil qilgan (Apennin, Kichik Osiyo, Bolqon ya.o.lariyarim orallari, Kavkaz). Neogen sistemasi(d.) oxirida ichki dengizlar (Qora, Kaspiy, Marmar, Tirren va boshqalar)ning chuqur botikdari vujudga keldi. Ular tubining tuzilishi okeanlarnikiga oʻxshash. Indoneziyada keyinchalik orollarga aylangan suv osti gryadalari koʻtarildi, chuqur suv osti novlari va soyliklar hosil boʻldi.
 
Tinch okean chekkalarida materiklar sohilida togʻ sistemalari (Kordilyera, And, Kamchatka, Yaponiya, Filippin, Yangi Gvineya) vujudga keldi. Markaziy Osiyodagi togʻlar ham shu davrda qosil boʻldi. Ayni vaqtda Afrika va Osiyoda yoriklar boʻylab Yer poʻstining chuqur rift botiqlari va ularni oʻrab turgan koʻtarilmalar shakllandi. Yoriklar boʻylab siljish zilzila va vulkanizmni kuchaytirdi. Neogen sistemasi(d.) yotqiziqlarining qalinligi togʻ oldi va togʻ oraligʻi botiklarida bir necha km ga yetadi. Qurgʻoqchil oʻlkalarda gips, kaliy va boshqa tuzlarning kalin katlamlari vujudga kelgan. Antarktidada muzliklar Neogen sistemasi(d.) boshida, shim. oʻlkalarda esa neogen oxirida hosil boʻlgan. KaD-burmalanish oʻlkalarida vertikal tektonik harakatlarning neogenda faollashishi "epiplatformali orogenez" nomini olgan.