48 952
ta tahrir
k (imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB) |
kTahrir izohi yoʻq |
||
Okean tubidagi choʻkindi jinslar tarkibi tektonika va okean tubi relyefi bilan bogʻliq. Terrigen nurash materiallari va gilli choʻkindilar materiklarning suv ostidagi chekkalarida, dengizlar tubida va chukur suv osti novlarida koʻproq toʻplangan. Choʻkindilar qalinligi okean qaʼrida va novlarda 2–3 km, bu esa Tinch okeanini eng qad. okeanlardan biri ekanligini koʻrsatadi. Kremniyli (diatom va diatomradiolyariyli) choʻkindilar fitoplanktonga boy zonalarda 3 ta kenglik mintaqasini hosil qiladi. Pelagial qizil gillar 4500–5000 m dan ziyod chuqurliklarda uchraydi. Tinch okeani gʻarbiy qismining tubida choʻkindilarga vulkan jinslari aralashgan. Okean tubida foydali qazilmalardan neft, nodir metallar rudalari, qalay, temir va titantemir qumlari, oltin, temirmarganets gʻuddalari va boshqa uchraydi.
== Gidrologik rejimi ==
Tinch okeanining shim. qismida iliq Shim. Passat — Kurosio va Shim. Tinch okean hamda sovuq Kaliforniya oqimlari aylanma oqimni keltirib chiqaradi. Shim.dagi moʻʼtadil kengliklarning gʻarbida sovuq Kuril oqimi, sharqida iliq Alyaska oqimi mavjud. Tinch okeani ekvatorial sirkulyatsiyasida Passatlararo ters oqimi muhim agʻamiyatga ega. Bu oqim Tinch okeanini gʻarbdan sharqqa qarab gʻarbda 150–300 m.sharqda 250 300 m chuqurlikda, 500600 km kenglikda kesib oʻtadi. Oqim tezligi 5,4 km/soat. Okeanning jan.da Jan. Passat, Sharqiy Avstraliya iliq oqimlari va Gʻarbiy Shamollar va Peru sovuq oqimlari antitsiklonal sirkulyatsiyani yuzaga keltiradi.
|