Shukur Xolmirzayev: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{oʻzbek adabiyoti|bosqich_8=yorit}}
 
'''Shukur Xolmirzayev''' (1940.24.3, Boysun tumani) — Oʻzbekiston xalk,xalq yozuvchisi (1991). Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugattan (1963). "Yosh gvardiya" nashriyotida muharrir (1963—67), Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida adabiy emakdosh (1967—69), "Guliston" (1969—75) va "Sharq yulduzi" (1978—80) jur.larida adabiy xodim, boʻlim mudiri.
 
X.ningXolmirzayevning dastlabki hikoya va ocherklari 1958 yildan nashr etila boshlagan. X.Xolmirzayev ijodining ilk davridayoq xikoya bilan bir qatorda qissa janrida ham kalam tebratib, "Oq otli" (1962), "Toʻlqinlar" (1963), "Un sakkizga kirmagan kim bor?" (1965) qissalarini yaratdi. Bu asarlar 60-yillardagi oʻzbek qissalarining eng yaxshi namunalaridan boʻlib qoldi. Yozuvchining shu davrda yozgan hikoyalari keyinchalik "Olis yulduzlar ostida" (1971), "Hayot abadiy" (1974),"Ogʻir tosh koʻchsa..." (1980), "Yoʻllar, yoʻldoshlar" (1984), "Bodom qishda gulladi" (1986), "Togʻlarga qor tushdi" (1987) singari toʻplamlaridan oʻrin oldi. X.ningXolmirzayevning hikoya va qissalarida, bir tomondan, yoshlik va talabalik yillarining oʻziga xos romantikasi ifodalangan boʻlsa, ikkinchi tomondan, yozuvchi tugʻilib oʻsgan Boysun tumanida yashovchi turfa tabiatli kishilar hayoti, jamiyatda va ular ruhiy olamida kechgan kurash va oʻzgarishlar oʻzining badiiy talqinini topdi. Keyinchalik Boysun va boysunliklar hayoti X.Xolmirzayev ijodining asosiy mavzusi darajasiga koʻtarilib, yozuvchi ijodida realistik tasvirning ustuvor yoʻnalishga aylanishida muhim omil boʻldi. X.Xolmirzayev voqelikdagi murakkab hayotiy jarayonlar va kishilarning ziddiyatlardan iborat ruhiy olamini kashf eta borgani sayin uning dastlabki hikoya va qissalaridagi romantik pafos endi oʻz oʻrnini realizmga boʻshatib berdi va yozuvchining oʻzbek adabiyotiga "shafqatsiz realizm" unsurlarini olib kirishiga imkoniyat yaratdi. X. 80—90-yillarda yaratgan asarlarida mazkur davrdagi jamiyat va xalq hayotining chuqur badiiy tahlilini berdi.
 
X.Xolmirzayev "Soʻnggi bekat" (1976), "Qil koʻprik" (1984), "Yoʻlovchi" (1987), "Olaboʻji" (1992), "Dinozavr" (1kitob, 1996) singari romanlarini yozdi. X.ning "Soʻnggi bekat", "Yoʻlovchi" va "Olaboʻji" romanlarida shoʻro jamiyatining 70—80-yillarga kelib ichdan yemirila boshlagani yorqin badiiy obrazlar orqali aks ettirildi. Bu romanlarda koʻtarilgan ijtimoiy masala yozuvchining "Dinozavr" romanida oʻzining yangicha badiiy talqinini topdi. Shoʻro davlatining xalqparvar davlat ekaniga, u olib borgan ichki va tashqi siyosat xalq va mamlakat manfaatiga xizmat qiluvchi siyosat ekaniga astoydil ishongan kishining hayoti va ruhiy olamidagi ziddiyatlar kurashi tasviri mazkur romanning markazida turadi.
 
X.Xolmirzayev yozuvchilar orasida birinchilardan boʻlib oʻzbek xalqi tarixining "bosmachilik harakati" deb atab kelingan davrini oʻrgana boshladi. Yozuvchining "Qil koʻprik" romani va "Qora kamar" (1987) pyesasida shu mavzu oʻz ifodasini topdi. Ularda adashgan kishilar fojiasi obrazlarda yorqin gavdalantirilgan. X. pyesasi asosida Abror Hidoyatov nomidagi Yoshlar teatrida sahnalashtirilgan "Qora kamar" spektakli yosh avlodda tarixiy oʻtmishga yangicha yondashish maylining paydo boʻlishida muhim rol oʻynadi. X.ningXolmirzayevning oʻzbek xotinqizlarining shoʻro davridagi fojiali taqdiriga bagʻishlangan "Ziyofat" pyesasi ham Yoshlar teatrida sahnalashtirilgan (1990).
 
X.Xolmirzayev soʻnggi yillarda Sh. Burhonov, B. Zokirov, R. Choriyev, Shuhrat, O. Yoqubov, Oʻ. Umarbekov, A. Oripov, M. Qoʻshjonov singari taniqli adabiyot va sanʼat namoyandalari haqida esselar va adabiytanqidiy maqolalar yozdi.
 
X.Xolmirzayev — roman janrida bir qator asarlar yozgani va bu asarlar shu davr oʻzbek romannavisligi tarixida muayyan oʻringa ega boʻlishiga qaramay, avvalo hikoyanavis. U oʻz hikoyalarida A. Qodiriy, A. Qahhor kabi oʻzbek yozuvchilarining eng yaxshi anʼanalarini davom ettirish bilan birga oʻzbek hikoyanavisligini rus va Yevropa yozuvchilarining badiiy tajribalari bilan ham boyitdi. X.ning eng yaxshi hikoyalari qahramon obrazining yangi va yorqinligi, kompozitsiyasining oʻziga xosligi, qahramonlar tilining rangbarangligi bilan ajralib turadi.
 
== Sh. Holmirzaev. Oʻn sakkizga kirmagan kim bor. ==