|Izoh =
}}
'''Surxondaryo viloyati''' - OʻzR tarkibidagi viloyat. 1941 y.yil 6 martda tashkil etilgan (1925 y. 29 iyundan Surxondaryo okruti boʻlgan). 1960 yil 25 yanvarda [[Qashqadaryo viloyati]] bilan qoʻshilgan. 1964 yil fevralda qaytadan tashkil qilindi. Respublikaning janubisharqida, [[Surxon-Sherobod vodiysi|Surxon-Sherobod vodiysida]] joylashgan. Janubidan Amudaryo boʻylab [[Afgʻoniston]], shim., shim. sharq va sharqdan Tojikiston, jan.gʻarbdan Turkmaniston, shim.gʻarbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 20,1 ming km². Aholisi 1874,7 ming kishi (2004). Tarkibida 14 qishloq tumani (Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Shoʻrchi, Qiziriq, Kumqoʻrgʻon), 8 shahar (Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Termiz, Shargʻun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon), 7 shaharcha (Angor, Doʻstlik, Kakaydi, Sariosiyo, Sariq, Elbayon bekati, Hurriyat), 114 qishloq fuqarolar yigʻini bor (2004). Markazi — [[Termiz|Termiz shahri]].
== Tabiati ==
|