Turkmanobod: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 57:
}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->'''Turkmanobod''' ({{lang-tk[[Turkman tili|turkmcha]]: Türkmenabat}}; 1924 yilgacha va 1927–93 yillarda Chorjoʻy, 1924–27 yillarda Leninsk) – Turkmanistonning Lebap viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Amudaryoning chap sohilida. Yirik temir yoʻl tuguni va dare porti, aeroport bor. Aholisi 408 906 kishi. Shahar toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar arab tarixchisi Balozuriyning (9-asr) asarida keltirilgan. Shaharning dastlabki nomi Amuy boʻlib, keyinroq arab tili taʼsirida Amul shaklini olgan.
 
Arablar Amulga ilk bor 651 va 655 yillarda (Marvni bosib olganlaridan keyin) hujum qildilar. Bu toʻgʻridagi maʼlumotlar Xitoy manbalarida keltirilgan. 672 yilda Amul aholisi va arablarning Xurosondagi noibi Abdulloh ibn Ziyod askarlari oʻrtasida jang boʻlib oʻtgan. Shundan keyin u sulh tuzib Marvga qaytib ketgan. 8-asr boshida shaharni arab noibi ("amil") boshqargan.