Kanada: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 43:
Aholi jon boshiga mineral xom ashyo va yarim fabrikatlar i.ch. jihatdan Kanada taraqqiy etgan koʻpgina mamlakatlardan ustunlik qiladi. Nikel, rux, kumush, molibden rudalari, asbest, oltin, platina, niobiy, tabiiy gaz, oltingurt qazib chiqarishda, gazetabop qogʻoz, alyuminiy, sellyuloza, tilingan binokorlik yogʻochlari i.ch.da dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Kanadada koʻmir, neft, temir rudasi, volfram, uran (metall tarkibidagi ruda), kaliyli tuzlar, oltingugurt qam qazib chiqariladi. Yiliga oʻrtacha 490,8 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Toronto, Vankuver va Ontario atrofida bir kancha yirik issiqlik elektr stansiya va AES bor. Asosiy GESlari Kvebek, Ontario va Britaniya Kolumbiyasi viloyatlarida. Ishlab chiqaruvchi sanoat da oziq-ovqat va tamaki sanoati’, qora va rangli metallurgiya hamda metall ishlash, transport mashinasozligi va b. tarmoqlar yetakchi oʻrinda .
 
Mashinasozlik ishlab chiqaruvchi sanoat mahsuloti qiymatining 1/2 qismini beradi. Uning asosiy tarmogʻi — transport mashinasozligi (avtomobil, kema, aviatsiya, vagon va lokomotivso zli k). Boshqa sanoat tarmoqlaridan q.x. mashinasozligi, neft va gaz sanoati, kon, oʻrmon va sellyuloza-qogʻoz sanoati uchun uskunalar i.ch. kor-xonalari yaxshi rivojlangan. Mashinasozlikning asosiy markazlari: Toronto, Montreal, Uinsor, Gamilton va b. Kora metallurgiya Gamilton, Su-Sent-Mari, Uellend va Sidni sh.larida, alyuminiy, rangli metallar i.ch. Arvid, Kitimat, Norand, Sadberi, Tompson, Traylda toʻplangan. Neftni kayta ishlash z-dlari Montreal va Sarniyada joylashgan. Kimyoviy oʻgʻitlar, sintetik kauchuk va plastmassa i.ch. rivojlangan. Asosiy markazlari: Sarniya, Montreal, Toronto, NiagaraFole va Kitchener. Un tortish, goʻsht, baliq-konserva va likyor-araq i.ch. oziqovqat sanoatining asosiy tarmoqlari boʻlib, ular muhim eksport ahamiyatiga ega. Yengil sanoat tarmoqlaridan toʻqimachilik, koʻn-poyabzal va tikuvchilik nisbatan yaxshi rivojlangan. Mahsulotning yarmi Montrealda ishlab chiqariladi. Tilingan taxta, gazetabop qogʻoz, karton i.ch. markazlari: Britaniya Kolumbiyasi va Kvebek viloyatlari. Kishloq xoʻjaligi sermahsul, fermalari mexanizatsiyalashgan va ixtisoslashgan. K-xga yaroqli yerlarning U4 qismiga yaqini yirik xoʻjaliklarga birlashgan. 70 mln. gektar yer fermalar b-nbilan band. Dehqonchilik ustun. Gʻalla (bugʻdoy, arpa, suli, makkajoʻxori), texnika ekinlari (qand lavlagi, soya, zigʻir, tamaki), oʻt va yem-xashak, sab-zavot, kartoshka, raps yetishtiriladi. Fermalarning 9/yu kismi elektrlashtirilgan. Don xoʻjaligi rivojlangan asosiy joylar: dasht viloyatlari, ay-niqsa, Saskachevan va Manitoba. Yetishtirilgan bugʻdoyning ‘/2 qismidan ziyodrogʻi, arpa hosilining ‘/3 qismi chetgachiqariladi. Sut chorvachiligi Ontario, Kvebek va Britaniya Kolumbiyasi viloyatlarida rivojlangan. Chorvachiligida qoramol, choʻchqa, qoʻy va ot boqiladi. Q.x. mahsulotining 60% ga yaqinini chorvachilik yetishtirib beradi.
 
Oʻrmon xoʻjaligi Britaniya Kolumbiyasi, Kvebek va Ontarioda yaxshi rivojlangan. Jahonda tayyorlanadigan yogʻochning ‘/yu Kanadaga toʻgʻri keladi. Baliq-chilik, hayvonotchilik, parrandachilik, moʻynachilik rivojlangan.
Qator 51:
 
== Tashqi savdo ==
Kanada chetga avtomobil, qogʻoz, bugʻdoy, yogʻochtaxta, sellyuloza, nikel, alyuminiy, neft va neft mahsulotlari, temir rudasi, mis, asbest, uran, kaliyli tuzlar, tabiiy gaz, mis, sanoat jihozlari va b.boshqalae chikaradi. Chetdan mashina va sanoat uskunalari va mollari, koʻmir, kofe, kauchuk, banan va kakao sotib oladi. Savdosotiqdagi asosiy mijozlari: AKSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya.
 
1989-yilda Kanada b-nbilan AQSH oʻrtasida erkin savdo haqidagi bitim kuchga kirishi va 1992-yilda Shim. Amerika erkin savdo mintaqasi toʻgʻrisidagi uch tomonlama (AKSH—Kanada —Meksika) bitim imzolanishi b-nbilan Kanada iqtisodiyotining Amerika iqtisodiyoti b-nbilan birlashuvi va uning Shim. Amerika yagona iqtisodiy makoni tarkibiy qismiga aylanish jarayoni tezlashdi. Pul birligi — Kanada dollari.
 
== Tibbiy xizmati ==
Qator 59:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Kanadada tarixan ingliz va fransuz maktabi tizimlari tarkib topgan. Inglizcha tizim AQSH maktab tizimiga oʻxshash: 12 yillik umumiy taʼlim maktabi 6 yillik boshlangʻich, 3 yillik kichik oʻrta, 3 yillik katta oʻrta maktablardan yoki 8 yillik boshlangʻich va 4 yillik oʻrta maktablardan iborat. Kvebek viloyatida fransuzcha taʼlim tizimi: 6 yillik boshlangich va 5 yillik oʻrta maktab ishlaydi. 5—7 yoshdan 14— 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bepul majburiy toʻliqsiz oʻrta taʼlim joriy etilgan. Davlatga karashli taʼlim bepul boʻlgan maktablar b-nbilan bir qatorda xususiy (pulli), asosan, diniy va etnik guruxlar qaramogʻidagi maktablar ham bor. Ulardagi darslar oʻsha guruhlar tilida olib boriladi. Oliy oʻquv yurtlarida pul toʻlab oʻqiladi. Barcha viloyatlarda un-tlar bor. Yiriklari: Toronto, Vankuver, Kingston, Montreal, Kvebek un-tlari. Ilmiy muassasalari: Kanada qirollik jamiyati, Ijtimoiy fanlar soxdsidagi tadqiqot kengashi (hammasi Ottavada), oʻrmonchilik va q.x. sohasidagi bir qancha i.t. institutlari. Yirik kutubxonalari: Parlament, Xalq, Milliy, Milliy ilmiy (hammasi Ottavada), Montreal va Torontodagi xalq kutubxonalari, shuningdek, Toronto, Montreal, Vankuver un-tlari huzuridagi kutubxonalar. Ottavada Kanada Milliy muzeyi, Milliy galereya, Milliy sanʼat markazi, Ontario viloyatida Qirollik muzeyi, Torontoda Badiiy galereya, Montrealda Badiiy muzey, Kvebek sh.da Kvebek viloyati muzeyi va b. bor.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Kanadada 114 ta kundalik gaz.gazeta va 1200 ta haftanoma nashr etiladi. Etnik guruhlar (nemis, italyan, xitoy va b.) tillarida 300 ga yaqin gaz. va b. davriy nashrlar bor. Eng yiriklari: ingliz tilida — "Glob eng meyl" ("Butun dunyo pochtasi", kundalik gaz.gazeta, 1844-yildan), "Toronto-star" ("Toronto yulduzi", kundalik gaz., 1892-yildan), "Gazett" (kundalik gaz., 1778-yildan), "Ottava sitizen" ("Ottava fuqarosi", kundalik kechki gaz.gazeta, 1845-yildan), "Vankuver san" ("Vankuver quyoshi", kundalik kechki gaz., 1886-yildan) va b. Fransuz tilida — "Devuar" ("Burch", kundalik gaz., 1910-yildan), "Press" ("Matbuot", kundalik kechki gaz., 1884-yildan), "Soley" ("Quyosh", kundalik kechki gaz., 1896-yildan) va b. "Kanadian leybor" ("Kanada kasaba uyushmalari", oylik jur., ingliz va fransuz tillarida, 1956-yildan), "Maklinz Ka-nada’z uikli nyusmegezin" ("Kanada Maklin yangiliklari", haftalik jur., ingliz tilida, 1905-yildan) jur.lari chiqadi. Kanadian Press Milliy axborot agentligi (1917-yilda tashkil etilgan) bor. "Kanadian brodkasting korporeyshn" — Sibi-si, Kanada radioeshittirish va telekoʻrsatuv korporatsiyasi, 1936-yilda tashkil etilgan. Radioeshittirish 1926-yildan, telekoʻrsatuv 1952-yildan boshlangan. Umuman 115 ta tele va 575 ta radiost-yaradiostansiya ishlaydi.
 
== Adabiyoti ==
Kanada tub joy aholisi (indeyslar, eskimoslar)ning ogʻzaki ijodiyoti avloddan avlodga oʻtib kelgan. Kanada adabiyoti, asosan, ingliz (18-asr) va fransuz (19a.) tillarida shakllandi. Rus, ukrain va b. tillarda ham adabiy asarlar nashr etiladi. Indeyslar va eskimoslarning ogʻzaki ijodi ingliz-kanadalik yozuvchilar tomonidan qisman toʻplandi (20-asr). Shoira Polin Jonson (1862—1913) butun hayotini indeyslar haq-huquqini himoya qilish va ularning afsonalarini adabiy jihatdan ishlab chiqishga bagʻishlagan. Umuman mustamlaka qaramligining ogʻir sharoiti milliy adabiyotning rivojlanishiga toʻsqinlik qilib keldi.
 
Ingliz tilidagi adabiyot dastlab ingliz romantizmi taʼsirida va unga taklidan rivojlangan. Konfederatsiya shoirlari deb atalmish romantiklar tabiat goʻzalligi haqida asarlar yozdilar va Kanadada yashovchi turli millat vakillarini birlashishga daʼvat etdilar. 19-asrning 2-yarmida tarixiy romanchilik rivojlandi. Hajvchi S. Likok (1869—1944) oʻz asarlarida Kanada shaharchalari aholisining axloqi, pul hukmronligi, "kichik" odamning nochorligini tasvirlab, jahonga mashhur boʻldi. 20-asr boshlarida adabiy jur. lar, Kanada adabiyotining dastlabki tarixi va antologiyasi paydo boʻldi. Kanada yozuvchilari uyushmasi vujudga keldi (1921), u, asosan, ingliz-kanadalik yozuvchilarni birlashtirdi. 20-asrning oʻrtalaridan ingliz tilidagi adabiyotda kanadaliklarning milliy harakteri yorqin namoyon boʻla boshladi. 40-yillardan tanqidiy realizm rivojlandi. F. Grov yozgan realistik romanlarning qahramonlari — mehnat ahli. Realist yozuvchi M. Kellexen asarlari odamshavandalik va xalqqa rahm-shavqat ruhi b-nbilan sugʻorilgan. X. Mak-Lennan oʻz asarlarida Angliya va Fransiyadan kelgan kanadaliklarni birdamlikka chaqirdi ("Ikki yolgʻizlik", 1945). 60—80-yillardagi koʻp asarlarning mavzui jamiyat turmushidagi chalkashliklarga bagʻishlangan. Kanada muammolari va indeyslar b-nbilan eskimoslarning ahvoli kabi masalalar Kanada ilgʻor yozuvchilarining eʼtiborida turibdi.
 
Fransuz tilidagi adabiyot. Kanadada fransuzlar hukmronlik qilgan davrda diniy mavzularda asarlar yozildi. 19-asr oxirlarida Kanadada romantik shoirlar maktabi vujudga keldi. Shoir J. O. Kremadi ijodi Kanada adabiyotiga fransuz romantik sheʼriyati ruhini kiritdi. Fransuz romantiklari, jumladan, V. Gyugo taʼsirida L. O. Freshett, L. P.Leme oʻz asarlarini yaratishdi. F. de Gaspening "Qadimiy kanadaliklar" qissasi 19-asrning eng salmokli asaridir. 20-asr boshlarida patriarxal hayot, dehqonlarning dindor boʻlishi ulugʻlandi. L. Emonning "Mariya Shapdlen" romani mustamlaka davri adabiyotini hayotiy tasvirlar b-nbilan boyitdi. 30-yillarda realizm rivojlandi. 40-yillarda yozuvchilar ijtimoiy masalalarni yorita boshladi. R. Lemlen cherkov xodimlarini satirik tasvirladi ("Qiyalik etagida" romani, 1944); Gabriyel Rua "Tasodifiy baxt" romanida ishchilar hayotini koʻrsatdi. 50-yillar nasrida ruhiy kechinmalarga, jamiyatda kishining oʻzini begona, yolgʻiz his etishiga eʼtibor kuchaydi (I. Terio, E. Klutye asarlari). Yu. Aken fransuz-kanadaliklarni milliy iftixor uchun kurashga chorladi ("Yaqin kunlardagi vokea"). Shoirlar 60—80-yillarda zamondoshlarining aqliy va ijodiy hayotini aks ettirishga harakat qildi. A. Granbua sevgi, hayot va oʻlim mavzularida asarlar yezdi.
 
== Meʼmorligi ==
Indeyslar yertoʻla, vigvamchaylalarda, tomi teri yoki yogʻoch b-nbilan yopilgan uylarda yashagan. 17—19-asrlarda fransuzlar Sharqiy Kanadaga oʻz anʼanalari boʻyicha mustahkam devorli, tomi tik nishabli uylar, zalli cher-kovlar (old qismi 1—2 minorali), jamoat binolari qurishni rasm qildilar. Shu davrda J. Demer, T. Bayarje kabi meʼmorlar yetishib chikdi. Kanadaning inglizlar bosib olgan qismida (18—19-asrlar) imoratlarni sinch va toshdan klassitsizm uslubida (meʼmor J. Merrik) qurish rivojlandi. 19-asr oʻrtalaridan toʻgʻri koʻchali, kam qavatli uylardan iborat shaharlar (Ottava, Montreal, Toronto, Kvebek) qad koʻtara boshladi. Meʼmorlardan E. Lennoks, J. Layl loyihalari asosida qorishiq uslubda inshootlar qurildi. 19-asr oxiridan AQSH meʼmorligi taʼsiri kuchayib, baland jamoat binolari, mehmonxonalar qurish avj oldi (F. Darling , J. Pirson kabi meʼmorlar).
 
20-asr oʻrtalaridan eski shaharlar jadal surʼatda qayta qurilib, kengaya boshladi. Temir-beton va poʻlatdan zamonaviy sanoat va jamoat binolari (Torontodagi Annesis-Aylend kti va ratusha binolari, Montrealdagi Vil-Mari maydoni, Jahon koʻrgazmasi, Olimpiada majmuasi va b.) qurildi. Shaharlar yagona loyiha asosida barpo etildi, korxonalar atrofida shinam turar joylar qad koʻtardi.
 
== Tasviriy sanʼati ==
Kanada hududida indeys va eskimoslar sanʼati qadimdan rivojlangan. Indeyslarning qad. sanʼati yogʻoch oʻymakorligi, tosh, suyak, shoxga naqsh oʻyish, pat va chigʻanokdardan bezaklar yasash, qoʻl toʻqimachiligi, jayra ignasi va bugʻu junidan kashta tikish, rasmlar solishdan iborat boʻlgan. 17-asrdan keyin esa Yevropa va AQShdan koʻchib kelganlar va ularning avlodlari bu ishga hissa qoʻshdilar. Eskimoslar tosh, suyak hamda hayvon shoxlaridan inson va hayvon haykalchalarini yasash b-nbilan shugʻullangan. Yevropaliklar kelib oʻrnashgan paytlardan boshlab Kanada tasviriy sanʼati Fransiya va Angliya sanʼati taʼsirida oʻziga xos tarzda rivojlana boshladi. 17-asr — 19-asr boshlarida portret chizish va diniy rassomlik vujudga keldi; yogʻoch haykalchalar, kumush idishlar, akvarel manzaralar yaratildi. 19-asr oʻrtalarida dehqonlar hayotini, viloyatlar koʻrinishlari va indeyslar turmushini tasvirlaydigan moʻyqalam ustalari (P. Keyn, Kanada Krigxof, X. Uotson, X. Uoker) ijod qildi. 20-asrda J. U. Morris, T. Tomson, J. Makdonald, A. Lizmer shimol kengliklarining goʻzal maftunkor tabiatini tasvirlovchi asarlar yaratishdi .
 
Zamonaviy Kanada sanʼatida modernizm (A. Pellon, J. Riopel) b-nbilan bir qatorda realistik okim (J. Lemye, T. Makdonald, F. Teylor, R. Pilo) ham mavjud. Dizayn va amaliy bezak sanʼati (kandakorlik, gilamchilik, kulollik) rivojlanmokda. Xalk, ijodida yogʻoch oʻymakorligi, ukrain iroqisi, eskimoslar haykaltaroshligi alohida ajralib turadi.
 
== Musiqasi ==
Musiqa qadimdan tub xalq va koʻchib kelgan aholi turmushining muqim qismi boʻlgan. Indeyslarga xos jangchi, ovchi qoʻshiklari, ishqiy ashulalar shoʻx va ifodali. 18-asr oxirlarigacha, asosan, cherkov musiqasi rasm edi. 18-asr oxirlaridan konsertlar berila boshladi. 19-asr boshlarida havaskorlar kuchi b-nbilan opera spektakllari koʻrsatildi. 19-asr ning 2-yarmida professional musiqani rivojlantirish uchun sharoit vujudga keldi, musiqa havaskorlari jamiyati tuzildi. Kanadada yevropalik musiqachilar, AQShlik opera truppalari va simfonik orkestrlar konsert berdi. Dastlabki musiqa arboblaridan biri — Kanada Lavalle "O, Kanada" milliy madhiyasini yaratdi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida professional kompozitorlar va musiqachilar paydo boʻldi. 40-yillarda musiqa jadal rivojlana boshladi. Toronto, Montreal, Vinnipegda doimiy opera truppalari, Ontarioda milliy balet, Ottavada Mumtoz balet, Vinnipegda Qirollik baleti, turli shaharlarda 30 ga yaqin doimiy ishlovchi orkestr bor. Kanada musiqa arboblaridan M. Blekbern, J. Vaynsvayg , P. Merkyur kabi kompozitorlar, J. Bodri, A. Brott, P. Dervo kabi dirijyorlar, L. Marshal, T. Stratas, E. Jonson, L. Simono kabi xonandalar, G. Guld, I. Gendel kabi sozandalar mashhur. Kanada kompozitorlar, mualliflar va noshirlar uyushmasi mavjud. Kanadada 8 ta oliy musika oʻquv yurti bor. Bir qator shaharlarda un-tlar qoshida musiqa maktablari, musiqa f-tlari ochilgan. 1965-yildan Montrealda har yili xalqaro musiqa festivali va musiqachi-ijrochilarning tanlovi oʻtkaziladi .
 
== Teatri ==
Indeyslarning marosimlarida xalq teatr sanʼati unsurlari bor. Ular diniy marosimlarni oʻtkazishda niqob va qoʻgʻirchoqlardan foydalanishar edi. Professional teatr 17-asrdan Kvebek va Akadiya viloyatlarida rivojlana boshlagan. P. Kornel, J. Rasin, J. Molyer pyesalari qoʻyilgan. 1606-yilda PortRoyyaldagi "Neptun" teatrida Leskarboning "Dengiz niqobi" nomli sheʼriy pyesasi sahnalashtirildi. Spektaklda indeyslar b-nbilan fransuzlar qatnashishdi. 1774-yilda Galifaksda Kanada hayotidan birinchi pyesa — "Akadius yoki xilvatdagi muhabbat" sahnalashtirildi. 1825 yil Montrealda birinchi doimiy teatr ochildi. Teatr repertuariga Kanada dramaturglari — J. Kenel, Ch. Xevisij, Ch. Meyr asarlari kiritildi. Montreal, Toronto, Viktoriya, Gamilton, Vinnipeg sh.larida teatrlar tashkil etildi. 19-asrning 80-yillari oxiridan [[Birinchi jahon urushi|1-jahon urushigacha]] boʻlgan davrda koʻchma professional teatrlar avj oldi. Kvebek va Galifaks teatr truppalari tarkibida AQSH, Fransiya va Angliyadan kelgan aktyorlar b-nbilan birga kanadalik aktyorlar ham bor edi. Shu davrda "roud" ("yoʻl") deb atalgan sayyor professional teatrlar keng tarkaldi. 20-asrning 20—30-yillarida un-tlar, maktablar, klublar va cherkovlar krshida koʻplab havaskor truppalar tashkil etildi. 40-yillar oxirida yirik shaharlarda professional teatrlar paydo boʻldi. Montrealdagi "Rido ver", Torontodagi "Tietr Toronto", Edmontondagi "Sitadel" teatrlari shular jumlasiga kiradi. Ularda Shekspir, Molyer, Turgenev, Chexov va b.ning pyesalari qoʻyiladi. Fransuz tilidagi teatrlarda milliy teatr madaniyatini vujudga keltirish jarayoni kechayotir. Kanadada M. Anglii, U. Xyuston, R. Massi kabi rej.lar, Kanada Kolikos, L. Grin, Sh. King , Kanada Rid kabi aktyorlar mashhur. Torontoda Milliy teatr sanʼati maktabi, Alberta, Saskachevan, Kuins un-tlarida drama boʻlimlari bor. "Kanada teatri" jur. (ingliz va fransuz tillarida) nashr etiladi.
 
== Kinosi ==
1898-yil Kanadaning "Messi-Harris" kinofirmasi buyurtmasi bilan reklama filmi suratga olindi. 1900-yilda Canadian Bioscope kinofirmasi Kanadaga koʻchib keluvchilarni qiziqtirish uchun turkumli filmlar yaratdi. G. Bredford tomonidan 1903-yil boshlab berilgan "Kanadadagi hayot" nomli turkum filmlar ham shu maqsadga xizmat qildi. 1906 yil Montrealda birinchi doimiy kinoteatr ochildi. 1914 yil Montrealda Kanadaning dastlabki badiiy filmi — "Evanjelina" (rej. I. P. Salli-ven, U. X. Kovano) suratga olindi. Faroyib shimol tabiati va eskimoslar hayotiga qiziqib qolgan amerikalik rej. R. Flaerti "Shimol farzandi — Nanuk" qujjatli filmi (1922)ni suratga oldi va Kanada hujjatli kinosining rivojiga munosib hissa qoʻshdi. Kanadaning birinchi ovozli filmi — "Viking" (rej. V. Frissell, J. Melford, 1931). Milliy kino sanʼatining qaror topishiga rej. J. Grirson muhim hissa qoʻshdi. 1939 yil Kino masalalari boʻyicha milliy kengash tashkil etildi. U davlat yoʻli b-nbilan hujjatli filmlar i.ch.ni boshqardi. 2-jahon urushi davrida "Jangdagi totuvlik" kinoseriyasi shuhrat qozondi. 1952 yil "Etyen Bryule, nobakor" degan birinchi rangli film yaratildi. "Oltin shahri" (rej. Kanada Lou), "Tinchlik davom etsin deb", "Dengiz b-nbilan chuchuk suv oraligʻida" (rej. M. Bro) filmlari yaratildi. 1970—90 yillarda dunyo yuzini koʻrgan filmlar orasida "Moviy qish" (rej. A. Blanshar), "Muallimga nega oʻq otildi" (rej. S. Naritsanno), "Ovchi" (rej. 3. R. Delen), "Qari tulki" (rej. F. Borsos) kabi badiiy filmlarni koʻrsatish mumkin. Kanadada qiziqarli multfilmlar ham yaratiladi. Statford, Montreal, Vankuverda xalqaro kinofestivallar muntazam oʻtkaziladi. Kanadada 1400 kinoteatr, kinoarxiv va filmoteka bor. Kanada kino akademiyasi har yili eng yaxshi filmlarga sovrinlar beradi.
 
== Oʻzbekiston — Kanada munosabatlari ==